Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


 Fuqarolarning ish staji va ish haqi nazoratida sug’urta badallaridan



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

11.6. Fuqarolarning ish staji va ish haqi nazoratida sug’urta badallaridan 
foydalanish 
 
«Ish beruvchi jismoniy shaxsning arizasiga asosan mazkur jismoniy shaxs 
bo’yicha oyma-oy bo’lingan holdagi ma’lumotlar to’g’risida ma’lumotnomani 
ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni davomida bepul berish hamda 
ma’lumotlarga tuzatishlar kiritilgan va davlat soliq xizmati organlariga qayta 
topshirilgan taqdirda jismoniy shaxsni xabardor qilishga majbur»
225
.
Ish beruvchi
226


korxonani boshqarish va o’z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul 
qilish; 

qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish 
va bekor qilish; 

mehnat shartnomasida shart qilib ko’rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni 
xodimdan talab qilish; 
225
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga o’tkazilgan sug’urta badallari to’g’risidagi ma’lumotlarni 
yakka tartibda hisobga olishning joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi 90-son Qarori.
226
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 1996 yil.17-modda. Ish beruvchining asosiy huquqlari
 


455 

o’z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga 
jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo’lish huquqiga 
ega. 
Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs — O’zbekiston Respublikasi 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat 
migratsiyasi masalalari agentligi yoki fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish 
bo’yicha xo’jalik hisobidagi mintaqaviy Byurolardan chet elda mehnat faoliyatini 
amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan 
chet elda yollangan holda ishlovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek 
O’zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan 
xorijiy davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylari, vakolatxonalar (shu 
jumladan yuridik shaxs tashkil etmagan holda), tashkilotlarda ishlovchi 
O’zbekiston Respublikasi fuqarosidir. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs 
boshqa davlatda ishlagan har bir oyi uchun Pensiya jamg’armasiga sug’urta 
badallarini ixtiyoriy ravishda to’laydi.
Chet elda yollangan holda ishlagan shaxs O’zbekiston Respublikasiga 
kelgandan so’ng vakolatli organ tomonidan kelganidan keyin uch kun muddatda 
pasportidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o’tganligi 
to’g’risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) asosida Pensiya 
jamg’armasiga sug’urta badallari to’lash va mehnat daftarchasiga tegishli 
yozuvlarni kiritish uchun asos hisoblanadigan belgilangan shakldagi chet el davlati 
va u erda bo’lgan vaqti to’g’risida ma’lumotnoma beriladi. Chet elda bo’lish davri, 
shuningdek O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik 
muassasalarining ko’rsatib o’tilgan shaxsning boshqa davlatda bo’lgan vaqti va 
konsullik hisobiga qo’yilganligi ma’lumoti ko’rsatilgan tegishli hujjatlar asosida 
ham tasdiqlanishi mumkin.
Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR) mavjud bo’lmaganda chet 
elga ishlashga ketayotgan shaxs soliq to’lovchi sifatida unga STIR 
rasmiylashtirilishi bilan birgalikda doimiy yashash joyi bo’yicha davlat soliq 
xizmati organlarida hisobga qo’yilishi shart. Chet elda yollangan holda ishlovchi 


456 
shaxs pensiya bilan ta’minlanish miqdoridan kelib chiqib, Pensiya jamg’armasiga 
sug’urta badallari miqdorini mustaqil ravishda, biroq har oy uchun Pensiya 
jamg’armasiga sug’urta badallari to’lash sanasida qonun hujjatlarida belgilangan 
eng kam oylik ish haqining bir barobaridan kam bo’lmagan miqdorda belgilashi 
mumkin.
Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan sug’urta badallarini 
to’lash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin: har oyda yoki har chorakda; 
bir yo’la — O’zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch oy 
mobaynida. 
Yakka tartibdagi tadbirkorda saqlanadigan Pensiya jamg’armasi bo’limi 
tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorga ochiladigan byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasiga sug’urta badallari to’lanishini hisobga olish daftarchasi, shuningdek 
Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallarining to’langanligini tasdiqlovchi bank 
kvitantsiyalari va to’lov hujjatlarining asl nusxalari Pensiya jamg’armasiga 
sug’urta badallari to’langanligini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning xohishiga ko’ra Pensiya jamg’armasi bo’limi 
to’lov hujjatlari bilan tasdiqlangan Pensiya jamg’armasiga to’langan sug’urta 
badallari summalarini Hisobga olish kartochkasiga va Hisobga olish daftaridagi 
yozuvlar bilan solishtirishi shart. Solishtirish natijalari Hisobga olish kartochkasi 
va Hisobga olish daftariga kiritiladi hamda yakka tartibdagi tadbirkor, Pensiya 
jamg’armasi bo’limi mas’ul xodimi va rahbarining imzosi, shuningdek Pensiya 
jamg’armasi bo’limi muhri bilan tasdiqlanadi. Pensiya jamg’armasiga sug’urta 
badallari to’langanligi to’g’risidagi to’lov hujjatlari Pensiya jamg’armasiga 
to’langan sug’urta badallari Hisobga olish kartochkasi va Hisobga olish daftaridagi 
yozuvlar bilan solishtirilgunga qadar va solishtirilgandan keyin ham yakka 
tartibdagi tadbirkorda saqlanishi kerak.
Yakka tartibdagi tadbirkorning doimiy yashash joyi o’zgarganda Pensiya 
jamg’armasi bo’limi bir kun davomida yakka tartibdagi tadbirkorning tegishli 
arizasi va ro’yxatdan chiqqanligi to’g’risidagi belgi qo’yilgan uning pasporti 
nusxasi asosida Hisobga olish kartochkasiga va Hisobga olish daftariga hisobdan 


457 
chiqarilganligi to’g’risida tegishli belgilarni kiritadi. Yangi yashash joyi bo’yicha 
Pensiya jamg’armasi bo’limi bir kun davomida yashash joyi o’zgarganligi 
munosabati bilan Hisobga olish kartochkasini va Hisobga olish daftarini hisobga 
qo’yish to’g’risidagi yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga asosan yangi yashash 
joyi bo’yicha ro’yxatga qo’yilganligi to’g’risida pasportdagi belgi asosida Hisobga 
olish kartochkasini va Hisobga olish daftarini hisobga qo’yadi. 
Pensiya jamg’armasi bo’limi
227


Pensiya jamg’armasi bo’limida doimiy ravishda saqlanadigan shakl bo’yicha 
Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lanishini hisobga olishning 
shaxsiy kartochkasini ochadi (yopadi); 

Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’langanligi to’g’risidagi, shu 
jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda 
olingan 
ma’lumotlar asosida Hisobga olish kartochkasiga Pensiya 
jamg’armasiga sug’urta badallari summalari (yakka tartibdagi tadbirkor 
tomonidan 
Pensiya 
jamg’armasi sug’urta badallarini o’z vaqtida 
to’lanmaganligi uchun hisoblanadigan penyani hisobga olmagan holda) va ular 
to’langan davrlar to’g’risidagi yozuvlarni qayd etadi; 

qonun hujjatlarida belgilangan mehnat daftarchalarini yuritish tartibiga 
muvofiq yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi 
shaxsning, dehqon xo’jaligi a’zosining va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila 
a’zosining) mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlarni qayd etadi; 

yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, 
dehqon xo’jaligi a’zosining va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosining) 
mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlarning to’g’ri va o’z vaqtida qayd etilishi 
yuzasidan javob beradi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, 
dehqon xo’jaligi a’zosining va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosining) mehnat 
227
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 fevraldagi 46-son Qaror bilan tasdiqlangan “Chet elda 
ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo’lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari 
tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lash tartibini, 
shuningdek, ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to’g’risida”gi 
Nizom. 


458 
daftarchasi yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi 
shaxsning, dehqon xo’jaligi a’zosining va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila 
a’zosining) doimiy yashash joyi bo’yicha Pensiya jamg’armasi bo’limida faoliyatni 
amalga oshirishning (Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallarini to’lashning) 
butun davri davomida saqlanadi va yuritiladi. Agar dehqon xo’jaligidagi mehnati 
yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati fuqaro uchun qo’shimcha hisoblansa 
uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorning (dehqon xo’jaligi a’zosining va oilaviy 
tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosining) xohishiga ko’ra mehnat daftarchasiga yakka 
tartibdagi tadbirkor (dehqon xo’jaligi a’zosi va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila 
a’zosi) sifatidagi faoliyat davri to’g’risidagi yozuv kiritilishi mumkin. Yozuv 
ro’yxatdan o’tgan joyidagi Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan kiritiladi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon 
xo’jaligi a’zosi va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosi) faoliyati to’g’risida 
mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlar yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda 
yollangan holda ishlovchi shaxsning, dehqon xo’jaligi a’zosining va oilaviy 
tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosining) doimiy yashash joyi bo’yicha Pensiya 
jamg’armasi bo’limi tomonidan kiritiladi. Agar yakka tartibdagi tadbirkor Pensiya 
jamg’armasiga sug’urta badallarini to’lagunga qadar mehnat daftarchasiga ega 
bo’lmagan bo’lsa, mehnat daftarchasi blanki Bandlikka ko’maklashish markazlari 
tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. Mehnat daftarchasi 
blankasi uchun haq uni oluvchi tomonidan, belgilangan tartibda to’lanadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon 
xo’jaligi a’zosi va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosi) faoliyati to’g’risidagi 
mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlar Pensiya jamg’armasi bo’limining mas’ul 
xodimi imzosi va Pensiya jamg’armasi bo’limining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. 
Faoliyatini yoki Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lashni to’xtatgan, 
shuningdek doimiy yashash joyini o’zgartirgan shaxsning talabiga asosan Pensiya 
jamg’armasi bo’limi murojaat etgan kundan kechiktirmay unga mehnat 
daftarchasini beradi. Pensiya tayinlash uchun yakka tartibdagi tadbirkorning (chet 


459 
elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, dehqon xo’jaligi a’zosining va oilaviy 
tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosining) bandligi davrini hisobga olishda mehnat 
daftarchasidagi tegishli yozuvlar, shuningdek Hisobga olish kartochkasida ham 
tasdiqlanishi kerak. Yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda 
ishlovchi shaxsning, dehqon xo’jaligi a’zosining va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti 
oila a’zosining) ko’rsatilgan faoliyat turi bilan bandlik davri to’g’risidagi yozuvlar 
Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’langan davrlar to’g’risidagi 
yozuvlarga mos kelishi yuzasidan nazorat Pensiya jamg’armasi bo’limi boshlig’i 
tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish