Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


(The Institute of Internal Auditors)



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

(The Institute of Internal Auditors)
ko’magida 
GAIT 
modeli ishlab 
chiqildi. 
GAIT 
modeli byudjet nazoratida foydalaniladigan ichki nazoratni 
baholashning uslubiyoti va tamoyillaridan iborat, ushbu modelning oxirgi versiyasi 
2007 yil yanvarda nashr qilindi. Shuni aytib o’tish kerakki, Evropa Hamkorligiga 
qabul qilingan mamlakatlar uchun davlat boshqaruvi sektorida ichki nazorat va 
audit olib borish hamda rivojlantirish zarur deb majburiy talab qo’yilgan. Bozor 
iqtisodiyoti mamlakatlarida davlat moliyasini boshqarishni rivojlantirish tajribalari 


376 
shuni ko’rsatadiki, hozirgi kunda ichki auditning «jozibadorligi» byudjet 
tashkilotlarining 
moliyaviy 
natijalarini 
yaxshilashning 
muhim 
omiliga 
aylanmoqda.
Respublikamizda 
davlat 
byudjetining 
mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyati yanada ortadi. Davlat moliyasini boshqarish 
doimo rivojlanishda, yangilanishda davom etmoqda, yangi g’oyalar, qarashlar va 
yondoshuvlarning paydo bo’lishi uni yanada boyitmoqda. Davlat moliyasini 
boshqarishni isloh qilishning yanada chuqurlashtirishda mamlakatimizda olib 
borilayotgan ishlarda rivojlangan davlatlar tajribasidan nusha ko’chirmagan holda, 
nazorat mexanizmlarini bugungi amaliyotimizda ijobiy samara beradigan 
tomonlaridan keng va unumli foydalanish juda muhim. 
 
10.2.Pensiya ta’minotida ichki nazoratining ahamiyati
va ijtimoiy mohiyati 
 
Pensiya ta’minoti – fuqarolar uchun pensiyalar, nafaqalar va ijtimoiy xizmatlar 
ko’rinishida davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kafolatlaydigan taqsimot 
shaklidir. Pensiya ta’minoti tizimi asosida shakllantirilgan va aholining ijtimoiy 
ehtiyojlarini ta’minlash va konstitutsion huquqlarini amalga oshirish uchun 
yo’naltirilgan pul mablag’lari jamg’armasidan foydalanishga asoslanadi.
Pensiya ta’minoti iqtisodiy faol aholining ish joyi, mehnatga layoqati va 
daromadini yo’qotish bilan bog’liq turli hodisalardan ijtimoiy himoyalash shakli 
hisoblanadi. Davlatning nazorati asosida ish beruvchilar va ishlovchilarning 
maqsadli badallaridan shakllanuvchi maxsus byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasidan moliyalashtirilishi davlat pensiya tizimining xususiyatli jihatidir. 
Pensiya ta’minoti keksalik, kasallik, baxtsiz hodisa tufayli, mehnat qobiliyatini 
yo’qotish holatlarini oldini olishga qaratiladi. 
Majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni o’tkazish Jamg’arma 
daromadlarining belgilangan tasniflariga muvofiq tushumlarning har bir turi 
bo’yicha Jamg’armaning banklardagi tegishli hisob raqamlari bo’yicha amalga 


377 
oshiriladi . Hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy 
to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar o’z vaqtida to’lanmaganligi uchun penyalar 
(qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish 
va moddiy-texnik ta’minlash maxsus jamg’armasiga hamda Jamg’arma 
xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag’batlantirish jamg’armasiga 
undiriladigan summalardan tashqari); Pensiya jamg’armasiga tushadi. 
Moliya 
vazirligi 
va 
DSQning 
qarori 
bilan (ro’yxat 
raqami 
2836

2016 yil 3 noyabr) «Yagona ijtimoiy to’lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni 
qoplash bo’yicha summalarning to’lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, 
nafaqa va boshqa to’lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to’g’risida»gi 
Nizom tasdiqlandi. Nizom bilan yagona ijtimoiy to’lov (YaIT) Yagona g’azna 
hisobvarag’iga Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi 
to’g’risidagi 
yo’riqnomada
belgilangan tartibda o’tkaziladi. 2016 yilning 4 
aprelidan byudjetga to’lovlarning yangi tartibi amalga kirgan – to’lov topshirig’ida 
20 xonali YaG’Hdan tashqari, tegishli yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
tegishli hududda to’lanadigan, byudjet tasnifiga muvofiq har bir to’lov bo’yicha 
har bir byudjet uchun ochiladigan daromadning 25 xonali shaxsiy g’azna 
hisobvaraqlarida ko’rsatiladi. 
Pensiya jamg’armasi mablag’larini shakllantirish 
mexanizmini takomillashtirishda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga 
majburiy ajratmalarni hisoblash ob’ektiga korxonalar faoliyatidan olingan boshqa 
daromadlarni ham kiritish kerak. Ijtimoiy to’lovlar yukini ish beruvchilardan ishchi 
va xodimlar zimmasiga bosqichma-bosqich o’tkazish, ya’ni amaldagi 87:13 
nisbatni istiqbolda 50:50 nisbatga etkazishni ta’minlash lozim.
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi Qonuniga 
Qonunning 14-
moddasi
ga muvofiq tayinlangan pensiyalar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va 
mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish 
xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud 
korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb 
e’tirof etilgan shaxslar umumiy belgilangan pensiya yoshiga etgunga qadar 
Bandlikka ko’maklashish markazlarining tuman (shahar) bo’limlari tomonidan 


378 
Pensiya jamg’armasiga qoplanadi. Soliq organlari pensiya jamg’armasining tuman 
(shahar) bo’limlarining tayinlangan pensiyalarni to’lash xarajatlari haqidagi 
ma’lumotlariga asosan ko’rsatilgan 
mablag’larni korxonaning shaxsiy 
kartochkasiga o’tkazadi. Korxona har yili 1 fevralgacha oldingi yil uchun Pensiya 
jamg’armasining barcha haqiqiy xarajatlarini to’liq qoplashi shart. Agar ko’rsatib 
o’tilgan pensiyalarni to’lashga oldingi yil uchun Pensiya jamg’armasining haqiqiy 
xarajatlari qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdoridan kam bo’lsa, 
qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdori to’lanadi. Boquvchisini 
yo’qotganlik va xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda 
mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlik uchun tayinlangan 
pensiyalar korxonalar tomonidan mazkur pensiyalar to’langan butun davri uchun 
qoplanadi. Xarajatlar to’lovi har oyda pensiya to’langan oydan keyingi oyning 10-
sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi. Tashkilotlar (byudjet tashkilotlaridan 
tashqari) o’z mablag’lari mavjud bo’lgan hollarda, keyinchalik to’langan 
summalarni Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan qoplash evaziga pensiyalar 
va nafaqalarni ish haqini to’lash kunida o’z mablag’lari hisobidan to’lashni amalga 
oshirish huquqiga ega. 
Respublikamizda «tekshirish va taftishlar natijasida juda ko’plab noqonuniy 
tayinlangan pensiya va nafaqalar miqdori aniq bo’ldi, jumladan, hisobotlarda 
ortiqcha ko’rsatilgan pensionerlar soni 61 mingdan ortiq, ish haqi va ish staji 
to’g’risidagi ma’lumotlar noto’g’ri qo’llanganlar soni 17 mingta, nogironlik 
guruhlari noto’g’ri belgilangan pensionerlar soni 126 mingtani tashkil etib, jami 
aniqlangan summa 241 mlrd. so’mni tashkil etgan. O’zbekistonda pensiya 
ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalash tizimining muhim tarkibiy qismlaridan 
biridir, chunki u deyarli barcha fuqarolarning hayotiy manfaatlari bilan 
bog’liqdirki, fuqarolar mehnat qobiliyatlarini yo’qotganlarida shu tizim orqali 
ijtimoiy himoya qilinadi.
Moliyaviy nazorat boshqaruvning bir funktsiyasi sifatida boshqariladigan ob’ekt 
faoliyati monitoringi amalga oshiriladi. Monitoring qabul qilingan qarorlar 
maqsadi va samaradorligini baholash va ularni ijrosi natijalari yuzasidan 


379 
chetlanishlarni aniqlash va ularni tuzatishni amalga oshirish imkonini yaratadi. 
Shunday qilib nazorat boshqaruvining shunday bosqichida amalga oshiriladiki, 
xaqiqiy sodir etilgan voqelik qabul qilingan rejalarga muvofiq kelishi aniqlanadi. 
Agarda chetlanishlardagi holatlar salbiy bo’lsa, bu holda ularni vujudga kelish 
sababi va aybdorlari aniqlaniladi va ularni tuzatishga qaratilgan chora-tadbirlar 
belgilaniladi.
Pensiya jamg’armasida ichki nazoratning maqsadiga erishishda pensiyalarni 
hisoblash, tayinlash, to’lash jarayonlarining barcha bosqichlarida monitoring 
amalga oshiriladi.


Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish