tasdiqlandi.
A.
2015 yil 30 yanvardagi
B.
2016 yil 30 yanvardagi
C.
2017 yil 30 yanvardagi
D.
2010 yil 28 yanvardagi
BOB. PENSIYa TA’MINOTIDA IChKI NAZORATNI TAShKIL QILISh
10.1.Ichki nazorat – xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo’jalik
faoliyati nazorati
«Mamlakatimizda qabul qilingan qator qonunlar va qonunchilik hujjatlari
huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat organlari va ma’muriy tuzilmalarning
tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvini bartaraf etish uchun qat’iy tartib
o’rnatish va ana shu idoralarning rahbarlari hamda mansabdor shaxslarining
javobgarligini oshirish bo’yicha katta ahamiyatga ega bo’ldi»
177
.
177
Karimov I. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka
yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning
371
Nazorat – har qanday boshqaruv jarayonining ajralmas qismidir. Nazoratning
davlat va nodavlat turlari o’tkazish usullariga ko’ra o’xshash bo’lishi bilan
birgalikda yakuniy maqsadi bo’yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Nodavlat
moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi esa xo’jalik sub’ektlari tomonidan davlat
byudjetiga soliqlar va boshqa iqtisodiy agentlarga qilinadigan xarajatlarni
minimallashtirish hisobiga, qo’yilgan kapitallardan foyda normasini oshirishga
yordam berish hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat ichki (soha, firma, korporativ) va tashqi (auiditorlik)
nazoratlariga bo’linadi.Moliyaviy nazoratda xato kamchiliklarning oldi olinadi va
ogohlantiriladi. Moliyaviy nazorat tadbirlarini amalga oshirish vaqtiga ko’ra,
moliyaviy nazoratning uch ko’rinishini sanab aytish mumkin: dastlabki, joriy va
yakuniy. “Moliyaviy nazorat sub’ektlariga ko’ra moliyaviy nazorat ichki va tashqi
nazoratga bo’linadi. Faoliyat samaradorligini oshirish, byudjet mablag’lari
ishlatilishining samaradorligini oshirishning muhim sharti – ichki nazorat tizimini
rivojlantirishdir”
178
. Byudjet nazoratini amalga oshirishdan maqsad byudjet
mablag’larini shakllantirish va ishlatishda maqsadlilik, samaradorlik, tartiblilik,
qonuniylikning ta’minlanishiga erishishdir. Byudjet mablag’larining davlat
nazoratidan chetda qolishi va ularning tavakkalchilikka duchor bo’lishi kabi
muammolarni hal qilinishi, g’aznachilik tizimi joriy qilinishi bilan bu tizim har bir
bosqichda pul mablag’larini ichki nazorat qilish, miqdor va xarajatlarning vaqtida
amalga oshirilishi jarayoniga to’la aniqlik kiritish imkonini yaratdi.
O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarining ustunligi asosida
davlat
boshqaruv
organlari,
korxonalar,
muassasalar,
davlat
maqsadli
jamg’armalari, byudjet tashkilotlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari,
nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish
ko’radilar. O’zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari faoliyatida salbiy
holatlarining oldini olish maqsadida bank, moliya, byudjet, g’aznachilik tizimini
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq
so’zi. 2016 yil.
178
Organizatsiya vnutrennego kontrolya i audita v organax kaznacheystva.
http://www.biznes33.ru/bigplayer/view/3758/
372
mustahkamlash,
byudjet
ijrosida
ishtirok
etuvchilarni,
davlat
maqsadli
jamg’armalari, byudjetdan mablag’ oluvchilarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini
boshqarishning sifat jihatidan yaxshilashga alohida e’tibor berilmoqda.
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
mamlakatimizda
cheklangan
byudjet
mablag’lardan manzilli foydalanish davlat byudjetini boshqarishni barcha
bosqichlarining asosiy tamoyili desak mubolag’a bo’lmaydi. Moliyaviy
resurslardan samarali foydalanish zaruriyati davlat maqsadli jamg’armalari
mablag’larini maqsadli taqsimlanishining doimiy nazoratini talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganlaridek,
«Davlat byudjetini boshqarishga qaratilgan g’aznachilik hizmati institutini
rivojlantirish
va
mustahkamlash
byudjet
mablag’laridan
foydalanish
samaradorligini ancha oshiradi»
179
. Mana shu jarayonlarda ichki nazoratni
kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor beriladi.
Ichki
nazorat
– g’aznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda
qonunchilikka, me’yoriy-huquqiy hujjatlarga va reglamentga qat’iy rioya
qilinishini ta’minlashga, faoliyatning samaradorligini va natijaviyligini oshirishga,
lavozim majburiyatlarini maqbul tarzda taqsimlanishiga, risk (xatar), xato va
kamchiliklarni tezkor aniqlashga, ishonchli buxgalteriya hisobini yuritilishiga va
hisobotlarni sifatli tuzilishiga yo’naltirilgan monitoring, jarayonlar, tadbirlar va
tuzilmalar
majmuasidir.
Nazorat
sub’ektlariga yuridik va moliyaviy
majburiyatlarni amalga oshiruvchi g’aznachilik xodimlari va ularning bevosita
rahbarlari kiradi.
O’zbekistonda qabul qilingan islohotlar, yangiliklar va modernizatsiya modeli
orqali o’z oldimizga uzoq va milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini
qo’yar ekanmiz, eng avvalo, davlat moliyasini boshqarish sohasida, byudjetning
g’azna ijrosi bosqichida byudjet ijrosi jarayoni qatnashchilarining faoliyatini ichki
nazorat mexanizmi bilan takomillashtirish aniq belgilab olindi.
179
Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh
maqsadidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. 2008 yil. fevral.
373
Ichki nazorat tizimi
180
- xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati tomonidan
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob
hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik holatlarini oldini olish va
aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to’liqligi, o’z vaqtida ishonchli
moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar,
usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig’indisidir. Ichki nazorat tizimining
samarali amal qilishi, shuningdek tegishli faoliyatni yuritish yuklatilgan
xodimlarga ham bog’liq. Xodimlarni tanlash, lavozimini ko’tarish, o’qitish va
qayta tayyorlash tizimi tegishli xodimlarning malakasining yuqoriligini ta’minlashi
lozim.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimi tekshiruvlar jarayonida
quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
a)
buxgalteriya hisobi tizimi;
b)
nazorat muhiti;
c)
alohida nazorat vositalari.
Buxgalteriya hisobi tizimi–xo’jalik yurituvchi sub’ektning vazifalari va
yozuvlarining yig’indisi bo’lib, ular orqali moliyaviy hisobotda xo’jalik
operatsiyalari va boshqa voqealar natijalarini identifikatsiyalash, to’plash, tahlil
qilish, hisoblash, tasniflash, umumlashtirish va aks ettirish maqsadida buxgalteriya
hisobini yuritish usuli sifatida xo’jalik operatsiyalari natijalarini qayta ishlanadi.
Nazorat muhiti deganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatining ichki nazorat
tizimini belgilash va ushlab turishga yo’naltirilgan amaliy harakatlari va
xabardorligi tushunilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a)
xo’jalik yurituvchi sub’ektni boshqarishning asosiy tamoyillari;
b)
xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy tuzilmasi;
c)
ishchilarning vakolati va javobgarligining taqsimlanishi;
d)
amalga oshirilayotgan xodimlar siyosati;
e)
tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlash tartibi;
180
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti
(12-son AFMS) "Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash"ni
tasdiqlash haqida”gi buyrug’i. 2007 yil. 12 aprel.
374
f)
ichki maqsadlar uchun hisobotlarni tayyorlash va boshqaruv hisobini amalga
oshirish tartibi;
g)
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyatining umuman
qonunchilikka mosligi.
Ichki nazorat deganda, korxona, tashkilot, jamg’arma oldida turgan maqsadga
erishishga bo’lgan ishonchni ta’minlaydigan hamda tashkilotning barcha
darajalarida (raxbar va tashkilotda vazifalarni ijro qiluvchi xodimlar) amalga
oshiriladigan jarayon tushuniladi. Bunda tashkilotda har bir xodim ichki nazorat
bo’yicha o’zining majburiyatlaridan iborat «nazorat muhiti»ning umumiy
atmosferasi aniqlanadi. Nazorat muhiti – ichki nazorat tizimining boshqa
komponentlarining asosi hisoblanadi. Bu muhitni yaratish uchun tashkilot raxbari
berilgan maqsadga erishish uchun «risklarini baholash»ni bajaradi. Bu vazifalarni
bajarayotganda axborotlar kommunikatsiyasi paydo bo’ladi. Ichki nazorat tizimi
kundalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga oid boshqarish mexanizmi
bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- boshqarish siyosati va tartibi;
- majburiyatlarning taqsimlanishi;
- vakolatlarni taqsimlanishi;
- tekshirishlar tartibi;
- kundalik operatsiyalar ustidan nazoratni olib borish va ular hisobini yuritish;
- xarajatlarni nazorat qilish.
Ichki nazorat tizimi ustidan muntazam nazoratni olib borish va uni
takomillashtirish rahbarlar majburiyatidir. Nazorat tartibi uchun javobgar xodimlar
bevosita rahbariyatga hisobot berishi lozim. Har bir tarkibiy tuzilma o’zi amalga
oshirayotgan operatsiyalar ustidan ichki nazoratni olib borishi shart. Bunday
nazorat mas’ul ijrochilardan boshlanadi, tashkilot boshlig’igacha barcha
xodimlarning lavozim majburiyatlariga kirishi lozim. Aktsiyadorlar ham bank
Kengashi va taftish komissiyasi orqali o’z ichki nazoratini amalga oshiradi. Bir
hodisa boshqasiga turtki berishi mumkin, ayrim hodisalar bir vaqtning o’zida sodir
bo’lishi mumkin. Davlat moliyaviy nazorat tizimida idoraviy moliyaviy nazorat
375
ajratiladi, u vazirliklar, idoralar va boshqa davlat boshqaruv organlari tomonidan
ularning tizimiga kiruvchi byudjet tashkilotlari va muassasalar, korxonalarning,
davlat maqsadli jamg’armalari, faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Kassali xarajatlar – davlat byudjeti mablag’larining byudjet tashkilotlari, davlat
maqsadli jamg’armalariga bank muassasasi orqali berilgan yoki ko’zda tutilgan
xarajatlariga ularning to’lov hujjatlari asosida o’tkazilgan pul mablag’lari
summasidir.
G’aznachilikda ichki nazoratning maqsadi shundan iboratki, davlat
maqsadli jamg’armalari, byudjet tashkilotlarini uzluksiz moliyalashtirib borish,
bosh taqsimlovchilar va byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan ajratilgan
resurslarni byudjet qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, byudjet tashkilotlariga
etkazish va ularni topshirig’iga asosan g’aznachilikda kassa operatsiyalarni
yuritishdagi nazoratdan iborat.
Ichki nazorat funktsiyalari byudjet tashkilotlari xodimlarining buxgalteriya
xatolarini qidirish, byudjet tashkilotlari rahbarlariga qarorlar qabul qilishda
(risklarni boshqarish bo’yicha) konsultatsiya berish bilan murakkablashtirilmoqda.
Korporativ sektorda tajribadan o’tgan yondoshuvlardan foydalanish bilan byudjet
tashkilotlarida ichki nazorat kuchaytirilmoqda.
Jahon stardartlariga muvofiq davlat moliyasini boshqarish sohasida tashkil etilgan
ichki nazorat va audit rivojlangan jamiyatda erishishning zarur quroli deb
baholanmoqda. Davlat moliyasi sohasida byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli
jamg’armalarning moliyaviy hisobotida ko’plab xatolarga yo’l qo’yganligi
natijasida tashqi auditorlarning talabi bilan Buyuk Britaniyada 2002 yilda
«Sarbeynsa-Oksli» qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq, Ichki Auditorlar
Institutining
Do'stlaringiz bilan baham: |