Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Qimmatli qog’ozlar bozorida risk darajasini belgilovchi



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

7.3.Qimmatli qog’ozlar bozorida risk darajasini belgilovchi
119
Kadomtseva S.V. Gosudarstvennie finansi. Uchebnoe posobie.- M.: «INFRA -M». 2010. –B.344.


252 
 omillar 
 
Investitsiyalash sub’ektlari nuqtai nazaridan investitsiyalarni xususiy, korporativ 
va davlat investitsiyalariga ajratish mumkin. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni 
va ijtimoiy mohiyatini aniq belgilash muhim vazifa hisoblanadi. Faqat kapitalni 
yo’qotish riski mavjud bo’lgan pul shaklidagi investitsiyalar yangi aktivlarni 
vujudga keltiradi. Investitsiyalar bo’lajak natijalarni qo’lga kiritish maqsadida 
hozirgi xarajatlarni bildiradi. Bir vaqtning o’zida investitsiya faoliyatini amalga 
oshirish turli darajadagi risk bilan bog’liq bo’lib, bu esa ularni bartaraf etishning 
optimal variantlarini ishlab chiqish va samarali boshqarishni taqozo etadi. Har 
qanday investitsion faoliyat turli noaniqlik va risklar bilan bog’liq. Har bir 
investitsion faoliyat ishtirokchisi, risklar, risk turlarining vujudga kelish sabablari, 
ularning tasnifi hamda risk ehtimollarini oldini olish bo’yicha tadbirlar haqida aniq 
ma’lumotlarga ega bo’lishi lozim. Shundagina ular investitsiya faoliyatni 
muvaffaqiyatli amalga oshirishga 
umid bog’lasalar bo’ladi. Vatanimiz 
iqtisodchilaridan D.G’.G’ozibekov tomonidan investitsiya-larning noaniqlik 
ehtimoli bo’lgan va kelgusida kutilayotgan qiymatga kapitalning aniq bugungi 
qiymatini almashtirishdan iboratligi, buning dalili sifatida investitsiyalarning 
safarbar etilishida ularni ongli ravishda risklar bilan bog’lanishi ko’rsatilgan.
Iqtisodchilar E.F.Jukova, S.I.Lukash va M.I.Glariya riskni «xavf», «yo’qotish» 
deb izohlashga harakat qilgan. Ularning fikricha, «risk» murakkab tushuncha 
bo’lib, bu investorni pul topish yoki pulini yo’qotish bilan bog’liq bo’lgan 
tushuncha deb izohlaydilar. Shunga asosan inson faoliyatining risk bilan bog’liq 
bo’lgan har qanday sharoitda turli yomon hodisalarning yuzaga kelishi muqarrar. 
Ya.S.Melkumov riskni moliyaviy operatsiyalardan yomon holatlarni kelib chiqish 
ehtimolligidir,- deb ta’kidlaydi. Professor V.V.Kovalyov «risk» to’g’risidagi 
fikrlarni umumlashtirgan holda, riskka quyidagi ta’rifni berib o’tadi: qo’yilgan 
maqsadga etib bormaslik; noaniqlik holatda natijani belgilash; sub’ektiv holatda 
belgilangan natijani baholash. 


253 
A.Smitning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida» 
asarida risk va foyda o’rtasidagi o’zaro to’g’ri proportsionallikni oydinlashtirishga 
harakat qilgan. Proportsionallik - bu «foyda» va «risk» o’rtasida juda muhim rol 
o’ynovchi tushunchadir. A.Smit yozishicha, «qonun bo’yicha riskli holatlar yuqori 
bo’lgan holatda daromad kichik bo’ladi, bu esa, o’z navbatida, kutilayotgan 
daromad darajasini ko’paytirish uchun ilg’or usullar salmog’ini oshirishga olib 
keladi»
120
. «Risk» - bu prognoz qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy 
sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning 
paydo bo’lib qolish ehtimolligidir. Risk - kutilishi mumkin bo’lgan xatar bo’lib, 
investitsiyadan mo’ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo’lgan umidsizlikdir. 
Riskdan qochish- risk bilan bog’liq tadbirlardan ( foydadan ham) voz kechishni 
bildiradi»
121

Qimmatli qog’ozlarning xarakterli xususiyati shundaki, daromad qanchalik 
yuqori bo’lsa, risk shunchalik yuqori bo’ladi, eng yuqori daromadga erishish uchun 
bank o’z portfel investitsiyalarga qimmatli qog’ozlarni har xil turlarini kiritadi: risk 
darajasi past va barqaror daromadli davlat obligatsiyalari; aktsiyalar; depozit 
sertifikatlari, veksellar; hosilaviy qimmatli qog’ozlar (fyucherslar, optsionlar). 
Tijorat banklarining mutaxassislari ularning o’zaro nisbati taxminan quyidagicha 
bo’lishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar: 50,0 % - davlat obligatsiyalari; 25,0 
% - banklarning depozit sertifikatlari; 10,0 % - aktsiyalar; 10,0 % - veksellar; 5,0 
% - fyucherslar, aktsionlar. 
Investitsiyalarning 
iqtisodiy 
samaradorligi 
butun 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligining tarkibiy qismidir. Turli darajadagi xo’jalik faoliyatida 
investitsiyalarning iloji boricha ko’proq foyda bilan qaytishi asosiy vazifa qilib 
belgilanadi. Bu qoidadan chetga chiqish resurslarni yo’qotishga olib keladi. 
Umuman olganda samaradorlik muayyan natijalarga erishishni anglatadi, u 
sarflangan xarajatlar va olingan natijalar nisbati asosida aniqlanadi. Xarajatlar 
120
Adam Smith. An Inquiri in to the Nature and Causes of the Weat the of Nations, New York, Random Hose. 1937. 
–R.26. 
121
Nosirov E.I., Mamatov B.S., Shoislomova N.K., Sharifxo’jaeva K.U. Investitsiya risklarini boshqarish. O’quv 
qo’llanma. – T.: «Fan va texnologiya». 2012. –B.134.


254 
qanchalik kam va natijalar qanchalik ko’p bo’lsa, samaradorlik ham shunchalik 
yuqori bo’ladi. 
Pensiya jamg’armalarining investitsion siyosati riskning eng past darajasida eng 
yuqori daromad olishga qaratiladi. Kutilayotgan daromadni ololmaslik riskini ikki 
qismga ajratish mumkin. Bozor riski, bunda daromadning o’zgarishlari barcha 
qimmatli qog’ozlarning daromadliligiga bir paytning o’zida ta’sir etuvchi iqtisodiy 
va siyosiy vaziyatdan kelib chiqadi. O’ziga xos xatar, bunda daromadning 
o’zgarishi, muayyan kompaniya, firmaga taalluqqli bo’lgan hodisalardan kelib 
chiqadi. 
Xorijiy tajribalar shuni ko’rstadiki, «ba’zi pensiya fondlarining nazorati juda 
yomon, to’g’rirog’i, inqirozga uchrash darajasiga keldi. Davlat majburiy pensiya 
fondlari byudjetlarida taqchillik yuzaga keldi va taqchillikning hajmi yildan-yilga 
oshib bormoqda, lekin juda ko’p yolg’on va’dalarga ishonib, pensionerda investor 
sifatida uzoq muddatli vaqt davomida kutilgan investitsiya qaytimini olaman, 
degan fikr saqlanib qolmoqda»
122

Riskning eng past darajasini ta’minlangan holda eng yuqori daromadga erishish 
murakkab vazifadir, uni hal etishda investor o’z investitsion portfelini har kuni 
qayta ko’rib chiqishi va zarur o’zgarishlarni kiritishi lozim. Buning uchun 
qimmatli qog’ozlar bozori holatini, iqtisodiy konyunkturani va mamlakat hamda 
jahondagi siyosiy vaziyatni uzluksiz tahlil etib borish talab qilinadi. 
Xorijiy davlatlar tajribalari shuni ko’rsatadiki, pensiya fondlari moliya bozorida 
investor sifatida qatnashish mumkin. Fond pensiya ta’minoti tizimidagi 
mablag’lari bank depozitlari, davlat va korporativ qimmatli qog’ozlariga 
investitsiya qilinishi mumkin. Bu jarayonda pensiya jamg’armasi mablag’lari 
aholini mablag’laridan to’planganligi tufayli moliya bozorida mavjud bo’lgan 
risklarga e’tibor qaratiladi. 
Pensiya jamg’arma faoliyatida risk darajasini minimallashtirishda pul mablag’lari 
kelib tushishi va mablag’lar sarflanishini vaqt bo’yicha muvofiqlashtirish juda 
muhim vazifa hisoblanadi. Davriy ravishda, to’lovlarni bajarish muddati etib 
122
M. Barton Waring, C. Robert Merton. 
Pension Finance: Putting the Risks and Costs of Defined Benefit Plans 
Back Under Your Control Hardcover – November 1. 2011.
-P.9. 


255 
kelganda, jamg’armani pul mablag’larining bir qismini portfel investitsiyadan 
bo’shatib oladi. Bu maqsadda, fond resurslari muddatlariga mos ravishda, portfel 
investitsiyalarni ham mablag’larni shu muddatlarda daromadlarini boy bermasdan 
portfeldan bo’shatib olishni rejalashtirishi lozim. Soliqqa tortiladigan bazani 
kamaytirish maqsadida pensiya jamg’armasi bo’sh pul mablag’larini turli qimmatli 
qog’ozlarga joylashtiradi, bular orasida soliqqa tortilmaydigan qimmatli qog’ozlar 
ham bo’ladi, masalan, davlat obligatsiyalari shular jumlasiga kiradi. Portfel 
investitsiyalarning bir qismini davlat obligatsiyalaridan shakllantirish soliqqa 
tortiladigan bazani kamaytiradi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish