Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
TA'LIM JARAYONIDA O'QUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA
UNDAYDIGAN INTERFAOL METODLAR
Sotivoldiyeva Nasibaxon
Andijon viloyati Andijon shahri
47-umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Telefon: +998905285056
Annotatsiya
: Mazkur maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlarini dars jarayonida jadal-
lashtirishga xizmat qiladigan interfaol metodlar haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Pedagogik-psixologik, interfaol, metod, ta’lim mazmuni, o‘quvchilar, dars ja-
rayoni.
So‘nggi yillarda umumta’lim maktab tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik
texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlar-
ni ta’lim beruvchi tomonidan o‘zlashtirilib va qo‘llanib borilishi, ta’lim mazmunini tubdan o‘zgar-
tirib yuboradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida “aktyor” emas,
aksincha “rejissyor” bo‘lishi kerakligini anglashi lozim. U o‘z o‘quvchilarini fanga ijodkorli
nuqtai nazari bilan qarshlarini tashkil qilishi, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi
va albatta, yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak
bo‘ladi. Dars mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni o‘quvchiga yetkazish, unda ayrim faoliyat
yuzasidan ko‘nikma va malaka hosil qilish, ma’naviy sifatlarni shakllantirish, o‘quvchi bilimini
nazorat qilish hamda baholash o‘qituvchidan yuksak mahorat va tezkorlik talab qiladi. Yuqoridagi
fikrlardan kelib chiqgan holda o‘quvchilarning aqliy salohiyatini yuqori, mustaqil va erkin fikrlov-
chi shaxs sifatidagi qiyofani shakllantiradigan interfaol metodlarni ko‘rib chiqamiz. “Nuqtai naza-
ring bo‘lsin” metodi - ushbu uslubning maqsadi quyidagilar: 1.O‘quvchilar muayyan muammoga
o‘z nuqtai nazarini asosli dalillab himoya qilishga o‘rganadilar; 2.O‘qituvchi barcha o‘quvchilarni
munozaraga jalb etish va sinfdagi hamma o‘quvchilar o‘rtasida munozara jonlanishini yuzaga
keltirishi mumkin. Nuqtai nazaring bo‘lsin metodi uslubi o‘quvchilar o‘rtasida munozara yuzaga
kelishi va ular munozara jarayonida o‘z fikrini o‘z sinfdoshlaridan ularning nuqtai nazarini o‘zgar-
tirishga ishontiradigan g‘oyalarni eshitib o‘zgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonini
berish maqsadida qo‘llanadi. Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi. Mazkur
metodda ko‘proq o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar alohi-
da – alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik
guruhlarda tashkil etilganda darsda o‘rganish lozim bo‘lgan o‘quv materiali kichik qismlarga ajra-
tiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir o‘quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib,
har bir o‘quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Kichik guruhlarda
topshiriq yuzasidan munozara o‘tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf
o‘quvchilari o‘rtasida o‘z ijodiy izlanishlari natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o‘rtasida o‘tka-
zilgan o‘quv bahsi, munozara o‘quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyati-
ning natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar
sinf jamoasining har bir o‘quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni,
umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi
kutilmagan vaziyatlarda qo‘llanib, yangi bilimlarning o‘zlashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi. “Zig-zag
strategiyasi” metodi – sinf o‘quvchilari 7 guruhga bo‘linadilar va guruhlar nomlanadi. Guruhlarda
yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan
tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O‘quvchilar matnlarni diqqat bilan o‘rganadilar
va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd
etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to‘ldirilishi
mumkin. Barcha guruhlarning o‘quvchilari o‘zlariga topshirilgan matn mazmuni xususida so‘zlab
berganlaridan so‘ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga
bir necha matnlar taqdim etiladi. Shu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o‘rganib
chiqilgach o‘quvchilar o‘tilgan mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o‘zaro
mantiqiy bog‘liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g‘oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab
chiqiladi. So‘ngra o‘zlashtirilgan bilim asosida o‘quvchilarning o‘zlariga shunday sxemalarni ish-
lab chiqish vazifasi topshiriladi. Yuqorida keltirilgan barcha metodik texnologiyalardan xulosa
34
Do'stlaringiz bilan baham: |