A. Z. Umarov Avtomobillar texnik ekspluatasiyasi



Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/149
Sana29.05.2022
Hajmi6,77 Mb.
#618663
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   149
Bog'liq
Mineralogiya va geokimyo. Umarov A.Z. (1)

Termik analiz
Termik 
analiz 
amaliy 
ish 
uchun 
akad.N.S.Kurnakov 
tomonidan kiritilgan bo'lib, u haroratning ko'tarilishi bilan o'sha 
tekshirilayotgan mineralda yuz beradigan o'zgarishlarga - fizik va 
kimyoviy 
almashinishlarga 
(suvning 
ajralishi, 
oksidlanishi, 
qaytarilishi, boshqa polimorf modifikatsiyaga o'tishi va h.k.) bog'liq 
bo'lgan endo- va ekzotermik effektlami 
bilish maqsadida 
moddalarning qizdirish (yoki sovitish) egri chiziqlarini olishdan 
iboratdir.
Egri chiziqlami yozib borish odatda avtomatik ravishda 
maxsus to'siq bilan ikkiga ajratib qo'yilgan tigelga (31-rasm) 
tushirib qo'yilgan kombinatsiyalashtirilgan (oddiy va differensial) 
termopara bilan tutash yozib boruvchi pirometr yordamida 
bajariladi. Tigelning bir qismiga tekshiriladigan mineral kukuni, 
boshqasiga esa - qandaydir etalon indiferent modda (MgO, А^ОзУа 
boshqalar) kukuni solinadi. Ikkala zanjirga ham oynali (ko'zguli) 
galvanometrlar Gtva Gdulangan bo'lib, ularning har biri soat 
mexanizmi yordamida sekin aylanib turadigan barabanga V 1 o'rab 
qo'yilgan yorug'lik sezuvchi qog'ozga, o'zining yorug'lik nuqtasini 
tushirib turadi.
Qizdirish protsessida oddiy termopara galvanometri yorug'lik 
sezuvchi qog'ozga haroratning ko'tarilish yo'li egri chizig'ini yozib 
boradi, bunda qizdirilayotgan modda almashinishlar (o'zgarishlar) 
sodir bo'lgan paytlarda endotermik (issiqlik qotuvchi) effektlarga
27


to‘g4ri keladigan o‘sha joyda qiyalikning o ‘zgarishi (1) yoki 
gorizontal tekislik (2), yoki tekshirilayotgan moddani qizdirganda 
sodir boMgan ekzotermik (issiqlik chiqaruvchi) effektlar haqida 
guvohlik beruvchi tik ko‘tarilgan chiziq (3) yozilib qoladi. 
Differensial termopara zanjiriga ulangan galvanometr faqat shu ikki 
termoelektr harakatlantiruvchi kuchlar orasidagi farqni, ya’ni 
indiferent etalon bilan tekshirilayotgan moddalaming bir paytda 
qizdirish jarayonida ular haroratlari orasida yuzaga kelgan farqni 
yozib boradi. Shuning uchun differensial yozuv egri chizigMda 
pastga tushgan (endotermik effektlar) va yuqoriga ko'tarilgan 
(ekzotermik effekt) cho‘qqilar birmuncha keskiu namoyon boMadi, 
bu tekshirilayotgan modda yuz beruvchi o ‘zgarishlarni yaqqol qilib 
ko‘rsatadi. Qizdirish (yoki sovitish) protsessi differensial yozuvini 
olishning mohiyati ham shundan iboratdir.
Bu usul mineralogiya amaliy ishlarida ko‘z bilan (yoki boshqa 
usullar bilan) aniqlash qiyin boMgan yashirin kristallangan va mayin 
dispers moddalarni tekshirishda qoMlaniladi. Bir qator mineral 
mahsulotlar (kaolin, glinozem gidratlari, temir gidrooksidlari, 
karbonatlar, xloritlar va boshqa minerallar) uchun mineral turlarini 
aniqlashga yordam beradigan o‘ziga xos qizdirish egri chiziqlari 
olinadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, tabiatdagi ma’lum minerallaming 
nisbatan kam protsentini tashkil qiluvchi minerallar uchun termik 
analiz yordamida diagnostik ahamiyatga ega boMgan biror xarakterli 
ma’lumot olish mumkin. Tarkibida suv, gidroksil va karbonat 
kislotalari boMgan kimyoviy birikmalar asosan shular qatoriga 
kiradi. Bundan tashqari bu usul bilan faqat tekshirilayotgan modda 
asosiy massasining tabiatini aniqlash mumkin. Tekshirilayotgan 
mineral masalalari tarkibidagi bizni ko£proq qiziqtiruvchi mexanik 
aralashmalar 5-10% gacha boMgan taqdirda ayrim hollami hisobga 
olmaganda aniqlanmay qolib ketadi.
Mineral moddalarni tekshirishda, ayniqsa o‘sha moddalar 
amaliy ahamiyatga ega boMgan hollarda, ular xususiyatlarini 
birmuncha batafsil bilish zamriyati tugMladi. Shu moddani 
qizdirganda qanday xodisalar yuz berishini aniq bilish muhim boMib 
qoladi. Qizdirish egri chizigMni olishning o‘zi bu maqsad uchun 
yetarli emas. Aniqlayotgan ana shu moddadan har qaysi o'zgarish
28


natijasida olingan mahsulotlar kimyoviy analizlar qilib ko‘rishni, 
optik xususiyatlarini o‘zgarishni va rentgenometrik tekshirishlar 
oMkazishni talab etadi.
Bu o‘zgarishlar yuz beradigan haroratni aniq biiish juda 
muhimdir. M a’lum boMishicha shu termogrammalar talabimizga 
doimo javob 
beravermaydi: 
o‘zi 
yozadigan 
asboblar 
shu 
almashinishlami yozayotganda doimo kechikib qoladi va 60-100° va 
undan ham ko‘proq farq bilan yozadi. Shu jihatdan qaraganda 
tarkibida suv va gidroksil gruppasi boMgan minerallar uchun 
birmuncha aniqroq maMumotni minerallarni isitishdan olingan 
degidratatsiya (suvsizlanish) egri chizigM berishi mumkin. Shu 
maqsadda tekshirilayotgan modda 1-2 g yoki ko‘proq miqdorda 
olinib, aw al platina tigel bilan birga tortib elektr pechiga qo‘yiladi, 
muayyan haroratlarda (50° oraliq bilan) ogMrligi awalgi oraligMdan
0,03-0,05% kamaymaguncha ushlab turiladi va shundan so‘ng 
harorat keyingi darajaga (50° cha) ko‘tariladi. Shu yoM bilan olingan 
moddalarning suvini yo‘qotish egri chizigM, o ‘sha moddalarda 
qanday haroratlarda o4zgarish boshlanganligi haqida aniq tushuncha 
beradi. 
Kaolinit 
-
ALtfSLiOioHOHjsva 
galluzit 
-
AL4[Si4Oi0[OH]gO4H2O 
suvsizlanish 
egri 
chizigM 
berilgan. 
Tarkibida suvi yo‘q faqat gidroksil gruppasi ON boMgan kaolinitda 
(1 egri chiziq) kuchli o‘zgarishlar 500-550° harorat oraligMda 
boMgan bir paytda, galluazitda (11 egri chiziq) kristallizatsion suv 
molekulalari 150°gacha (egri chiziqning birinchi tik koMarilishi), 
gidroksil gruppalar esa - 450-500° haroratlarda (egri chiziqning 
ikkinchi, tik, yuqori koctarilishi) ajralib chiqadi. Rentgenometrik 
tekshirishlardan ma’lum boMishicha, gidroksil ionlarning yo‘qolishi 
bilan shu minerallaming fazoviy panjarasi buziladi, sindirish 
ko‘rsatkichi juda kichik boMib qoladi.

Download 6,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish