O‘zbekiston Qurolli Kuchlari
O‗zbekiston Qurolli Kuchlari - harbiy birlashmalar, qo‗shilmalar,
qismlar hamda tuzilmalardan iborat bo‗lib, ular davlat tomonidan tashkil
qilinadi va ta‘minlanadi. O‗zbekiston Qurolli kuchlarining vazifasi - urush
va qurolli tajovuzlarning oldini olish, O‗zbekiston Respublikasining davlat
suverenitetini
va hududiy yaxlitligini, O‗zbekiston fuqarolarining tinchligi
va xavfsizligini ta‗minlashdan iborat. 1992-yil 14-yanvarda O‗zbekiston
hududida joylashgan barcha harbiy qismlar, qo‗shilmalar, harbiy o‗quv
yurtlari, harbiy sohaga tegishl i muassasalar va tashkilotlar,
boshqa harbiy
tuzilmalar hamda ularning moddiy- texnikaviy va moliyaviy ta‘minoti
O‗zbekiston Respublikasi tasarrufiga o‗tkazildi. O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida O‗zbekiston Qurolli Kuchlarining maqomi, asosiy
vazifalari
va faoliyat doirasi belgilanib, ularning huquqiy zamini
mustahkamlangan. O‗zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-dekabrdagi
Qonuniga muvofiq, har yilning 14-yanvarida ―Vatan himoyachilari kuni‖
nishonlanadi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-fevralda
imzo chekkan Farmoniga binoan, O‗zbekiston Respublikasi ixtiyoridagi
harbiy qismlarga rahbarlik qilish O‗zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari
bo‗yicha vazirligiga topshirildi. 1992-yll 3-iyulda O‗zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashi tomonidan ―Mudofaa to‗g‗risida‖gi
Qonun qabul qilinib,
Mudofaa ishlari bo‗yicha vazirlik Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 2001-yil
11-mayda bu Qonun Oliy Majlis tomonidan yangi tahrirda tasdiqlanib,
mudofaani tashkil qilishning asosiy yo‗nalishlari belgilab berildi.
O‗zbekiston Qurolli Kuchlari Quruqlikdagi qo‗shinlar, Havo
hujumidan mudofaa qo‗shinlari, Harbiy havo kuchlari, Maxsus qo‗shinlar,
Chegara qo‗shinlari, Ichki ishlar vazirligining ichki qo‗shinlari, Milliy
xavfsizlik
xizmatining harbiy tuzilmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
shuningdek, boshqa vazirliklar, muassasalar va boshqarmalar harbiy
tuzilmalaridan tashkil topgan. O‗zbekiston Respublikasining
Prezidenti -
Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh Qo‗mondoni. Uning rahbarligida Vazirlar
Mahkamasi, Mudofaa vazirligi, O‗zbekiston Qurolli Kuchlarining
birlashgan shtabi ish olib boradi. O‗zbekiston
hududi harbiy okruglarga
bo‗lingan.
2002-yil 10-dekabrda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ―Umumiy
harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‗g‗risida‖ qayta ishlangan Qonunni
qabul qildi. Qonunda harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etildi:
muddatli harbiy xizmat (12 oy, oliy ma‘lumotlilar uchun - 9 oy), safarbarlik
chaqiruv rezervidagi harbiy xizmat, kontrakt bo‗yicha harbiy xizmat, harbiy
xizmatni o‗tagan rezervchilar xizmati.
Yuksak malakali harbiy kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkentda
Qurolli Kuchlar akademiyasi va Oliy umumqo‗shin qo‗mondonlik bilim
yurti, Chirchiqda Oliy tank qo‗mondonlik-muhandislik
bilim yurti,
Samarqandda Oliy harbiy avtomobil qo‗mondonlik-muhandislik bilim yurti,
Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti qoshida maxsus fakultet,
Chirchiq, Samarqand, Namangan va Qarshi shaharlarida serjantlar