Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/28
Sana29.05.2022
Hajmi0,97 Mb.
#617430
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
Maxmudova Sarvinoz

3.3. Kelishik kategoriyasi
 
Otning boshqa so‘zlar bilan sintaktik munosabatini ko‘rsatuvchi ma’nolar va
shu ma’noni ifadolovchi shakllar tizimi kelishik kategoriyasi deb aytiladi. Otning 
kelishik qo‘shimchasini olib o‘zgarishi 
turlanish
deyiladi. Kelishik affikslari esa 
turlovchi
affikslardir. Turlovchilar affiksal morfemalarning so‘z o‘zgartuvchi 
(sintaktik shakl yasovchi) turiga mansubdir. Shu jihatdan qaralganda, kelishiklar 
o‘zak yoki negizning morfemik tarkibidagi grammatik jarayonning tugallovchi 
shakli hisoblanadi. Shu bois kelishik kategoriyasi o‘zi birikkan asosni nutqqa 
o‘tkazuvchi, uni nutqiy jarayonga xoslovchi til birligini taqozo etadi. 
Kelishik kategoriyasi, asosan, ot turkumiga xos bo‘lib, ular ot tipli so‘zlar, 
ya’ni olmosh, harakat nomi, jamlovchi sonning ba’zi ko‘rinishlariga ham bevosita 
qo‘shila oladi: 
Menga, sendan, kimni, nimani, barchaga, o‘qishga, beshovimizga 
kabi. 
Kelishik affikslari sifat, son va ular o‘rnida ishlatiladigan olmoshlar, fe’lning 
sifatdosh shakli, ba’zi alohida yordamchi so‘zlar guruhiga qo‘shilganda, ularni 
otlashtiradi. Boshqacha aytganda, kelishiklar otlashadigan so‘zlar bilan faqat 


14 
sintaktik vazifa talabiga ko‘ra birikadi: 
Yaxshidan
ot qoladi, yomondan dod. (Maqol) 
Birni kessang o‘nni ek. (Maqol) O‘qigan o‘qdan o‘zar. (Maqol) Mana shunda gap 
ko‘p. Aravaning g‘ichir-g‘ichiridan cho‘chidi. 
Kelishiklar belgili va belgisiz holda, ya’ni turlovchi affikslar bilan yoki 
turlovchi affikslarsiz ishlatiladi. Belgili ishlatilish barcha kelishiklarga xos 
hodisadir. Belgisizlik esa quyidagi kelishiklarda uchraydi: a) qaratqich kelishigi 
belgisiz qo‘llaniladi: 
cho‘l bag‘ri, maktab bog‘i
; b) tushum kelishigi belgisiz 
qo‘llanadi: 
ariq qazimoq, ko‘chat o‘tqazmoq
kabi.
O‘zbek tilida oltita kelishik mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z shakli va 
ma’nosi hamda sintaktik vazifasiga ega. Ular o‘zi birikadigan boshqa so‘zlar bilan 
quyidagicha munosabatda bo‘ladi: 1) qaratqich kelishigi ot bilan otni grammatik 
aloqaga kiritadi va moslashuvli birikma hosil qiladi: 
kitobning varag‘i, odamning 
gavdasi
; 2) tushum, jo‘nalishi, o‘rin, chiqish kelishiklari ot bilan fe’lni o‘zaro 
bog‘laydi va boshqaruvli birikma hosil qiladi: 
kitobni o‘qidi, kitobda ko‘rdim, 
kitobga qaradi, kitobdan oldim 
kabi
.
 
Makon va zamon kelishiklari nomi bilan yuritiluvchi jo‘nalish, o‘rin va chiqish 
kelishiklari ba’zan fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ham birika oladi: 
otdan baland,
itdan past, uyat o‘limdan qattiq, xalqimga aziz.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish