bildiradi. Ekspluatatsion ish unumi deganda, m ashina ishlatiladigan
real sharoitda uning kvalifikatsiyasi, unga ko‘rsatiladigan
texnik
xizm at va tuzatishlar tufayli ishdagi tanaffuslar e'liborga olingan
holda hisoblangan ish unumi tushunitadi.
M ashinaning ekspluatatsion ish unumini vaqt birligi ichida
amalda qazilgan grunt hajmini o'lchab hamda ishlab chiqarish
m e'yorlarini
hisoblab
aniqlash
mumkin.
Ularning
birinc-hisi
amaidagi ish unumi, ikkinchisi m e’yoriy ish unumi deb ataladi.
Bir soatdan ortiq m e’yoriy ekspluatatsion ish unumi m e’yoriy
hujjatlardan olingan bir soatlik ish unum ini rejalashtirilayotgan
davrdagi (oy, kvartal, yil ichidagi) ish soatlari soniga ko‘paytirib
topiladi.
Yanada
takomillashgan
texnologiyadan
foydalanish,
ishni
ilg"or usulda tashkil qilish va m ashinalardan foydalanish darajasini
yaxshilash Meliorativ qurilish m ashinalari
ish unum ini oshirishning
asosiy om illari hisoblanadi.
M ashinalardan foydalanish darajasi belgilangan davr ichida ular
ishlagan vaqtning umumiy davriga nisbati sifatida topiladigan texnik
foydalanish koeffitsiyenti bilan baholanadi. Agar davr davomiyligi
sifatida smena qabul qilingan bo‘lsa. texnik foydalanish koeffitsiyenti
smena doirasidagi foydalanish koeffitsiyenti deb ataladi. Agar texnik
foydalanish koeffitsiyenti oy uchun aniqlanayotgan b o lsa , oylik
foydalanish
koeffitsiyenti deb, yil uchun b o isa , yillik foydalanish
koeffitsiyenti deb vuritiladi.
M ashinadan foydalanish koeffitsiyentining qiymati qancha katta
b o lsa , undan foydalanish samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu
koeffitsiyentni m ashinani turli sabablarga ko‘ra bekor turib qolishini
qisqartirish bilan, shuningdek m ashinaning ishga yaroqliligini
saqlashga
sarflanadigan
vaqtni
qisqartirish
evaziga
oshirish
m umkin. M ashina ishlagan vaqtning uning jam i ish vaqti hamda
texnik xizm at ko'rsatish, rejali va rejadan
tashqari tuzatishlar uchun
sarflanadigan vaqtlarining yig‘indisiga nisbati tayyorlik koeffitsiyenti
deb ataladi. Bu koefitsiyent qancha yuqori bo‘lsa, m ashinaning
texnik foydalanish koeffitsiyenti ham shuncha yuqori boladi.
324
M ashinaga texnik xizm at ko‘rsatish va tuzatishda turish vaqtini
ishni tashkil qilishni va uning texnologiyasini yaxshilash, ishlarni
mexanizatsiyalash, ixtisoslashtirish, m ashinaning ishga yaroqliligini
tiklash bilan shug‘ullanuvchi m utaxassislarning
malakasini oshirish
bilan qisqartirish mumkin,
M ashinalarning texnik foydalanish va tayyorlik kocffitsiyentlari
m e’yoriy
va
haqiqiy
xillarga
boiinadi,
Ularning
birinchisi
rejalashtirishda, ikkinchisi esa ish natijasini baholashda aniqlanadi.
Bu kocffitsiyentlarni o‘zaro solishtirib, m ashinalardan fcydalanish-
ning erishilgan darajasi uchun xos bo igan ko‘rsatkichlardan birini
aniqlash mumkin.
M ashinalar bilan yer ishlarini bajaruvchilar qilinayotgan ishlarning
va qurilayotgan obyektlarning yuqori sifatli bolishini ta'minlashlari
kerak. Bajarilgan ish jarayonlar orasida
va uni qabul qilib olishdan
oldin tekshiriladi. Ularning birinchisi ish bajarilishi va obyekt
qurilishi jarayonida amalga oshiriladi. Tkkinchisida esa bajarilgan ish
qabul qilib olinishidan avval tekshirilib, uning sifati baholanadi.
Ishning sifatini oshirish uchun quriiish tashkilotlari qurilish-
montaj ishlarining sifatini boshqarishni amalga oshiradi. Bunga
bajarilayotgan ishlarning va tugallangan obyektlarning sifati,
m e’yoriy hujjatlar va loyihaning texnik shartlarida ko‘rsatilgan
talablarga mos
kelishiga qaratilgan tadbirlar, usullar va vositalar
y ig ln d isi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: