MEHNAT BOZORI TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA BOZOR SHAROITDA ISH HAQINING RAG‘BATLANTIRUVCHANLIK ROLINI OSHIRISHNING AHAMIYATI Qaxxorov Sarvar
NDKTU KMF 1-21 IQ guruh
2-bosqich talabasi.
Ilmiy rahbar: M.K.Rashidov
Nazariy qism.
Mehnat bozori ishlab chiqarish omillari bozori, ya’ni kapital, qimmatli qog‘ozlar, ishlab chiqarish vositalari bilan uzviy bog‘liq ravishda amal qiladi.
Mehnat bozorida ishchi kuchini sotish va sotib olish erkin xodimni ishga yollash shaklida namoyon bo‘ladi. Ishga yollash ma’lum shartlar, ya’ni ish kunining uzunligi, ish sharoitlari va rejimi, ish haqining miqdori bajariladigan ish turi, lavozim va kasb majburiyatlari va boshqalar asosida amalga oshiriladi. Shu boisdan mehnat bozori ishga yollanishga zarurat sezgan ishchi kuchi egasi bilan yollanma ishchi kuchiga ehtiyoj-talab sezgan ishlab chiqarish vositalari egalari o‘rtasidagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi hisoblanadi.
Mehnat bozorining shakllanishi, rivojlanishi va amal qilishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:demografik va ijtimoiy omillar. Mehnat bozori mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandligini ta’minlashda, ishsizlikni qisqartirishda muhim tizim hisoblanadi.
Xulosa.
Shunday qilib biz yuqorida ishchi kuchini bozordagi o`rni, ish haqi ,ish haqini rag`batlartirish kabi iqtiodiy atamalarga to`xtalib o`tdik.Bularning ba`zilariga bir tomondan muammo sifatida qarashimiz ham mumkin. Xo`sh O`zbekiston ichki bozorida ishchi kuchi ahamiyati ,ish haqi va ish haqini rag`batlantirishda qanday o`zgarishlar kuzatilmoqda?
2022-yil 1-yanvar holatiga ko`ra O`zbekistondagi mehnat resurslar soni 19 mln 345 ming kishini tashkil etadi. Mamlakatda 1mln 441.8 ming kishi ish so`rab murojat qilgan , ya`ni ishsiz.Bu esa qariyb 9.6 foizni tashkil etadi.Xo`sh bozorda ishchi kuchiga talab kammi yoki yetarli salohiyat va bilimga ega mutaxasis? Bunga bir necha sabablarni keltirishimiz mumkin:
Aholining yetarli ko`nikma va bilimlarga ega emasligi;
Ish haqi hisoblash va rag`batlantirishdagi ba`zi bir eski kamchiliklar;
Aholining ishsiz qatlamining bir qismi boshqa davlatlarga ish izlab ketishmoqda .Bunga siyosiy faol Tolib Yoqubov shunday fikr bildirgan:
“Agar yuz yoki ming kishi ishlagani ketsa bu fenemon emas, biroq yuz minglab,millionlab odamlar ish izlab chiqib ketishayotgan bo`lsa bu fenemondir.O`zbekiston hukumati shu fenemonni yaratdi.Bu odamlarni o`zimizda olib qolib ,ish bilan ta`minlab,normal demokratik jamiyat qursa bo`lardi,lekin buni qilishni istamadi.”
“Najot” inson huquqlari tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra , 2011-yiyilda Rossiyadan birgina Xorazm viloyatiga 80dan oshiq mahnat muhojirlari o`ligi qaytgan.Bir guruhi bedarak yo`qolgan.
Yildan yilga aholi soni ko`paygani sayin mehnat resurslari soni bilan birga ishsizlik ko`rsatkichlari ham oshmoqda.Bunga misol tariqasida:
T/r
Yil(2018-2021)
Ishsizlik darajasi
%
1
2018
9.3
2
2019
9.1
3
2020
13.2
4
2021
9.4
Hozirgi kunda aholi o`zini o`zi bandligini ta`minlash maqsadida bir qator yangi loyihalar amalga tadbiq etilmoqda .Masalan qishloq hududlarida ishsizlarga yer maydonlar ajratilmoqda.Shaharda esa ishsizlarni kasbga yo`naltiruvchi ,o`rgatuvchi monomarkazlar faolyat yuritmoqda.Bu islohotlarga ko`ra 2022 –yil yakunida ushbu ko`rsatkichlar ancha yaxshilanishi kutilmoqda.
Ish haqi va rag`batlantirish.
Ish haqi hisoblashdagi jarayonlar ko`pchiligimiz bilamiz , ishchi razryadi,hududiy koeffitsiyent va hokazolar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining ” Mehnatga haq to`lash yagona ta`rif setkasini yanada takomillashtirish to`g`risidagi” qarori mavjud. Bu qaror 2019-yil 16-sentabrdagi 775-sonli buyruq asosida tuzilgan .Kuchga kirish sanasi 17.09.2019.Bunda asosan har bir soha vakillarining razryadlari uchun to`lanadigan ish haqi miqdori qaytadan ko`rib chiqilgan.Maqsad razryadlarni emas balki razryadga mos oylik maoshlarni ko`tarish bo`lgan.
Vazirlar mahkamasining yana bir 06.09.2019dagi 743-sonli qaroriga asosan sanoatlashgan viloyatlarga qo`shimcha hududiy koeffitsiyentlarni ishlab chiqildi.Qoraqalpog`iston Respublikasi,Navoiy ,Namangan,Buxoro va suv sathidan 1500 m dan yuqoridan faolyat ko`rsatadigan korxonalarga alohida alohida hududiy koeffitsiyent belgilandi.Shular orasidan eng yuqori koeffitsiyent 60% Navoiy viloyati Uchquduq va Zarafshon shaharlariga to`lanadi.
Korxona mehnatkash hodimini rag`batlantirib boshqa hodimlarga o`rnak qilib ko`rsatishi lozim.Hodimiga tashakkurnoma,bir martalik mukofot puli yoki korxona hisobidan qimmatbaho sovg`a bilan taqdirlash mumkin.Yoki korxona hodimlarining yil davomidagi zaxmatli mehnatlari tufayli korxona yaxshigina foyda bilan chiqsa, korxona ishchilarning oyligini ko`tarishi yoki “13-oylik” sifatida mukofot puli berishi mumkin . Albatta rag`batlangan ishchi hodimlar o`z ishlarigan sitqidildan yondashib ishlab chiqarish sifatini oshiradi.