Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi


To’liq emaslik, qadrsizlanish va uning o’rnini to’ldirish hissi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

To’liq emaslik, qadrsizlanish va uning o’rnini to’ldirish hissi.
Qadrsizlanish 
hissi - bu hissiyot o’z ijtimoiy yoki psixologik kambag’alligini boshdan kechirish 
bilan bog’liq yuzaga keladi. U hamma hayot sohasida yetuk emasligidan yoki 
aybdorligini his qilishdan kelib chiqadi. Odamlarning qilayotgan ishlari asosan ana 
shu asosda yuzaga keladi va bu hissiyotdan chiqib ketish uchun afzallikka 
intiladilar. Shuni aytish kerakki, u to’liq emaslik hisoblanmaydi. Uning teskarisi, u 
insonni mukammallikga intilishining sababchisi hisoblanadi. Shu bilan birga 
ma’lum holatlarda (masalan, noto’g’ri tarbiyalanganda) to’liqmaslik yuqori
darajaga ko’tarilishi mumkin. Bu holatda to’liq emasligi shakllanganligi haqida 
gapiriladi. Adler yoshlikda 3 ta azoblanish his qilinishi to’liq emaslik kompleksini 
yuzaga keltiradi: organizmning to’liq emasligi; haddan tashqari homiylik; ota-ona 
tomonidan yuz o’girish. To’liqsizlikni o’rnini bosish odamning to’liq bo’lmagan 
sohasini yoki boshqa sohani rivojlantirishga bo’lgan intilishini yuzaga keltiradi.
Ijtimoiy qiziqish yoki umumiylik
- bu guruh bilan chiqishish yoki yaxshi 
muomalada bo’lishni yuzaga keltirish. Bunda odamning o’z shaxsiy qiziqishlarini, 
ijtimoiy foydali umumiy qiziqishlariga bo’ysundirishi hisoblanadi. Ijtimoiy qiziqish 
asosan tug’ma bo’ladi, chunki odamlar o’z tabiatlariga ko’ra ijtimoiy mavjudotdir. 
Biroq har doim ham u yuzaga kelavermaydi, buning uchun ma’lum tayyorgarlik 
kerak. Bunda tashqi muhit va ta’lim tarbiya muhim rol o’ynaydi.
 
Hayot uslubi.
Hamma odamlar umumiy, asosiy, bazaviy maqsadga 
erishishga intiladilar, ammo unga erishish yo’llari turlichadir. Hayotiy uslub o’z 
ichiga o’ziga xos tomonlarni, xulq-atvor usullarini, odatlarini birlashtirib, 
individning qaytarilmasligini aniqlovchi xususiyatdir. Bir odam o’z aqliy 
xususiyatlarini rivojlantirish bilan, boshqasi jismoniy yetukligi bilan afzallikka 
erishishga intiladi. Adler aytishicha, hayotiy uslub yoshlikda, taxminan 5 
yoshlargacha shakllanadi, kelgusida ba’zi o’zgarishlar ro’y beradi. Hayotiy yo’l - 
aniq to’liqsizlikning o’rnini bosishdan iboratdir. Uning asosida bizning intilishimiz, 
yo’nalishimiz yotadi.
Kreativ «men»
- bunga ko’ra inson o’z shaxsini o’zi yaratadi. Tug’ma 
xususiyatlar, subyektiv hayotiy tajriba ham faqatgina material bo’la oladi. U asosida
insonning o’zi, o’z shaxsini yaratadi, hatto hayotiy uslub ham kreativ «men»ga 
bo’ysunadi: hayotiy uslub shaxsning ijodiy qobiliyati ta’siri natijasida shakllanadi. 
Ya’ni har bir inson erkin holatda o’zining hayotiy uslubini yaratadi. Shaxsga 
taalluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u tashqi ijtimoiy ta’sirlarni o’z 
ongi va idroki bilan qabul qilib, so’ngra shu ta’sirlarning subyekti sifatida faoliyat 
ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshidanoq “mening hayotim”, 
“bizning dunyo” degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit biz bilgan va har kuni 
his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, 
hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo’lib, undagi qoidalarga 
ko’pchilik mutloq qo’shiladi, ba’zilar qisman qo’shiladi. Bu shunday qoidalar va 
normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi. 
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib-


63 
qoidalarni qabul qiluvchi subyekt bo’lsa, jamiyat-ijtimoiy intizom va tartibning, 
madaniyatning mufassal ko’rinishidir. 
SHaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur 
qilishidan xosil bo‘lgan obraz - 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish