Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

Biogenetik nazariyaning
 
negizida insonning biologik yetilishi - bosh omil 
sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat 
kasb etib, ular bilan o’zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga 
binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlariga (aniqlovchilariga) 
qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik xususiyatlar keltirilib 
chiqariladi. Taraqqiyot jarayonining o’zi, dastavval biologik yetilishning universal 
bosqichi sifatida sharxlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va 
E.Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik qonunga ko’ra, shaxs psixologiyasining 
individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining 
(filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya yotadi. 
36
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm.
pp: 470. 
37
David G. Mаyers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 406-b.
3. Shaxs nazariyasining ba’zi 
modellari va konsepsiyalari. 


59 
Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bo’lmish amerikalik psixolog 
S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb 
«rekapitulyatsiya qonuni»
ni 
(filogenezni qisqacha takrorlashni) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi 
individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning 
talqiniga binoan, go’daklik hayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarishdan 
boshqa narsa emas. S.Xollning talqiniga qaraganda, shaxs rivojlanishining yosh
davrlari «bo’ron va tazyiqlar», ichki va tashqi nizolar (konflikt)dan iborat bo’lib, 
ularning kechishi davomida odamda «individuallik tuyg’u»si vujudga keltiradi. 
Shaxs rivojlanishining ushbu nazariyasi o’z davrida bir talay tanqidiy mulohazalar 
manbai vazifasini o’tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni 
aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas. 
Biogenetik konsepsiyaning boshqa biri nemis «konstitutsion psixologiyasi» 
(insonning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab 
chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negiziga bir qancha biologik omillarni 
kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o’sishining xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik 
mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va 
uning bir boshqa sikloid toifasiga xos (tez qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta barqaror), 
ikkinchi uchida esa shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-
tuyg’usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminini u shaxs rivojlanishi 
davriga ko’chirishga harakat qiladi, natijada o’smirlarda sikloid xususiyatlari (o’ta 
qo’zg’aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik), ilk o’spirinlarda esa shizoidlik 
xususiyatlari bo’ladi, deya xulosa chiqaradi. Lekin insonda biologik shartlangan 
sifatlar hamisha нetakchi va hal qiluvchi rol o’ynay olmaydi, chunki shaxsning 
individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.Biogenetik 
nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va S.Xoll 
taraqqiyotning biologik modeli bo’yicha ish ko’radilar, bu jarayonda muvozanat, 
integratsiya va yangilanish sikllari o’zaro o’rin almashinib turadi, degan xulosaga 
keladilar. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi - bu sotsiogenetik 
nazariya hisoblanadi. 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish