Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

shaxs faolligi haqidagi 
konsepsiyasidir.
Z.Freydga ko’ra shaxs 3 ta tuzilish komponentlari asosida 
shakllanadi: id (u), ego(men), superego (mendan yuqori). 
id qatlami
- bu shaxsning instinktiv yadrosi. Id qatlamida kuchli instinktlar 
o’zlarining namoyon bo’lishini talab qiladilar va shaxsning xulq-atvorini 
belgilaydilar. Freydning psixodinamik nazariyasida ikki hil instinktlar - seksual 
instinkt va buzg’unchi instinktlar ajratiladi. Insondagi agressiv xulq-atvor bu 
konsepsiyada xulq-atvorning instinktiv shakli deb qaraladi; 
ego qatlami
- shaxsning ongli, maqsadga muvofiq qatlami. Ego id qatlami 
bilan doimo o’zaro ta’sirda bo’ladi, u ikkita asosiy qo’rqinchli instinktni yuzaga 
kelishini oldini olishga intiladi. Maqsadga muvofiq ongli qatlam shaxs uchun 
shunday faoliyat programmasini ishlab chiqadiki, u shaxsning xulq-atvorini 
belgilaydi. 
Freydning psixodinamik nazariyasi
ga
ko’ra insondagi agressiv xulq-
atvor bu konsepsiyada xulq- atvorning instinktiv shakli deb qaraladi. Unda bir 
tomondan, idning talablari qondiriladigan bo’lsa, boshqa tomondan tashqi dunyo 
talablari va odamning o’z ongi talablari qondiriladi. Ego qatlamining mavjudligi 
haqiqiy prinsiplarni belgilaydi; 
superego qatlami
- ma’naviy «men» sohasidir, unda jamiyat tomonidan 
qabul qilingan qoidalar, qadriyatlar, axloqiy tasavvurlar o’z ifodasini topadi. Bu 
soha ijtimoiylashuv jarayonida shakllanadi va yuzaga keladi. Superego instinktiv 
bo’lmasligiga qaramay, idga o’xshab, maqsadli ego bilan qarama-qarshi bo’ladi. 
Superego egoni haqiqiy maqsadga qaraganda ideal maqsadning ustunligiga 
ishontirmoqchi bo’ladi. Freydning bu konsepsiyasini qo’llab-quvvatlaydilar, ammo 
unga qarshilar ham ko’p.
Bundan tashqari Z.Freyd shaxsdagi qo’rquv, ya’ni fobiya - yashirin 
xavotirlilikni nazorat qilish uchun insonning siqib chiqarish va ko’chirish himoya 
mexanizmidan ortiqcha foydalanishi natijasidir, degan g’oyani ilgari suradi. Bunday 
insonlar ko’pincha qo’rquv va xavotirlikni keltirib chiqaruvchi signallarni ong 
ostiga siqib chiqarishadi va nazorat qilish oson bo’lgan neytral obyekt yoki 
vaziyatga nisbatan mavjud qo’rquvlar bilan aralashtirib yuborishadi. Z.Freydning 
psixoanaliz ta’limotiga ko’ra nazorat qilinmaydigan, avtomatik tarzda vahima bilan 
kechadigan qo’rquv shaxs taraqqiyotining ilk, arxaik bosqichini eslatadi. Signal 


61 
qo’rquvga qobillik esa, aksincha shaxsning ma’lum darajada yetukligini bildiradi. 
Ayni paytda avtomatik qo’rquv «Men»ni ezib, yanchib, tashlashga qobil bo’lsa, 
signal qo’rquv «Men»ga xizmat qiladi, uni xavf haqida ogohlantiradi. Xavfdan 
bunday himoyalanish unga real qarshi turish qobilligidan iborat bo’lishi kerak. 
Lekin bolalikda hali bunday qobiliyat shakllanmagan bo’ladi. Shuning uchun ham 
bolalar qo’rquvining keng tarqalganligi tabiiydir. Bolalar «Men»ida afsuski bunday 
qo’rquvlarga qarshi turishning kerakli xulq usullari yo’q. Zaruratdan kelib chiqib, 
bola o’zini qo’rquvdan himoya qiladigan psixik mexanizmlarini kashf qiladi. 
Qo’rquv bir muncha chidasa bo’ladigan darajaga kamayadi. «Men» o’z himoyasi 
uchun uni orqasiga o’tib berkinsa bo’ladigan o’ziga xos «devor» quradi. Buning 
uchun himoya «devori» qo’rquvni qaytarishga qobil darajada baquvvat bo’lishi 
kerak. Xavf esa har doim ham tashqaridan kelavermaydi, u ichki shaxsiy psixik 
qobiqni ham yorib o’tishi mumkin. Tashqi va ichki xavfdan saqlaydigan himoya 
devori o’rtasidagi farqni bilish psixoanaliz ta’limotidagi asosiy g’oya edi. Freydning 
fobiyani yuzaga kelishi borasidagi nazariyasi yillar davomida ilmiy jihatdan qo’llab-
quvvatlanmadi, zamonaviy psixodinamik, gumanistik, kognitiv va biologik model 
namoyondalari ham fobiyaning odamlarda yuzaga kelishi borasida aniq bir fikr 
bildira olmadilar. Ammo bixevioristlarning bu boradagi ishlari ilmiy jihatdan 
qo’llab-quvvatlandi va hozirgi kunda terapevtik sohada ham katta muvaffaqiyatlarga 
erishmoqda.

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish