289
Stress holatini jismoniy, psixologik omillar majmui, ya’ni
stressorlar keltirib
chiqaradi. Hayotda stresslar bo`lib turishi tufayli ularni boshqarishni, ular keltirishi
mumkin bo`lgan zararni kamaytirishni bilish zarur.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab keskin vaziyat tufayli vujudga
keladigan emotsional holatlarni tadqiq etish psixologiya, fiziologiya, tibbiyot
fanlarida keng ko‘lamda amalga oshirila boshlandi. Stress - og‘ir jismoniy va
murakkab akliy yuklamalar, ishlar me’yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar
tug‘ilganida zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga
keladigan hissiy zo‘riqishlar turidir. Mana shunday sharoitlar va vaziyatlarning
barchasini biron bir emotsiya turi ro‘yobga chiqaradi. Stress emotsional holatining
paydo bo‘lishi hamda kechishining psixologik xususiyatlarini aniqlash nafaqat
uchuvchilar, kosmonavtlar, dispetcherlar (inglizcha dispatcher ishlab chiqarishni
muvofiqlashtiruvchi ma’nosini anglatadi) uchun, balki sudyalar, korxona rahbari,
ta’lim tizimi xodimlari uchun alohida ijtimoiy psixologik ahamiyat kasb etadi.
196
Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog G.
Sele (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati (“adaptatsion
sindrom” - yunoncha belgi, alomat, ko‘rinish moslashuv) masalasiga, uning
faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga alohida ahamiyat bergan. Shuningdek,
ekstremal (lotincha “extremus”
favquloddagi holat, eng oxirgi vaziyat ma’nosini
anglatadi) vaziyatlardagi, murakkab jarayonlardagi stressning o‘ziga xosligi,
faoliyatni qayta tashkil qilishgacha olib borishi, shunga o‘xshash sharoitlarda shaxs
xulqini bashorat etish imkoniyatlari G. Sele tomonidan o‘rganilgan.
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o‘ziga xos tarzda o‘zgar- adi, unda
qo‘zg‘alishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi, uning harakat- lari tartibsiz
ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi esa tes- kari reaksiyaga olib
keladi, natijada tormozlanish, sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi.
Lekin stress holatida fizio- logik o‘zgarishlar tashqi tomondan kariyb ko‘zga
tashlanmasligi mumkin. Biroq muammoni echishdagi qiyinchilik,
diqqatni
taqsimlashdagi saro- simalik stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilinsa bo‘ladi.
SHaxs stress holatida telefon nomerini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi,
ong faoliyati engil tormozlanadi, idrok ko‘lami torayadi va boshqalar.
Stress holatida shaxsnning psixologik xususiyatlari, turmush tarbiyasi,
shakllangan malakasi muhim rol o‘ynaydi. Keskinlikning oldini olishda shaxsning
oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Undagi yuksak his-tuyg‘ular (mas’uliyat, burch, javobgarlik, vatanparvarlik, sadoqat
va hokazo) stress holatida xatti- harakat buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Qo’rquv insonning nobud qiluvchi hislardan biri bo‘lishi mumkin. Qo‘rquv
insonni uyqusizlikka yoki hayolingizni tormozlab qo‘yishi ham mumkin ekan. Ba’zi
bir insonlarni qo‘rquv o‘lim darajasigacha olib kelishi mumkin. Bundan tashqari
qo‘rquv insonlarga o‘tishi kuzatiladi. Qo‘rquv bizni xavf-xatardan o‘zimizni
himoyalashga tayyorlaydi.
197
196
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 479-b.
197
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 451-b.
290
Uzoq davom etadigan va barqaror bo`lgan emotsional holatlardan biri –
Do'stlaringiz bilan baham: