285
yurak urishining tezlashishini, yurish tezligingiz oshishini va keyin qo‘rquvni his
qilasizmi? YOki avval qo‘rquvni his qilib, va bu yuragingiz urishini va
yurishingiz tezlashishiga ta’sir etadimi? Ushbu savollarga javob topish uchun
insonning fizologik emotsiyalarini ko‘rib chiqshimiz lozim.
191
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan,
hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish
jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni
qamrab oladi:
shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga
sub’ekt sifatida qatnashishini;
uni harakat qildiruvchi, bilimga intiltiruvchi munosabatlarni va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu
narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar
yoqsa, bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib
yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi.
Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi
kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa
yoqmaydi. Umuman, odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda
bo‘ladi va uning munosabatlari faoliyatida aks etadi.
192
Kishilar idrok qilyotgan, ko‘ryotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan,
orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar,
xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari
g‘azab-nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostidaqolganimizda qo‘rquvni his qilamiz,
dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish esa zavq uyg‘otadi.
Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,
qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik
ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish,
qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik
odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab
bo‘ladi.
Odamning hissiyotlari uning mazmuni hamda shakllari, ijtimoiy- tarixiy
sharoitlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davrida odamning
191
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 421-b.
192
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 149.
Do'stlaringiz bilan baham: