40 %
ga kamayib, aksincha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
eksporti
60 %
ga ortgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda mavjud
aholi ehtiyojlari darajasidan
3
baravar ko‘p miqdorda qishloq
xo
‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida
xorij mamlakatlariga oziq-
ovqat hamda qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari eksporti
20 %
ga ortgan.
Hozirda dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqaror
ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Butunjahon savdo tashkilotining
bergan ma’lumotlariga ko‘ra dunyo savdosida qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining savdo balansi narxlarning muntazam ko‘tarilib
borishiga qaramay umumiy savdo balansining
10 %
ni tashkil
etmoqda. Bu esa mamlakatimizda ham oziq-ovqat mahsulotlarini
yetishtirish, qayta tayyorlash va saqlash masalalariga
e’tiborli bo‘lish zarurligini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda oziq-
ovqat mahsulotlariga qo‘yladigan
talablar ortib bormoqda. Endi nafaqat ko‘rinishi va ta’mi,
shuningdek, ozuqaviy qiymati, to‘yimliligi, uzoq muddat
146
buzilmasdan saqlanish xususiyati ham tobora katta ahamiyat
kasb etmoqda. Ana shu maqsadlarga erishish uchun ishlab
chiqaruvchilar tomonidan oziq-oqat mahsulotlariga turli
qo‘shimchalar qo‘shish oddiy holatga aylandi.
Genetik muhandislik
– organizm to‘qimalaridan genlarni
ajratish, ularni boshqa organizmlarga kiritish, genlar bilan turli
ko‘rinishdagi o‘zgartirish ishlari olib borish bo‘yicha usul, uslub
va texnologiyalar yig‘indisidir. Bunda molekulyar klonlash yo‘li
bilan genetik tuzilmaga
ta’sir o‘tkaziladi. Bu yo‘l bilan so‘nggi
paytda donli ekinlarning genetik takomillashtirilgan navlari,
inson insulini kabi mahsulotlar olinmoqda.
Genetik muhandislik
– genetik takomillashtirilgan yoki
talab darajasidagi sifatga ega mahsulotni yetishtirishga xizmat
qiladi. Genetik takomillashtirilgan mahsulotlaridan (GTM)
foydalanishning afzalliklari bor, ya’ni ular hosildorlikni oshirish
evaziga ocharchilik muammosini hal etishga yordam beradi,
olinayotgan mahsulotlarning ozuqaviylik hamda to‘yimlilik
darajasini oshiradi.
Ammo GTM mahsulotlarini qo‘llash jarayonining inson
135
organizmiga salbiy ta’siri ham mutaxassislar tomonidan
o‘rganilgan.
Jumladan: organizmda allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi,
immunitet tizimining shikastlanishi, turli mutatsion o‘zgarishlar,
modda almashinuvi jarayonlarining buzilishi, onkologik
o‘zgarishlar paydo bo‘lishi, antibiotiklar ta’sirini sezmaslik kabi
jihatlar shular jumlasidan. Shuningdek, GTM mahsulotlari
qishloq xo‘jaligi va biologik xilma-xillikka ziyon keltiradi,
foydali
hashoratlar, mikroorganizmlarga zarar ko‘rsatadi.
Oziq-
ovqat sanoatida bo‘yoqlar mahsulotni qayta ishlash
jarayonida yo‘qotilgan rangni tiklash, rangsiz mahsulotlarga
(alkagolsiz
rangsiz ichimliklar, muzqaymoqlar, konditer mahsulotlari)
yorqin xaridorbop
ranglar berish maqsadida qo‘llaniladi.
Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar oziq-ovqat
sanoatida ishlatilayotgan bo‘yoqlar (tartrazin, xinolan, sanset,
azorubin, ponso) bilan bolalar kasalliklari o‘rtasida o‘zaro
bog‘liklik mavjudligi aniqladi. Jumladan: o‘ta yuqori faollik va
qo‘zg‘aluvchanlik, diqqatni bir joyga jamlay olmaslik,
kayfiyatsizlik, holsizlanish, allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak
147
yo‘li buzilishlari kabi jihatlar oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan
bo‘yoqlar bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlangan.
Ko‘pchilik oziq-ovqat mahsulotlari qo‘shimchalarga ega
bo‘lib, bu qo‘shimchalar oziq-ovqat mahsulotlariga ta’m berish,
ularning saqlash muddatini oshirish maqsadlarida qo‘llanadi.
Lekin bu qo‘shimchalar qo‘llanganda oziq-ovqat mahsulotlari
o‘ramidagi maxsus yorliqlarda ular haqida ma’luot berilishi
shart. Eng ko‘p qo‘llanadigan ta’m kuchaytiruvchi natriy
glutamat (E621) hisoblanadi. Sof holda bu birikmaning ta’mi
ham kuchi ham yo‘q. Lekin u xohlagan oziq-ovqat mahsulotining
ta’mini kuchaytiradi. Natriy glukamatni tez-tez
iste’mol qiladigan kishiga oddiy ovqatlarning ta’mi yo‘qdek
tuyuladi, chunki uning ta’m biluvchi retseptorlari sezuvchanlikni
yo‘qotadi. Shunda inson ushbu «lazzatli zirovor»ga
qaram bo‘lib qoladi. Ko‘pincha natriy glukamat mahsulot
yorliqlarida «ta’m qo‘shimchasi» yoki «ta’m yaxshilovchi» deb
ham yoziladi. Natriy glukanatni ko‘p iste’mol qiladigan kishilar
bosh og‘rig‘i, yurakning tez urishi, paylar bo‘shashishi, harorat
136
ko‘tarilishi va ko‘krak qisishidan shikoyat qiladilar.
Har bir mahsulotda aynan qaysi qo‘shimchalar borligini
bilish qiyin emas. Buning uchun mahsulot o‘ramini diqqat bilan
o‘qib, undagi «E» harfini topish kerak. Keyin bu mahsulotda
qaysi qo‘shimchalar borligini ko‘rsatuvchi sonlar qatori keladi.
Garchi ushbu mahsulotlar ozuqaviy, deb nomlansada, ularning
organizm uchun ta’siri turlicha, ba’zilari esa ochiqdan ochiq
zararlidir.
Oziq-
ovqat mahsulotlaridan zaharlanish hayotda juda ko‘p
uchraydigan hodisa hisoblanadi. Bunda inson sifatsiz, noto‘g‘ri
saqlangan, buzilgan yoki zaharlangan oziq-ovqat mahsulotlarini
bilmasdan iste’mol qiladi. Ko‘p hollarda bunga bakteriyalar va
toksinlar sabab bo‘ladi. Muzlatgichda xom go‘shtni 5 kun,
tovuq, baliq va farsh mahsulotlarini 2 kundan ortiq saqlash
tavsiya etilmaydi.
Ko‘pincha yetarlicha haroratda saqlanmaganligi
bois go‘sht, tuxum, tovuq go‘shti, sut, tort va pishiriqlar,
mayonezli salatlar tez buziladi.
Ko‘pincha sifatsiz konservalangan mahsulotlar bilan inson
organizmiga botulizm xastaligini keltirib chiqaruvchi bakteriya
148
lar tushadi. Bunda qorin sohasida kuchli og‘riq, ich ketishi,
ko‘ngil aynishi, mushaklar bo‘shashishi, bosh og‘rishi, bosh
aylanishi va qusish kabi belgilar kuzatiladi.
Oziq-
ovqat mahsulotlaridan zaharlanganda qorin og‘rig‘i,
ich ketishi (qon bilan), qusish, nafas olishning qiyinlashuvi,
terlash, so‘lak oqishi, ko‘z yoshlanishi, bosh aylanishi kabi
belgilar kuzatiladi.
Oziq-
ovqatdan zaharlanganda bemor juda ko‘p midorda
suyuqlik ichishi, antibiotiklar olishi zarur. Botulizmda har doim
botulizmga qarshi ziddi-zahar vositasi qabul qilinadi. Agar
zaharlanish kimyoviy moddlar ta’siri tufayli yuzaga kelgan
bo‘lsa bunda organizmdan zaharni chiqarish birinchi darajali
vazifa hisoblanadi. Buning uchun juda ko‘p miqdorda suyuqlik
iste’mol qilish zarur. Agar kasallik belgilari o‘tib ketmasa zudlik
bilan tibbiyot muasasalariga murojaat etish kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning oldini
olishning eng asosiy vositasi ovqatni to‘g‘ri, tartibli, ozoda va
belgilangan sanitariya va gigiyena me’yorlarga amal qilgan holda
tayyorlashdir. Shuningdek, idish-tovoqlarni toza, oshxona
sochiq va idish-tovoq yuvish ashyolarini tez-tez yuvib toza
137
tutish kerak. Ishlab chiqarilgan joyi noaniq va sifat sertifikatiga
ega bo‘lmagan hamda uy sharoitida sabzavotlardan tayyorlangan
konserva mahsulotlarini sotib olmaslik va iste’mol qilmaslik
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |