Hayot faoliyati


Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning zaharlovchi



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/118
Sana29.05.2022
Hajmi1,36 Mb.
#617033
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118
Bog'liq
Hayot faoliyati

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning zaharlovchi 
xususiyatlari 
Is gazi 
- rangsiz va hidsiz gaz. Is gazining asosiy xavfli tomoni 
shundaki, u o‘pka orqali qon hujayralariga tez kirib olib, 
unda mavjud bo‘lgan kislorod o‘rnini egallaydi. Buning natijasida 
organizmda kislorod yetishmovchiligi (gipoksiya) kelib 
chiqadi. 
Is gazi bilan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi sabablar 
Zaharlanish benzinli dvigatellar ishlashi (ishlangan gazlar) 
dan, tabiiy gaz yonishidan, yong‘in paytida hamda ba’zi sanoat 
obyektlarida ro‘y berishi mumkin. Yaxshi shamollatilmaydigan 
113 


104 
yopiq xonalarda, masalan, garajlarda is gazi bilan zaharlanish 
ko‘p sodir bo‘ladi. Avtomobil dvigatelini doim ochiq havoda 
qizdirish lozim. Uni hech qachon cheklangan yopiq joyda 
qizdirmaslik kerak. 
Is gazi bilan zaharlanishning belgilari va alomatlari 
� 
Bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi. 
� 
Nafas chalg‘ishi. 
� 
Teri olcha rangini kasb etishi. 
� 
Is gazining uzoq vaqt va bevosita ta’siri o‘limga olib 
kelishi mumkin. 
Ammiak
– odatdagi sharoitda o‘tkir nashatir spirt hidi bor 
rangsiz gaz, havodan yengil. 33°C haroratda yoki yuqori 
bosimlarda osongina suyuq holatga o‘tadi. Suvda yaxshi eriydi 
va kislorodli muhitda yonadi. Ammiak bilan havoning quruq 
aralashmasining portlash xususiyati mavjud (harorat 18°C 
bo‘lib, aralashma tarkibida 16–28 % atrofida ammiak bo‘lsa). 
Bo‘g‘uvchan va nervotrop ta’sirga ega. 
Ammiak gazining odamlar yashaydigan hududda havodagi 
mumkin bo‘lgan miqdori 0,04 mg/m
3
, eng ko‘pi bilan 0,2 
mg/m3 ga teng. Agar gazning miqdori 40,0 mg/m3 bo‘lsa, ko‘z 
achishib yoshlanadi hamda nafas olish yo‘llari qattiq achishadi. 
Gazning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan miqdori 
1500
–2700 mg/m3. ga teng. Gazning suvdagi 10 %li eritmasi 
nashatir spirt, 
18
–20 % eritmasi esa 
ammiakli suv, 
deb ataladi. 
Suyuq ammiak gazi sanoat miqyosidagi sovutgichlarda, 
sovutgich modda sifatida (go‘sht kombinati, sabzavotlar bazasi, 
baliq-konserva zavodlari) ishlatiladi. Ammiak gazi saqlash va 
ma’lum masofaga tashish uchun siqilgan holda 6–18 kgs/m3 
bosimga ega holda metall idishlarda olib boriladi. Ammiak nafas 
olish yo‘llarini qichishtiradi, miya to‘qimasi faoliyatiga ta’sir 
ko‘rsatadi, qon quyulishini buzadi, xotirani pasaytiradi, ko‘z 
ko‘rish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p miqdorda ta’sir 
etsa, odam vafot etadi. 
Ammiakdan zaharlanish belgilari: burun bitishi, yo‘tal, nafas 
qaytishi, ko‘zdan yosh oqishi, yurakning tez urishi. 
Xlor 
– odatdagi sharoitda qo‘lansa hidli, sarg‘ish-yashil gaz, 
havodan 2,5 baravar og‘ir. 34°C haroratda suyuq holatga o‘tadi. 
114 
Suv (20°C haroratda bir hajm suvda ikki hajm xlor eriydi) 


105 
hamda organik erituvchilarda ham yaxshi eriydi. Kuchli 
oksidlovchi 
modda, mineral bilan, ko‘pchilik nomineral moddalar va 
organik moddalar bilan o‘zaro yaxshi ta’sirga ega. Bo‘g‘uvchi 
ta’siri bor. Havodagi mumkin bo‘lgan miqdori 0,03 mg/m
3

agar moddaning miqdori 10 mg/m

bo‘lsa, inson organizmiga 
salbiy ta’sir etadi, miqdori 2500 mg/m

ni tashkil etsa, o‘limga 
olib kelishi mumkin. Xlor nafas olish yo‘llarini qichishtiradi, 
o‘pkani shishiradi, yuqori darajada quyuqlashgani esa o‘ldiradi. 
Zaharlanganlik belgilari 
– ko‘z jildi shilliq pardasining yallig‘lanishi, 
tanglay va tomoqning qizarishi, nafas qisishi, ovoz bo‘g‘ilishi, 
ko‘z yoshlanishi, azob beradigan quruq yo‘tal, shilimshiq 
va qon aralash balg‘am ajralishi, badan ko‘karishi, ko‘krakdagi 
og‘riq, hushdan ketish. Teriga ta’sir qilganda – qizarish va 
ekzema yuzaga keladi. 
Xlor odatda paxta-
qog‘oz kombinatlarida, qog‘oz ishlab 
chiqarishda, rezina tayyorlashda, suvni tozalash stansiyalarida 
ishlatiladi. 
Simob 
– bu suyuq, kumushsimon metall, ma’lumki barcha 
suyuqliklardan og‘ir. Tez bug‘lanuvchi, suvda yerimaydi, har 
qanday yuzaga osonlik bilan singib ketadi. Simob bug‘lari 
havodan og‘irroq. Zichligi – 13,52 g/sm
3
. Erish temperaturasi 
– 390C, +357 gradusda qaynaydi. Tibbiy amaliyotda, ishlab 
chiqarishda nazorat o‘lchov asboblarida (termometr, barometr 
va manometr) ishlatiladi. Simob hayot uchun juda xavfli. 
Bug‘lanish maydoni qancha katta bo‘lsa xavf ham shuncha o‘sib 
boradi. 
Simob bilan zaharlangandaodamda umumiy holsizlik, og‘- 
riqli yutinish, og‘izda metal ta’mi, ko‘ngil aynishi, qusish,so‘lak 
oqishi, tana haror
atini ko‘tarilishi,qorinda va oshqozonda 
og‘riqning paydo bo‘lishi, bosh aylanishi, oyoq-qo‘llarning 
qaltirashi, chayqalib yurish, ongning chalkashishi, gapirish 
qobiliyatining buzilishi, hushdan ketish kabi holatlar kuzatiladi. 
Yuqorida keltirilganlardan tashqari sanoatda sianid kislota, 
serovodorod, fosgen kabi zaharli kimyoviy moddalar ham 
ishlatiladi. 
115 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish