O'zbekistonning ma lum bir viloyatining nomi sifatida saqlangan.
Gekatey va Gerodotlaming Akes daryosi suvlari bilan foydalanuvchi
yerlar haqidagi xabarlariga ko ra, «Katta Xorazm» davlati to ‘g ‘risidagi
ilmiy nazariya pavdo bo'lgan. Bu davlatga Gerodot sanab o'tgan
xalqlar girkanlar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylar yerlari ham
kirgan. Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha (V.Tam, F.Altxaym),
ahamoniylar davridan oldin xorazmliklar
Parfiya chegaralaridan
sharqiy yonalishda Kopetdog‘ yonbag‘irlarida joylashganlar. Xo
razm davlatining markazi Marv va Hirot atrofida b o iib , bu davlatni
Kir II bo‘ysundirgandan so‘ng xorazmliklar quyi Amudaryo (hozirgi
Xorazm viloyati)ga ko‘chib borganlar deb faraz qilinadi (VB/Xen-
ning, I. Gershevich). Bu nazariyaga ko ra, xorazmliklami Quyi Amu
daryo yerlariga qadimgi forslar siqib chiqarganlar,
degan xulosa pay-
do bo‘ladi.
S.P Tolstov, M.G. Vorobyovalar bu nazariyaga qarshi chiqishadi,
xorazmliklar Markaziy Osiyo janubidan ko‘chib kelmaganlar. Xorazm
davlati Quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan
degan xulosaga kelganlar. Ammo bu davlatning chegaralan hozirgi
Xorazm viloyati hududidan ancha keng bo‘lib, 0 ‘rta
Amudaryoda-
gi Qo‘shqal’adan boshlab Orol dengizigacha bo‘lgan hududlami o z
ichiga olgan.
Bu hududda miloddan avvalgi VI-V asrlarga oid 310 ta uy-
qo‘rg‘onlar, qishloq va shahar xarobalari aniqlangan. Bu yodgoriiklar
ichida eng viriklandan biri Qo zaliqir shaliri hisoblanib,
u mustahkam
mudofaa devorlari bilan o ‘rab olingan. Qo'zaliqir mudofaa devorlari-
ning tuzilishi Baqtriyadagi Qiziltepa shahar devorlarining tuzilishi-
ga ancha o xshashliklar tomoni borligi kuzatiladi. Baqtriya, Xorazm
shahar markazi an mudofaa devorlarining o'rtasida
jangchilar yurishi
uchun maxsus yo‘lak bo'lgan.
Qadimgi Xorazm davlati miloddan avvalgi VI asrda Amudaryoning
o ‘rta oqimi qisinidan Orolga yaqin boigan yerlarda vujudga kelgan de
gan xulosaning to'g'rilig] tasdiqlandi. Bu davlat Marg iyonadagi Marv
atrofida rivojlanmagan, chunki yozma manbalarga ko‘ra, Marg‘iyona
qadimgi Baqtriya davlatining yirik viloyati bo'lgan. Baqtriya va
Xorazm davlatining hududiy chegaralari 0 ‘rta Amudaryo oqimidagi
yerlar orqali o'tgan.
35
Shu yerlarda bir-biriga ro‘para holatda
ikkita qadimgi istelikom -
Odoytepa va Qo‘shqal’a qurilgan. Xorazmliklar egalik qilgan yerlar
So‘g ‘diyona, Marg‘iyona va Baqtriyaga tegishli o'lkalarga borib ta-
qalgan. Balki shuning uchun ham Gekatey xorazmliklar viloyatini par-
fiyaliklardan sharqiy tomonda joylashtirgan. Gerodot esa parfiyaliklar
va xorazmliklaming yerlari chegaradosh bolgan deb ko'rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: