3. Somoniylar, qoraxoniylar va mo‘g‘ullar bosqini
davri tarixiy geografiyasi
IX asming ikkinchi yarmida Movarounnahrda somoniylar sulolasi
paydo bo‘ldi. Bu sulola asoschisi Somon bo‘lib, uning xalifalik oldi-
dagi xizmatlari evaziga nabiralariga Movarounnahrning turli viloyat-
lari noiblik sifatida beriladi. Nuhga Samarqand; Ahmadga Farg‘ona;
Yahyoga Shosh va Ustmshona; Ilyosga Hirot beriladi. Somoniylar su
lolasi noiblariga dastlab Ahmad, 864-yilda uning vafotidan so'ng esa
o ‘g'li Nasr boshchilik qildi. 873-yilda Buxoro aholisining taklifiga
binoan bu hudud ham somoniylar boshqaruviga o ‘tib, unga Nasming
ukasi Ismoil noib qilib tayinlanadi. Ismoil Nasrga bo‘ysunmay musta
qil siyosat yurgiza boshlaydi. 886-yilda Nasr va Ismoil o rtasida jang
44
bo iib , Ismoil yengiladi. Lekin ikki yildan so'ng bo‘lib o'tgan keyingi
toqnashuvda Ismoil g ‘alaba qozonadi va 892-yilgacha, ya'ni akasining
vafotigacha rasmiy ravishda somoniylar hukmdori sifatida e ’lon qilin-
maydi.
Somoniylar davlati ikki ulkan mamlakatni - Movarounnahr va Xu-
rosonni o z ichiga olgan. Movarounnahrga Amudaryo shimolidagi yer-
lar kirgan. Shulardan Buxoro, Samarqand So‘g ‘di, Istaravshan, Choch,
Iloq, Farg'ona, Kesh, Nasaf viloyatlari siyosiy va madaniy, iqtisodiy
jihatdan taraqqiy etgan edi. Daryolaming yuqori oqimi viloyatlaridan
Chag‘oniyon, Xuttalon, Qubodiyon, Ahorun, Shumon, Vashgird, Rasht,
Kumed, Badaxshon, Karon, Shikinon, Vaxon, Ro‘shon qisman somo-
niylarga tobe edilar. Xuroson Amudaryoning janubida joylashgan Balx,
G'uzg'onon, Marv, Hirot viloyatlarini o‘z ichiga olgan.
Somoniylar xalifalikdagidek hukmronlik tizimini o'matdilar. Dav
lat tepasida amir turgan. Amirlikning m a’muriy tizimi quyidagicha
boclgan: dargoh (amir saroyi) va devon (davlat idorasi). Saroydagi eng
ulug' mansabdor hojibi buzrug (ulug' hojib) b o iib , unga saroy ahliga
ko‘z-quloq b o iib turish vazifasi yuklatilgan edi. Undan keyin sohibi
meros (saroy soqchilari b o shhgl) turgan.
996-yilda qoraxoniylar Movarounnahrga tomon navbatdagi hujum
boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi. Nuhga yordam be-
rish uchun Sobuqtakin Chag‘omyon, G ‘uzg‘on va Xuttalon hokimlari-
ning birlashgan qo'shinlaridan iborat katta kuch bilan Keshga yetib ke-
ladi. Nuhning ham o ‘z qo'shini bilan unga qoshihshini talab qiladi. Bu
somoniylar amirining hukmdorlik huquqlarini mensimaslik va ochiqdan
ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh, shubhasiz, bimdan bosh tortadi va
farmoyish yuborib, Sobuqtakinni Buxoroga chaqirtiradi. Bunga javoban
Sobuqtakin qo shin yuborib Buxoroni egallaydi. So‘ngra u qoraxoniylar
bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o ‘rtasida shartnoma tuzilib,
unga muvofiq Sirdaiyo havzasi qoraxoniylar qo lig a o‘tadi. Sobuqtakin
esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonga hukmdor
b o iib oladi. Somoniylaiga Movarounnahming markaziy qismigina beri-
ladi, xolos. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay qoraxoniylar Buxoroni bosib oladilar.
Garchi somoniylar to 1005-yilgacha Samarqand va Buxoroni qaytarib
olishga uringan bolsalar-da, ammo 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon
tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barham topgan edi.
45
Shunday qilib, X asr oxirida somoniylar davlati o ‘mida ikkita yangi dav
lat tashkil topdi: biri Koshg‘ardan Amudaryogacha cho zilgan Sharqiy
Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg‘ona va qadimgi So‘g‘dni
o ‘z ichiga olgan qoraxoniylar davlati boisa, ikkinchisi shimoliy Hindis-
tondan Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha boigan viloyatlami
qamrab olgan Gaznaviylar davlati edi.
XI asr boshlarida Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va
o ‘rta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha bo igan
hududlami o ‘z ichiga olgan edi. Ayrim olimlarning fikricha, shu vaqt-
dan boshlab Qoraxoniylar Buxoro, Samarqand va umuman, Amudar
yogacha bo‘lgan hududlami ham boshqara boshlaganlar. Siyosiy ji-
hatdan olib qaraganda, XI asr boshlarida Turkiston bir qancha siyosiy
kuchlar tomonidan idora etilgan. Sharqiy Turkiston, Toshkent, Isfijob,
Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Chag‘oniyon, Xuttalon viloyatlari Qo
raxoniylar, Amudaryoning chap qirg£oq yeriari to G ‘aznagacha, Xu-
roson. Seyiston viloyatlari g ‘aznaviylar, Xorazm esa xorazmshohlar,
Orol dengizidan sharq va shimoldagi yerlar o ‘g ‘uzlar ittifoqi tomoni
dan boshqarilar edi.
1017-yilda Mahmud G ‘aznaviy tomonidan zabt etilib, o‘z mustaqil-
ligidan mahrum b o ig an Xorazm ko‘p vaqt o ‘tmay (1044-yil) saljuqiy-
lar davlatiga qaram b o iib qoldi. Xorazmning mustaqillik uchun kura-
shi XII asming ikkinchi choragidan boshlanadi. Saljuqiylar davlatining
kuchsizlanishi natijasida bu davrda Xorazm o ‘z mustaqilligini yanada
mustahkamlay di.
XII asrlarda, ayniqsa, shaharlar kengayadi, aholining soni ko'payib,
ular yanada gayjumlashadi. Samarqand, Buxoro, Termiz, 0 ‘zgan, Tosh
kent kabi shaharlar ichki va tashqi savdo uchim xilma-xil hunarmand
chilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa tangalar vositasi
bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi.
M o ‘g ‘u l (Chig‘atoy) ulusL
Zabt etilgan o ik a va viloyatlami Chin-
gizxon hali hayotlik chog'idayoq o 'g illa n va nabiralariga taqsimlab
berdi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrga uning ikkinchi
o‘g i i Chig‘atoy ega b o id i.
Shu tariqa XIII asr boshlaridayoq Chig‘atoy tasarrufiga berilgan
Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig‘atoy ulusi tashkil
topdi. Bu feodal davlat XIV asming 40-yillariga qadar yashaydi.
46
XIII
asming 70-80-yillariga kelib, Movarounnahrda asta-sekin-
lik bilan boisa-da, shahar hayoti, xususan, hunarmandchilik va savdo
munosabatlari jonlana boshladi. Shaharlaming ichki hayoti. ayniqsa,
mahsulot va pul munosabatlarining tiklanishida Ma’sudbek tomonidan
arnalga oshirilgan pul islohoti mnhim ahamiyatga ega bo‘ldi. U Mo-
varounnahming 16 ta shahar va viloyatlarida, jumladan Samarqand,
Buxoro, Taroz, 0 ‘tror, Xo‘jand va boshqa shaharlarda bir xil vazn va
yuqori qiymatli sof kumush tangalar zarb ettirib, mamlakatda ulami
muomalaga chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |