Asosiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasiga ushlab berilgan shaxsning jinoiy javobgarligi



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

600-modda. O‘zbekiston Respublikasiga ushlab berilgan shaxsning jinoiy javobgarligi
doirasi
O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxs o‘zi ushlab
berilguniga qadar sodir etgan va ushlab berilishiga sabab bo‘lmagan jinoyati uchun uni ushlab
bergan davlatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, jazolanishi, shuningdek uchinchi bir
davlatga topshirilishi mumkin emas. Quyidagi hollarda xorijiy davlatning roziligi talab qilinmaydi,
agar:
u ushlab bergan shaxs jinoyat ishi tugatilgan kundan e’tiboran, hukm qilingan taqdirda esa
jazo o‘talgan yoki har qanday qonuniy asosga ko‘ra jazodan ozod qilingan kundan e’tiboran bir oy
ichida O‘zbekiston Respublikasi hududini tark etmagan bo‘lsa. Ushlab berilgan shaxs o‘ziga bog‘liq
bo‘lmagan holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega
bo‘lmagan vaqt bu muddatga qo‘shib hisoblanmaydi;
u ushlab bergan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududini tark etgan, ammo keyin ixtiyoriy
ravishda O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan bo‘lsa.
Xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha uzil-kesil qaror
qabul qilgan organ uning ko‘chirma nusxasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga
yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini u tomonidan
ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini yuritish natijalari haqida yozma ravishda xabardor
qiladi. Mazkur organning iltimosiga ko‘ra jinoyat ishi bo‘yicha uzil-kesil qarorning ko‘chirma nusxasi
ham yuborilishi mumkin.
601-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish
to‘g‘risidagi so‘rovni ijro etish
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni
ijro etish uchun ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rov O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalariga muvofiq yoki o‘zarolik prinsipi asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zarolik prinsipi O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish
to‘g‘risidagi so‘rovni yuborgan xorijiy davlat vakolatli organining shunga o‘xshash vaziyatda
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining so‘roviga binoan shaxsni ushlab berish amalga
oshirilishi haqidagi yozma va’dasi bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish quyidagi hollarda amalga
oshirilishi mumkin:
agar shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilayotganida sodir etilgan qilmish
uchun O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat 
kodeksi
bir yildan kam bo‘lmagan muddatga
ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni yoki og‘irroq jazoni nazarda tutsa;
agar o‘ziga nisbatan ushlab berish to‘g‘risida so‘rov yuborilgan shaxs olti oydan kam
bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki og‘irroq jazoga hukm
qilingan bo‘lsa;


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
227/232
so‘rovni yuborgan xorijiy davlat o‘ziga nisbatan so‘rov yuborilgan shaxsning faqat so‘rovda
ko‘rsatilgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini hamda sud muhokamasi tugaganidan va
jazoni o‘taganidan keyin mazkur davlat hududini erkin tark eta olishini, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasining roziligisiz uchinchi davlatga chiqarib yuborilmasligini, topshirilmasligini yoxud
ushlab berilmasligini, xuddi shuningdek qiynoqlarga, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va
qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi muomalaga duchor etilmasligini va unga nisbatan
o‘lim jazosi qo‘llanilmasligini kafolatlasa.
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi qaror
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi. Ayni bir
shaxsni ushlab berish to‘g‘risida bir necha davlatning so‘rovi mavjud bo‘lganda, shaxsni qaysi
davlatga ushlab berish kerakligi to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori qabul
qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qaror to‘g‘risida o‘ziga nisbatan
qaror qabul qilingan shaxsni yigirma to‘rt soat ichida yozma ravishda xabardor qiladi va unga
mazkur qaror ustidan ushbu Kodeksning 
602-moddasiga
muvofiq shikoyat qilish huquqini
tushuntiradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi qaror o‘ziga
nisbatan qaror qabul qilingan shaxs yozma ravishda xabardor etilgan paytdan e’tiboran o‘n sutka
o‘tishi bilan kuchga kiradi. Qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilingan taqdirda, shaxsni ushlab
berish sudning ajrimi qonuniy kuchga kirguniga qadar amalga oshirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi qaror ustidan
shikoyat qilish muddati o‘tgach yoki sudning ajrimi qonuniy kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qarorni, sudning ajrimini ijro etish uchun
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish