316-modda. Muddatni uzaytirish
Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar unda nazarda tutilgan hollardagina uzaytirilishi
mumkin.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning
ajrimi bilan muayyan harakatni bajarish uchun belgilangan muddat protsessning manfaatdor
ishtirokchisi qilgan iltimosga binoan muddatni belgilagan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning
qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
317-modda. Muddatni tiklash
Uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddat ish yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi,
prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tiklanishi lozim. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash
haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad etish xususida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror
qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Muddatni tiklashning rad etilishi ustidan umumiy tartibda shikoyat
qilinishi va protest bildirilishi mumkin.
Belgilangan muddat o‘tkazib yuborilgandan so‘ng shikoyat qilinganda ajrim yoki qarorning
ijrosi manfaatdor protsess ishtirokchisining iltimosiga binoan, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash
haqidagi masala hal qilinguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin.
40-bob. PROTSESSUAL ChIQIMLAR VA ULARNI QOPLASh
318-modda. Protsessual chiqimlar
Protsessual chiqimlar:
1) jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga,
tarjimonlarga, xolislarga ularning protsessual harakatlar o‘tkaziladigan joyga kelib ketish, turar joyni
ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek sutkalik xarajat puli tariqasida beriladigan
summadan;
2) doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, xolislarga
ularni odatdagi mashg‘ulotidan chalg‘itganlik uchun to‘lanadigan summadan;
3) ekspertlarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda o‘z
vazifalarini bajarganligi uchun to‘lanadigan haqdan, ana shu vazifalar xizmat topshirig‘i tartibida
bajarilgan hollar bundan mustasno;
4) ushbu Kodeksning
50-moddasiga
muvofiq sudlanuvchi to‘lovdan ozod qilingan taqdirda
yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun himoyachiga to‘lanadigan haqdan;
5) ashyoviy dalillarni saqlash va jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlar summasidan;
6) ekspertiza muassasalarida ekspertiza o‘tkazish uchun sarflangan summadan;
7) shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun qilingan xarajatlardan;
Oldingi
tahrirga qarang.
7 ) surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisini videokonferensaloqadan foydalangan holda
o‘tkazish chog‘ida qilingan xarajatlardan;
(318-modda birinchi qismining 7 -bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
8) jinoyat ishini yuritishda qilingan boshqa xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
1
1
08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
117/232
Ushbu moddaning
1
,
2
,
3
,
4
va
7 -bandlarida
ko‘rsatilgan summalar surishtiruvchining,
tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq budjet mablag‘lari hisobidan
to‘lanadi.
(318-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |