Asosiy qoidalar


-modda. O‘rtacha ish haqining saqlanishi



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

319-modda. O‘rtacha ish haqining saqlanishi
Guvoh tariqasida, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning
vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tariqasida
chaqiriladigan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligi bilan
bog‘liq butkul vaqt uchun ularning ish joyida o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi.
320-modda. Protsessual chiqimlarni undirish
Protsessual chiqimlar, ushbu moddaning 
oltinchi

yettinchi 
va 
sakkizinchi qismlarida 
nazarda
tutilganidan tashqari hollarda, mahkumlardan undiriladi yoki davlat hisobiga o‘tkaziladi.
Sud protsessual chiqimlarni, tarjimonga to‘langan summadan tashqari, mahkumdan
undirishga haqli. Protsessual chiqimlar jazodan ozod qilingan mahkum, shuningdek jazo
tayinlanmagan mahkum zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Sud bir necha sudlanuvchini aybli deb topgan taqdirda, ularning har biridan qancha
miqdorda protsessual chiqimlarni undirish lozimligini belgilaydi. Bu holda sud aybning og‘ir yoki
yengilligini, jinoyat uchun javobgarlik darajasi va mahkumlarning mulkiy ahvolini inobatga oladi.
Sudlanuvchi oqlangan yoki ushbu Kodeksning 
83-moddasiga 
muvofiq ish tugatilgan taqdirda
protsessual chiqimlar davlat hisobiga o‘tkaziladi. Sudlanuvchi bir ayblov bo‘yicha oqlangan, boshqa
ayblov bo‘yicha esa aybli deb topilgan bo‘lsa, sud u aybli deb topilgan ayblov bilan bog‘liq
protsessual chiqimlarni to‘lashni uning zimmasiga yuklaydi.
Protsessual chiqimlar undirilishi lozim bo‘lgan shaxsning to‘lovga moddiy imkoniyati
bo‘lmagan taqdirda chiqimlar davlat hisobiga o‘tkaziladi. Mahkumning protsessual chiqimni to‘lashi
uning qaramog‘ida bo‘lganlarning moddiy ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, sud
mahkumni protsessual chiqimlarning hammasini yoxud bir qismini to‘lashdan ozod etishga
haqlidir. Mahkum huquqiy yordam uchun to‘lovdan ozod etilgan taqdirda advokat mehnatiga haq
to‘lash bilan bog‘liq protsessual chiqimlar, shuningdek tarjimonga beriladigan pullar davlat
hisobidan to‘lanadi.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga qonunda belgilangan tartibda chaqirilgan
protsess ishtirokchisining uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasligi oqibatida ishning sudda ko‘rilishini
yoxud tergov harakatlari o‘tkazishni kechiktirish bilan bog‘liq protsessual chiqimlar ana shu
kelmagan shaxsdan undiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Moddiy javobgarlik: advokat uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagani uchun tegishli advokatlar
byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga, jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga
ko‘ra kelmagani uchun tegishli jamoat birlashmasi yoxud jamoaga yuklatilishi mumkin.
(320-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar yuzasidan protsessual chiqimlarni
to‘lashni voyaga yetmaganning xulq-atvori ustidan tegishli nazorat yo‘qligida aybi bo‘lgan taqdirda
voyaga yetmagan mahkumning ota-onasiga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga yuklashi
mumkin.
Jabrlanuvchining shikoyati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish yuzasidan sudlanuvchi oqlangan
taqdirda sud protsessual chiqimlarni ish yuritilishiga sabab bo‘lgan shikoyatni bergan shaxsdan
to‘liq yoki qisman undirishga haqlidir.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish