O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/99
Sana29.05.2022
Hajmi1,29 Mb.
#615287
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99
Bog'liq
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

 
 
 
 
Tushuntirish 
o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, 
taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng 
qo‘llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni 
o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar 
qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib 
beriladi. 

Ma’ruza – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish 
metodi sanalib, u qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan 
axborotlarning ko’pligi, bilimlar bayonining tizimliligi kabi o’ziga xos 
xususiyatlarini namoyon etadi 
Turlari 
Individual 
suhbat 
Guruhli suhbat 
Jamoaviy 
suhbat 
Ommaviy 
suhbat 
2-
rasm. Shaxslarning jalb etilishiga ko’ra
suhbatlarning 
turlari 


102 
Ilmiy ma’ruza mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, ob’yektlar, 
jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog’lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. 
Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u 
butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va 
suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida 
o’quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o’rgata boradi. 
Anketa metodi
(fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik 
kuzatish va suhbat jarayonida to’plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham 
tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga 
asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko’p hollarda, yozma ravishda olinadi. 
O’rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari 
quyidagicha bo’ladi:
1)
ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob 
berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar “ha”, “yo’q”, “qisman” yoki “ijobiy”, 
“qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali 
savollarga javob beradilar). 
Anketa metodini qo’llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular 
quyidagilardir: 
1)
anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga 
xizmat qilishi lozim; 
2)
anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo’lmasligi kerak; 
3)
anketa savollari o’quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik 
xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur; 
4)
anketa savollari respondentlar tomonidan to’la javoblar berilishini 
ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur; 
5)
anketa o’quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish 
manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur; 
6)
anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart. 
Intervyu metodi
respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u 
yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. 
Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o’tkaziladi.
Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat 
bildirilishi uning samarasini oshiradi. 
Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi
. Pedagogik hodisa va 
dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi 
ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O’zbekiston 
Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy 


103 
dasturi» talablarining ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini 
o’rganish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo’l qo’yilgan 
kamchiliklarni aniqlash, ilg’or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi 
pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo’llaniladi. 
Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan 
iborat: O’quv mashg’ulotlarining jadvali, o’quv dasturi, guruh (yoki sinf) 
jurnallari, o’quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash 
yig’ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta’lim 
muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o’quv-tarbiya ishlarini 
tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta’lim muassasasi jihozlari (o’quv partalari, stol 
stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
Mazkur metod muayyan yo’nalishlarda o’quv-tarbiya ishlari samaradorligi 
darajasi, o’quvchilarda hosil bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi, ilg’or 
pedagogik tajribalar mazmunini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish