Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


 Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

17.2. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari 
Kredit uyushmasi
– 
mikromoliyalash tashkilotlari tarkibidagi 
asosiy moliya muassasasi hisoblanib, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘-
larini jalb qilish asosida mikrokredit va kreditlar berish bilan shug‘ul-
lanadigan tijorat tashkilotidir.
Kredit uyushmasiga Markaziy bankning tegishli me’yoriy huj-
jatlarida, kredit uyushmasi – kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
ixtiyoriy teng huquqli a’zolik asosida tuziladigan kredit tashkiloti 
sifatida ta’rif berilgan.
Kredit uyushmalariga iqtisodiy adabiyotlarda notijorat moliyaviy 
tashkilot sifatida ta’riflar berilgan. Bizningcha dastlabki kredit 
uyushmalari notijorat asosida tashkil topgan bo‘lishi mumkin, biroq 
hozirgi kunda mamlakatimizda tashkil etilayotgan va faoliyat 
yuritayotgan barcha kredit uyushmalarining asosiy maqsadi foyda 
olishga qaratilgan. 
Kredit uyushmalari faoliyatiga kengroq ma’noda e’tibor 
qaratadigan bo‘lsak, kredit uyushmalari kooperativ tashkilot bo‘lib, 
jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini 
tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi va o‘zining a’zolariga ushbu 
mablag‘lar hisobidan kreditlarni taqdim etadi.
Ayrim ma’nbalarga ko‘ra, dastlabki kredit uyushmalari 1844 
yilda Angliyaning Rochdeyl shahrida to‘qimachlik korxonasi ishchilari 
tomonidan tashkil etilgan. XIX – asrning 60 yillarida kredit 
uyushmalari tashkil etish g‘oyalari Germaniya va Avstriyalik Fridrix 
Rayffayzen va German Shultse – Delichlar tomonidan ilgari surildi. 
Shu davrda kredit uyushmalari faoliyati rivojlandi va moliyaviy 
muassasalar sifatida mamlakat moliya tizimiga kirib keldi.
Rayffayzen dastlabki qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan 
kredit klasslari, shuningdek, savdo – sotiqni kreditlaydigan 
uyushmalarning asoschisi hisoblanadi.
Shultse – Delich tomonidan tashkil etilgan kredit uyushmala-
rining asosiy faoliyati shaharlarda faoliyat yuritadigan hunarmand, 
kosib va mayda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishga qaratildi.
Hozirgi kunda, kredit uyushmalari AQSh, Kanada, Irlandiya, 
Avstraliya, Janubiy Koreya, Tayvan mamlakatlarida juda keng 
rivojlangan, shuningdek, ayrim MDX mamlakatlarida (Rossiya, 


298 
Qozog‘iston, Estoniya) ham jadal rivojlanish bosqichini o‘z boshidan 
kechirmoqda.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish