Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


qiymat o‘lchovi, muomala vositasi



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, 
to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli funksiyalarini
baja-
rishi ta’kidlanadi.
Iqtisodiyotni boshqarishning bozor munosabatlari joriy etilgan 
mamlakatlar iqtisodiy adabiyotlarida, pul uchta, ya’ni qiymat o‘lchovi, 
muomala vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalarni bajarishi bayon 
etiladi. P.Samuelson Aristotelning ta’limotlariga tayangan holda pul fa-
qat ikkita, ya’ni ayirboshlash vositasi, baho mashtabi birligi yoki o‘l-
chov hisobi funksiyalarini bajarishini ta’kidlaydi
16
.
15
O‘zbekiston hududida tanga va qog‘oz pullarning chiqarilishi va amal qilishi bn bog‘liq materiallar. 
F.Mullajonovning O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi kitobi. T.: O‘zbekiston, 2001. 6 – 27 b.dan 
foydalanilgan holda tayyorlandi. 
16
Самуэльсон П. Экономика вводной курс. М., 1964. С. 69. 


19 
Angliya – amerika iqtisodchi olimlari pulning uchta funksiyasi 
(muomala vositasi, qiymat o‘lchovi va jag‘arma vositasi) mavjudligini 
e’tirof etishadi
17
. Jumladan, Edvin Dj. Dolan, Kolin D. Kempbell, 
Rozmari Dj. Kempbellar pul muomala vositasi, qiymat o‘lchovi va 
jamg‘arma vositasi funksiyalarini bajarishini ta’kidlaydi
18
.
Nemis iqtisodchi olimi K.Knis (1821 – 1898) pulning to‘rtta 
ya’ni, qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma 
vositasi funksiyalarini e’tirof etadi.
S.Fisher, R.Dornbush, R.Shmalenzilar ham pulning to‘rtta 
funksiyalarini bajarishlarini e’tirof etib, ularni quyidagi ketma – 
ketlikda amal qilishini ta’kidlaydi: birinchisi – muomala vositasi va 
to‘lov vositasi, ikkinchisi – o‘lchov hisobi, uchinchisi – qiymatni 
saqlash vositasi, to‘rtinchisi – kechiktirilgan to‘lovlarni o‘lchovi
19

K.Marks pulning funksiyalari konsepsiyasida uni uchta funksiyasi 
mavjudligini ta’kidlaydi. U pulning funksiyalarini quyidagi ketma – 
ketlikda ifodalaydi. Birinchisi – qiymat o‘lchovi, ikkinchisi – muomala 
vositasi, uchinchisi – moliyaviy pul. K.Marksning pulning uchinchi 
funksiyasi ayrim iqtisodchilar tomonidan jamg‘arma vositasi, to‘lov 
vositasi va jahon puli kabi vazifalarini bajarishi mumkin degan fikrlar 
ilgari suriladi
20

Rossiyalik iqtisodchi olim, professor O.I.Lavrushin
21
, professor 
V.A.Shegorsov
22
, professor V.V.Ivanov va professor B.I.Sokolovlar
23
tahrirlari ostida chop etilgan “Pul, kredit va banklar” darsliklarning 
barchasida pul beshta funksiyani bajarishi e’tirof etiladi. 
O‘zbekistonlik iqtisodchi, professor Sh.Z.Abdullaeva pul to‘rtta 
funksiyani bajarishini, ular qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov 
vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalari ekanligini ta’kidlaydi
24
.
17
Харрис Л.Денежная теория. М., 1990. С.75; Долан Э., Линдсей Д. Макроэкономика. СПб., 
1994. С. 7 – 8. 
18
Эдвин Дж. Долан, Колин Д. Кэмпбелл, Розмари Дж. Кэмпбел. Деньнги, банковское дело и 
денежно – кредитная политика/ Пер. с. англ. А.А.Лукашевич, А.П.Маноцкова,. Е.Б.Ярцева, 
М.Б.Ярцев. М.: СПб, 1991. С. 26. 
19
Фишер С., Дорнбуш Р., Шмалензи Р. Экономика. М., 1993. С. 474 – 475. 
20
Пезенти А. Очерки политической экономики капитализма. Т.1. С. 472 – 473. 
21
Деньги, кредит, банки: Учебник/Кол. авт. Под ред. О.И.Лаврушина. М.: КНОРУС, 2007. С. 57. 
22
Деньги, кредит, банки: Учебник для вузов/ Под. ред. В.А. Щегорцова. М.:ЮНИТИ – ДАНА, 
2005. С. 14. 
23
Деньги, кредит, банки: Учебник/Под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. М.: ТК Велби, 
Проспект, 2008. С. 26. 
24
Abdullayeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar.T.: Iqtisod – Moliya, 2007. 13 b. .


20 
Professor O.Yu.Rashidov tahriri ostida chop etilgan “Pul, kredit 
va banklar” darsligida pul beshta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala 
vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli vazifalarini 
bajarishini ta’kidlanadi
25
.
Ko‘rinib turibdiki, pulning funksiyalari haqida xorijiy va 
mahalliy iqtisodchi olimlarning fikrlari turlicha bo‘lib, birinchi guruh 
olimlar pulni beshta funksiyasi mavjudligini ta’kidlashsa, ikkinchi 
guruh iqtisodchi olimlar uning to‘rtta funksiyani bajarishini e’tirof 
etadi. Uchinchi guruh iqtisodchi olimlar, asosan anglo – amerikaliklar 
uni uchta funksiyani bajarishini bayon etadi. Hatto ayrim iqtisodiy 
adabiyotlarda pulni oltita funksiyani bajarishi qayd etilib, oltinchi 
funksiya sifatida baho masshtabi ekanligini isbotlashga urinishadi
26
.
Iqtisodchi olimlar pulning funksiyalari haqida turlicha talqin 
etishiga quyidagilar sabab bo‘ladi. Bir guruh iqtisodchi olimlar, pul-
ning funksiyasini zamonaviy sharoitda uning xossalaridan kelib chiqib 
bayon etadi, boshqa guruh olimlar esa turli mamlakat olimlarining 
pulni funksiyalari xususidagi fikrlariga tayangan holda unga talqin 
beradi. Yana boshqa guruh iqtisodchi olimlar esa pulning funksiyala-
rini ta’riflashda uning tarixan vujudga kelishi bilan bog‘liq voqelik va 
nazariyalarga tayanadi.
Pulning funksiyalari xususida fikr yuritganda uning asl (haqiqiy 
pul) qiymatiga ega bo‘lgan va asl qiymatiga ega bo‘lmaganligi 
(o‘rinbosar pullar) ga e’tibor qaratish lozim. Chunki muomalada asl 
qiymatga ega bo‘lgan pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning 
barcha funksiyalari namoyon bo‘ladi va aksincha. Asl qiymatga ega 
bo‘lgan pullar sifatida qimmatbaho metallar oltin va kumushni, kredit 
pullarni va 100 foiz oltin bilan ta’minlangan pullarni qayd etish 
mumkin. Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarga qog‘oz pullar, oltin 
asosiga ega bo‘lmagan kredit pullar kiradi. 
Haqiqatda ham qimmatbaho metallar to‘lov vositasini bajargan 
paytda ular pulning barcha funksiyalarini bajargan. Qimmatbaho 
metallar o‘rnini qog‘oz pullar egallagandan so‘ng, qog‘oz pullarning 
inflyatsiyaga uchrashi natijasida ular pulning barcha funksiyalarini 
bajarmay qo‘ydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, yuqorida ko‘rib chiqil-
25
Rashidov O.Yu. va bosh. Pul, kredit va banklar: Darslik. T.: TDIU, 2008. 22 b.
26
Деньги, кредит, банки: Учебник/Под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. М.: ТК Велби, 
Проспект, 2008. С. 25. 


21 
ganidek, vaqt o‘tishi bilan pulning funksiyalari haqida turli qarashlar 
vujudga kela boshladi.
Pulning funksiyalari xususidagi fikrlarga tayanib, pul to‘rtta, 
ya’ni 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish