38
bilan bog’lanib qolgan. Shu davrlardan uning adabiy faoliyati ham boshlangan.
U o`ziga adabiy taxallus qilib, onasi tug’ilgan shaharchaning nomini olgan va
eng mashhur asar sifatida tanilib, jahonni kezib chiqqan, yog’och bolakayning
ajib sayohatlari bayon etilgan "Pinokkioning sarguzashtlari" asarini jahon
bolalariga taqdim etgan buyuk yozuvchidir. Kollodi bejizga italyan bolalar
adabiyotining haqiqiy asoschisi deyilmaydi. Uning maxsus bolalar kitobxonligi
uchun yozilgan birinchi povesti qahramoni "Djannetino" bo`lib, u quvnoq,
sho`x shirinxo’r bola, o`zi uncha mard-jasur bo`lmasa-da,
har xil
sarguzashtlarni yoqtiradi. Yozuvchi u haqda bir butun turkum asarlar
yaratgan. Ammo haqiqiy shon-shuhratni yozuvchiga 1881 yilda nashrdan
chiqqan "Birta buratinoning tarixi" ("buratino" italyanchadan - marionetka,
ya`ni qo`g’irchoq) asari keltiradi. Keyinroq muallif uni "Pinokkioning
sarguzashtalari yoki bir qo`g’irchoq tarixi" deb qayta nomladi. Bu erda yuksak
badiiy san`at tirik yumor bilan bog’lanib ketib, bolalar uchun zerikarli bo`lgan
pand-nasihatga o`rin qolmagan. Bolalar ruhiyatini yaxshi tushungan yozuvchi,
jiddiy
fikrlarni bolalarga tushunarli, ularga yetib boradigan shakllarga o`rab,
ajib kulgili sarguzashtlarga ulab yuboradi. Ko`p lavhalar muallifning aniq va
nozik kuzatishlariga asoslangan. Aytaylik, bolalar aniq fikrlaydilar va
metaforani to`g’ri, o`z ma`nosida tushunadilar.
Shuning uchun ham
"Yolg’onning oyoqlari kalta", degan matal Kollodiga yaxshi bahona bo`lib,
muallif yosh kitobxonlarning boshqa iqtidorlarini ya`ni, bo`rttirish
qobiliyatlarini inobatga olib, bu metaforik jumlani "moddiylashtirdi":
Pinokkio yolg’on gapirishni boshlasa, uning burni cho`zilib, kattalashib
ketardi. Yoki, yana bir misol: ko`pincha axmoq odamni eshak deb atashadi.
Shuning uchun ham oqko`ngil feyaning o`qishga
majburlashlaridan qochib,
ko`ngilxushliklar mamlakatiga qochib qolgan Pinokkioning quloqlari
eshaknikiga o`xshab o`sib, kattalashib, badani jun bilan qoplanib, hattoki dum
ham o`sib chiqadi.
Kollodining demokratik qarashlari uning kitoblarida ham o`z aksini
topgan. Pinokkio kissasida bir tangasi ham yo`q kambag’al o`g’liga alifbo olib
berish uchun o`zining kurtkasini sotgan Djepettoning o`g’li. Yog’och
bolakayning o`zi esa, mehnat qilib, otasiga va kasal
feya - havorang sochli
Qizchagà yordam bera boshlagach, haqiqiy insonga aylana boshlaydi. Boy va
amaldor personajlar asarda istehzo bilan tasvirlanadi. Bechora, kambag’al
ammo gunohsiz odamning javobgarlikka tortilib, "odil sud hukm chiqarishi"
ustidan ustalik bilan zaharxanda qilinadi: qahramon to`rt oyga qamoqqa
tushadi va Bolvaniyada e`lon qilingan amnistiyaga tushib, chambarak ortidan
qutulishi uchun o`z-o`ziga tuhmat qilishga majbur bo`ladi. Yog’och odam
39
ustidan qilinayotgan sud jarayoni ham juda kulgili. Uning qilgan yomonliklari
haqida eshitgan sud'ya janoblari juda hayajonda va to`lqinlangan ko`rinadi,
ammo keyin politsiya mundirida kiyingan ikkita itni chaqirib ularga:
"Bechoraning to`rtta oltin tangasini o`g’irlashibdi. Uni endi bog’lang va zudlik
balan qamoqqa tashlang" , - deb buyruq beradi. Fantastika hamda muallifga
zamondosh bo`lgan hayot bilan bog’lanib
ketgan mumtoz ertak, ital'yan
san`atiga o`ta qadrdon bo`lgan janrga mansub. Italiya - Arlekino, Kolombinoy,
Pul'chinelloy kabi mashhur personajlar-niqoblar teatri hamda qo`g’irchoq
teatrlarining vatanidir. Kollodi murojaat qilgan, qo`g’irchoq komediyalari
an`analari - Plavt, Terentsiy kabi Rimning buyuk qadimgi komediyachilari
ijodining tomirlariga borib taqaladi. Shu
bilan birga Pinokkioning
sarguzashtlarida italyan xalq ertaklarining nishonalari bor.
Ital'yan ertaklari bilan rus bolalarini M. Gor'kiy tanishtirdi. 1912 yilda
uning noshirligi ostida bu ertaklarning to`plami chiqdi. "Pinokkioning
sarguzashtlari" Rossiyaga Aleksey Tolstoy tomonidan tarjima qilinib, qayta
ishlangan nashrda "Oltin kalitcha" nomi bilan bosmadan chiqdi. U o`sha
davrdà dolzarb bo`lgan mavzular bilan asarni boyitdi.
Uning fikricha rus
bolalariga tushunarsiz bo`lgan joylarini ruscha ruhda qayta ishlab, ba`zi
obrazlarni almashtirdi. Yozuvchi tomonidan poydevor qo`yilgan ertak-
povestning yumoristik-satira an`anasi italyan adabiyoti,
shu jumladan, Janni
Rodari ijodida o`z ifodasini topdi. Kollodining asari bir umrga bolalarning
sevimli kitobiga aylanib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: