Mo’ljallangan. Mazkur o’quv-usuliy qo’llanmada fanning o’qitish maqsad va vazifalari, talablar bayon etilgan. Shuningdek, unda ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim egallashi va uni o’zlashtirishiga e’tibor qaratilgan



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/43
Sana28.05.2022
Hajmi1,33 Mb.
#614310
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Bog'liq
chet el bolalar adabiyoti

Jyul Vern
(1828 -1905) hali-hamon o`smirlarning eng sevimli 
yozuvchilaridan biri bo`lib qolmoqda. Uning kitoblari dunyoga kelishi bilanoq, 
jahon tillariga tarjima qilinib, butun jahon bo`ylab tarqalgan. Zamondoshlari 
uni butundunyo sayyohi, ustaxonasiz kashfiyotchi, deb atashgan. U fransuz 
adabiyotida ilmiy fantastik janrning asoschisi. Adibning ijodiy g’oyalari juda 
ulkan: butun dunyoni, turli iqlimdagi mamlakatlarning tabiatini, turli 
xalqlarning madaniyati, urf-odati hamda an`analarini tasvirlash edi. Lekin 
bularning barchasini u geograf sifatida emas, balki, "G’aroyib sayohatlar" (yoki 
"G’aroyib sarguzashtlar") deb nomlagan ko`p tomli romanlar seriyasini 
yaratish maqsadini ko`zlardi. Jyul' Vern "G’aroyib sayohatlar" ustida ishlashni 
1862 yildan 1905 yilgacha olib bordi va hamma qismlarining nashri qariyb 
yarim asrga cho`zildi. Uning asarlarida dunyo bo`ylab sayohatlar, chunonchi, 
Yevropa mamlakatlari, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo, Avstraliya, 
Okeaniya, Arktika va Antarktika mamlakatlari tasvirlangan. To`rtta roman 
"robinzonad" turkumini tashkil etadi; ularning voqealari kimsasiz orollarda 
kechadi. Boshqa romanlarning voqealari okeanlarda, dengizlarda, hattoki, 
planetalararo bo`shliqlarda bo`lib o`tadi. "G’aroyib sayohatlar"da muallifning 
jug’rofik, aniq va texnika fanlariga oid, fantastika va muhandislikka oid 
bilimlari ajoyib tarzda uyg’unlashib ketadi. Vernning qahramonlari - 
tadqiqotchilar, muhandislar, quruvchilar; ular uzoq masofalarni bosib 
o`tishadi, yangi mashinalarning turlarini yaratishadi, suv osti hamda havo 
kemalari ixtiro qilishadi, vulkanlarni, dengiz va okean tublarini tadqiq 
qilishadi hamda yangi erlarni kashf qilishadi. Binobarin, muallif jahon 
adabiyotiga ilmiy-fantastika janrining asoschisi bo`lib, kirib keldi. Shu 
jumladan, uning romanlari g’aroyib sayoh’atlar hamda sarguzashtlar 
namunasidir. Uning kitoblarida har bir zukko, aql-idrokli o`spirinni qiziqtirib 
qo`yadigan barcha narsalar mujassam. Bundan tashqari, uning asarlarida 
insonning yaratuvchanlik qobiliyati, ijodkorligi va aql-zakovatiga ishonch hissi 
ufurib turabdi. Yozuvchining o`zi Nante shahridagi advokat oilasida dunyoga 
kelgan. Oilaviy an`anaga ko`ra, bolakay otasining kasbini me`ros qilib 
olmoqchi edi. Ammo bola dengiz sayohatlarini, kemalarni orzu qilardi. Lekin 
otasi Jyul' Vernni parij huquq maktabiga o`qishga jo`natadi. O`ta qiziquvchan 
yosh yigitchaning ilmga tashnaligi uni Milliy kutubxonaga borib ko`proq kitob 
o`qishga, ma`ruzalarda, ilmiy munozaralarda ishtirok etishga, geografiya, 


34 
astronomiya kitoblarini o`qishga hamda yangiliklardan boxabar bo`lishga 
undaydi. U o`zining yozuvchilik iqtidoriga amin bo`lgan holda komediyalar, 
dramalar, librettolar yozishga kirishadi va shu bila bir qatorda, Nantga qaytib 
yuristlik qilish niyati ham yo`q emasdi. U "Havo sharida besh hafta" deb 
nomlangan debyut asarga qo`l uradi. Ammo bu asar uning barcha 
taxminlaridan ham ortiqroq natijalar berdi. Bu ilm haqidagi haqiqiy asar 
bo`lib, unda qiziqarli sarguzashtlar, ilmiy bilimlar va gipotezalarni 
ommalashtirish bilan uyg’unlashib ketadi. Afrika haqidagi birinchi asarning 
o`zidayoq Jyul' Vern hali kashf etilmagan Nil manbalarining aniq joylarini 
bashorat qiladi. Havo shari bilan bog’liq fantastikani ortidan endi "Yer 
markaziga sayohat" (1864) deb nomlangan geologik, keyin Arktika haqidagi 
"Kapitan Gatterasning sayohatlari va sarguzashtlari" (1864-1865) hamda 
"Yerdan Oyga" deb nomlanagan fazoviy asarlar paydo bo`ldi. Fransuz 
yozuvchisining qahramonlari doim yodda qolarlidir. "Kapitan Grantning 
bolalari" haqida ham shunday fikrni bildirish mumkin. Uning qahramonlari 
yuragining tozaligi va maqsadlari sari intilishlari, sotqinlik va 
ikkiyuzlamachilikni bilmasliklari hamda har doim o`zlarining oldiga qo`ygan 
maqsadlarini amalga oshishiga ishonishlari bilan ajralib turishadi va ularning 
niyatlari o`zlariga hamroh bo`lib, yo`llarida uchragan barcha qiyinchilik va 
to`siqlarni yengib o`tishadi.
Shunga hamohang voqelik tizimi "Mo`jizakor orol", "Yigirma ming le suv 
ostida" kabi romanlarida davom ettiriladi. Shunday qilib, yuqorida nomlari 
zikr etilgan romanlar "Kapitan Grantning bolalari" "G’aroyib sayohatlar" bilan 
birgalikda trilogiyalar seriyasini tashkil etadi. Bu romanlar asosida yosh 
kitobxonlarning bir nechta avlodlari tarbiyalangan. Endilikda, ilm-fan taraqqiy 
etib, katta odimlar ila rivojlanayotir. Ammo, Kapitan Nemoning "Nautilus"i 
yoki jyulverncha aqlga sig’mas mashinalari eskirgan bo`lsa-da, baribir adib 
qahramonlarining mard-jasurligi avvalgidek, yoshlarni o`ziga tortadi. Fransuz 
yozuvchisining kitoblari motivi asosida bir qancha mul'tiplikatsion va badiiy 
fil'mlar olingan, spektakllar qo`yilgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish