Fransua Rable
(1494 - 1553) Fransiya Uyg’onish davrining ulkan adibi
va Yevropaning buyuk insonparvarlaridan biri. U Shinonda kichik sud
amaldori oilasida dunyoga kelgan. Rable fransiskan cherkovining monaxi,
keyin ruhoniy darajasini oldi. U tabiiy fanlar, tabobat bilan shug’ullangan va
1528 yilda cherkov hukumatining ruxsati bilan Parijga jo`nab ketadi. Keyinroq
esa Lionda katta kasalxonaning vrachi bo`lib ishlaydi hamda shu shaharning
31
o`zida yozganlarini chop ettiradi. Bir qancha vaqt Rable Italiyada yashab,
botanika bilan shug’ullanadi. Ma`lumki, faqatgina cherkov va monastirlar
o`zlarining mevazor bog’lari hamda seleksiya ishlari bilan mashhur
bo`lishgan. Rable o`zigà tanish bo`lmagan meva, sabzavotlarning urug’larini va
navlarini yig’ib, Fransiyaga jo`natar edi. 1533 yilda "Pantagryuel"ning
birinchi qismi paydo bo`ldi. Aslini olib qaraganda, Rable "Buyuk va bahaybat
ulkan odam (velikan) Gargantyua haqidagi bebaho va buyuk xronikalar" deb
nomlangan xalq ertagi syujetini qayta ishlagan va undan foydalangan. Badiiy
jihatdan zaif "Gargantyua" o`zidà keng folklorni hamda eski ritsarlik
romanlarining qahramonlariga yo`naltirilgan o`tkir satirani o`z ichiga olgan.
"Pantagryuel'" esa Rable tomonidan o`ylab topilgan bo`lib, shu xalq kitobining
davomi, ya`ni, asl nusxaning sodda yasamasi edi. 1534 yili "Pantagryuelning
otasi, buyuk Gargantyuaning dahshatli hayoti haqidagi povest'" deb
nomlangan kitob bosmadan chiqadi. Lekin bu kitob "Pantagryuel"ni orqaga
surib, romanning birinchi kitobi bo`lib oldi. Bu asarda Rable tomonidan
ko`tarilgan savollarning eng asosiysi sifatida Gargantyuaning tarbiyasi
haqidagi muammoni keltirish mumkin. Qirol Granguz'e avval o`z o`g’lining
tarbiyasini sxolastlarga topshiradi. O`rta asrlarda cherkov dogmalarini hech
qanday mantiqiy sharhlarsiz, sun`iy ravishda izohlashga asoslangan falsafa va
shu yo`nalish murabbiysi. Ammo sxolastika shu davrga kelib quruq yod
oldirish usuliga o`tib olgan edi. O`qituvchilar bolaga o`rgatilayotgan narsalarni
tutilmasdan, aytilayotgan so`zning mantiqiga yetmay turib, barchasini yod
olishga majbur qilishar edi. Buning natijasida bola hech narsani o`rgana
olmasdi. Rable kitobxonlarga Gargantyuaning gumanistlar tomonidan o`qitib-
o`rgatilishi haqidagi boblarda o`zining ideallarini bayon qiladi. Rablening
asosiy pedagogik qarashlari italyan gumanistlari va Erazm Rotterdamskiyning
qarashlari bilan to`g’ri keladi. Ular insonning aqliy va jismoniy rivojlanishi
o`zaro uyg’unlikda kechishi, ya`ni, aqliy tarbiya albatta, jismoniy tarbiya bilan
birgalikda olib borilishi kerakligini ta`kidalydi. Binobarin, Rable ta`lim-tarbiya
jarayoni har xil fanlar bilan almashinib turishi, dam olishga ham vaqt
ajratilishi kerak, shundagina ta`lim oluvchi ishtiyoq va xursandchilik bilan
o`rganadi, degan mantiqqa tayangan. Shunday qilib, romanning syujeti xalq
ijodidan olingan bo`lib, oddiy tilda bayon qilingan, uning tomirlari folklorga
borib taqaladi. Rablening tili ham asosan, xalqchil, faqatgina muallif uni
badiiy va ilmiy elementlarni qo`shib boyitgan. Rablening donishmandligi va
yumori unga haqiqatdan ham jahon madaniyati tarixida abadiy romanni
qoldirdi. Uning Gargantyua hamda Pantagryuelning bolaligi va tarbiyasi
haqidagi kitoblari ko`pgina dunyo tillariga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr
32
etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |