Innovatsiya 2021: dolzarb muammolar va zamonaviy yechim


YURIDIK XIZMAT – DAVLAT HOKIMIYATI VA



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/145
Sana28.05.2022
Hajmi2,76 Mb.
#613982
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   145
Bog'liq
To\'plam Innovatsiya 2021

YURIDIK XIZMAT – DAVLAT HOKIMIYATI VA 
BOSHQARUVINING MUHIM TARKIBIY BOʻLINMASI SIFATIDA 
 
Abdullayeva Nargiza Suyun qizi 
mustaqil izlanuvchi 
Toshkent davlat yuridik universitet 
 
Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yoʻlida 
mamlakatning ichki va tashqi hayotida qonuniylikni mustahkamlash va qonun 
ustuvorligini ta’minlash masalalarini mamlakat rivojining asosiy ustuvor vazifalari 
etib belgilab olgan. Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, 
ayniqsa oʻrta va quyi boʻgʻinda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va 
professional yuridik xizmat koʻrsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich 
amalga oshirilmoqda[1]. Ma’lumki, oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda 
qonunchilik va sud-huquq sohasida, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruvi 
tarmoqlarida yuridik xizmatni takomillashtirish masalalarida amalga oshirilgan 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
171
islohotlar oʻta muhim bir maqsadga, aholining huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilishga, shuningdek tizimda qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan. 
Binobarin, tashkilot faoliyatida yuridik xizmatni rivojlantirish xodimlarning huquqiy 
ongi va madaniyatini yuksalishiga, adolatli qarorlarning qabul qilinishiga, 
xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishiga xizmat qiladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi «2017 — 2021-
yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi 
boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi 
salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi 
toʻgʻrisida»gi PF-6155-son Farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlariga 
markazlashgan yuridik xizmat koʻrsatish tizimini joriy qilish maqsadida:
Adliya 
vazirligi va Moliya vazirligining 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston 
Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari 
huzurida yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini respublikaning barcha tuman 
(shahar)larida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi, Adliya vazirligi va Moliya 
vazirligining 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya 
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat 
koʻrsatish markazlarini respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etish 
toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi. Markazlar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib 
quyidagilar belgilandi: 
yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari (keyingi 
oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;davlat 
tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatish; 
davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy 
madaniyatini oshirish; 
davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy 
manfaatlari oʻz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash; 
davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda 
har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini ta’minlash. 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
172
Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish «E-
huquqshunos» elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi [2]; 
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yuridik xizmati ishtirokining mazmun-
mohiyatini ochib berish uchun, eng avvalo, “yuridik xizmat” tushunchasini yoritish 
lozim.
Yuridik xizmat tushunchasiga bir qator huquqshunos olimlar tomonidan turli 
xil ta’riflar berilgan boʻlib, ular fikriga nazar tashlaydigan boʻlsak, quyidagilarni 
keltirish mumkin.Masalan, I.S.Shitkina yuridik xizmat (boʻlim, departament) – bu 
tashkilot faoliyatini huquqiy ta’minlashni amalga oshiruvchi va uning tashkiliy 
jihatdan mustaqil tarkibiy tuzilmasidir [3], deb ta’rif beradi. A.N.Titiyevskiy esa, 
yuridik xizmat – tashkilotda qonunchilikka rioya qilinishi ustidan nazorat 
funksiyasini bajaruvchi va tashkilot rahbari, rahbariyati hamda tarkibiy 
boʻlinmalariga qonunchilikni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda huquqiy 
yordam koʻrsatuvchi tashkilotning mustaqil funksional xizmatidir[4], deb ta’riflaydi. 
A.N.Chashin esa, yuridik xizmat – bu tashkilot (korxona) faoliyatini huquqiy 
jihatdan ta’minlashni amalga oshiruvchi, oʻz faoliyatini amaldagi qonun hujjatlari, 
xalqaro huquq normalari, yuridik boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom, ta’sis hujjatlari va 
boshqa ichki hujjatlarga muvofiq yurituvchi alohida boʻlinmadir [5], deb ta’rif beradi. 
Shu bilan birga, yuridik xizmat tushunchasiga V.P.Ivanov va A.L.Mironov 
tomonidan ham shunga oʻxshash bir qator ta’riflar berilgan [6]. Yuridik xizmat davlat 
boshqaruvi apparatining ajralmas tarkibiy qismi boʻlib, uni yanada mustahkamlash va 
ishining samarali amalga oshirilishida asosiy oʻrin tutadi. 
Yuqorida qayd etilgan omillar har bir davlat tashkilotida yuridik xizmat 
huquqiy ishlarni amalga oshirilishini ta’minlovchi alohida, mustaqil tarkibiy tuzilma 
sifatida mavjud boʻlishini taqozo etadi. Busiz tashkilot faoliyatini normal tashkil 
etilishi va faoliyat koʻrsatishini ta’minlab boʻlmaydi. Davlat organi yuridik xizmatiga 
jumladan amaldagi qonunchilikka zid va sifatsiz tayyorlangan normativ-huquqiy 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
173
hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilarga kamchiliklarni tuzatish uchun 
qaytarish, ular boʻyicha zarur xulosalar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish 
toʻgʻrisida ma’lumotnomalar tayyorlash, shuningdek, davlat organi rahbarining 
topshirigʻi boʻyicha mustaqil yoki tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda mazkur 
loyihalarning kamchiliklarini tuzatish; davlat organi vakolatiga kiruvchi masalalar 
boʻyicha quyi turuvchi organlar, korxona, muassasa va tashkilotlarda qonuniylikka 
rioya qilinishini tekshirish kabi huquqlar berilganligi unga yuklatilgan vazifalarni 
lozim darajada bajarishga keng imkoniyat beradi. Xorijiy mamlakatlarning yuridik 
xizmat koʻrsatishga oid tajribasini oʻrganish mamlakatimizda davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarida yuridik xizmat faoliyatining rivojlantirishda, uning huquqiy 
asoslarini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish