Innovatsiya 2021: dolzarb muammolar va zamonaviy yechim



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/145
Sana28.05.2022
Hajmi2,76 Mb.
#613982
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   145
Bog'liq
To\'plam Innovatsiya 2021

Aдабиётлар рўйхати 
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Олий ва ўрта махсус таълим 
тизимига бошқарувнинг янги тамойилларини жорий этиш чора-
тадбирлари тўғрисида» 2019 йил 11 июлдаги ПҚ-4391-сон қарори 
www.lex.uz
.  
2.
UniCEN.Cetntral asia uniuersite partnersmps program. АҚШ олий таълим 
тизимига кириш.https://unicen.americancouncils ord.
3.
Ш.Мустафақулов. Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасаларига 
инвестицияларни жалб қилишнинг долзарб масалалари.Т., 2019 й. 
4.
ОВЎМТВ тассаруфидаги Олий таълим муассасаларининг 2019-2020 
йиллардаги молиявий хисоботлари. 
IKKINCHI TIL TA’LIMIDA INNOVATSION METODLAR 
Salisheva Zilola Ismailovna 
O‘zDJTU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi, falsafa fanlari doktori [PhD] 
Ma’lumki, ikkinchi til ta’limida har bir darsdan kutiladigan natija
o‘quvchilarga berilayotgan nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini hosil 
qildirib borish orqali ularning og‘zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirib 
borishga qaratilishi kerak. Buning uchun to‘rt asosiy amal: tinglab tushunish
o‘qish, so‘zlash, yozish amallarini birgalikda qo‘llash va har bir dars jarayonida teng 
taqsimlangan tarzda tatbiq etish kerak bo‘ladi. Bunda, ayniqsa, mavzuga mos video 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
115
va audiomateriallardan foydalanishning amaliy ahamiyati nihoyatda katta, chunki bir 
vaqtning o‘zida ko‘rib, eshitib va o‘qib qabul qilingan materialgina o‘quvchilar 
xotirasida mahkam o‘rnashadi. Aynan audiomateriallar va tinglab tushunish 
mashqlari o‘rganilayotgan tildagi nutqni asliyatda eshitish va shu orqali og‘zaki 
talaffuzni yaxshilash imkonini beradi. Videolavhalar esa nafaqat nutqiy, balki til 
o‘rganuvchilarning sotsiolingvistik va pragmatik kompetensiyalarini ham 
shakllantirishga xizmat qiladi.
Respublikamizning davlat tili o‘zbek tili ta’lim boshqa tillarda olib 
boriladigan guruhlarda ikkinchi til sifatida o‘qitiladi. Tabiiyki, bunda xorijiy tillarni 
o‘qitish metodikasidan foydalaniladi va asosiy e’tibor o‘quvchi-talabalarning nutqiy 
kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratiladi. Shundan kelib chiqib, o‘zbek tili 
o‘quv dasturlariga adabiy o‘qish materiallari ham kiritilgan bo‘lib, ular bosqichdan 
bosqichga kengaytirib boriladi. Jumladan, quyi ta’lim bosqichlarida adabiy o‘qish 
materiallari sifatida asosan she’rlar, kichik hajmdagi rivoyatlar, hikoyalar kiritilgan 
bo‘lsa, oliy ta’lim bosqichida adabiy o‘qish uchun kattaroq asarlardan parchalar 
berish, shu orqali rusiyzabon talabalarning nutqini boyitish va o‘zbek adabiyoti bilan 
tanishtirib borish ko‘zda tutilgan [1, 262–302; 2].
Rus guruhlarida o‘zbek tili darslarida videolavhalardan foydalanib adabiy 
o‘qish materiallarini o‘rgatish ta’lim oluvchilarning fanga qiziqishini uyg‘otishga, 
har tomonlama bilim olishga, dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Videodarslarning ta’limiy samaradorligini oshirish, avvalo, o‘quv dasturiga mos
maxsus videomateriallar tizimini hamda har bir videomaterialni taqdim etish 
yuzasidan maxsus metodik ko‘rsatmalar, ya’ni darsning ta’limiy maqsadiga mos 
keladigan topshiriqlar tizimini ishlab chiqishni talab etadi. Bu sohada ish olib borgan 
metodist olima O.P.Bikovaning fikricha, “har qanday videolavha kamida uch asosiy 
jihatga ega bo‘lishi kerak:

taqdimot birligi sifatida tanlangan lavha; 

mavzu yuzasidan o‘quvchilarga taqdim qilinadigan bilimlar; 

taqdimotdan keyin o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqida 
faollashtirish ko‘zda tutiladigan nutqiy ko‘nikmalar” [3, 34].


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
116
Haqiqatan ham, videodars – bu biror filmdan parcha namoyish qilish degani 
emas. Videomateriallarni darsga tatbiq etishda namoyish uchun tanlanadigan lavha, 
uning hajmi o‘qituvchi tomonidan aniq rejalashtirilishi zarur. Odatda, dars 
jarayonida qisqa hajmdagi videomateriallar bilan ishlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Beriladigan lavha hajmining kengayib ketishi darsda ko‘zda tutilgan ta’limiy 
maqsaddan chetga chiqib ketiladi. V.G.Kostomarov ham bu fikrni tasdiqlab
“videomaterialning haddan ziyod keng va tasvirlarga boy bo‘lishi o‘quvchini dars 
mazmunidagi asosiy fikrdan chalg‘itishi mumkin”ligini ta’kidlaydi [4, 22].
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, videolavhalarni qisqa hajmda, muayyan qismlarga 
bo‘lgan holda taqdim etishning samarasi kattaroq bo‘ladi. Jumladan, darsning kirish 
qismida mavzuga oid videolavhadan parchani namoyish etish va qisqa suhbat tashkil 
etish o‘quvchilarni psixologik jihatdan mavzuga to‘liq jalb etishga yordam beradi.
So‘ngra videolavhaning keyingi qismini namoyish etish va berilgan savollar asosida 
yoki tayanch so‘z va birikmalar asosida lavha mazmunini og‘zaki muhokama qilish, 
leksik-grammatik topshiriqlar asosida yozma tahlillar o‘tkazish videolavha 
mazmunini chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi. Samarali natijaga erishish uchun 
ba’zan lavhani takroran namoyish qilish ham mumkin. Ayrim metodistlarning 
fikricha, tanaffus vaqtida videolavhani qo‘yib, o‘quvchilarni yolg‘iz qoldirish, 
qo‘ng‘iroq chalingandan so‘ng, o‘quvchilardan ekranda nimani ko‘rganliklarini 
so‘rash ham auditoriyada til muhitini yaratishga xizmat qiladi va psixologik jihatdan 
katta ta’sir kuchiga ega bo‘ladi [5].
Har bir bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarni ko‘zda tutilgan maqsadga tomon 
yo‘naltirib turishi, ayrim noto‘g‘ri izohlarni to‘g‘rilab borishi kerak bo‘ladi. Bu 
o‘rinda darsliklarga berilgan adabiy o‘qish matyerillari bo‘yicha matnosti 
topshiriqlarining ahamiyati nihoyatda kattaligini ta’kidlash kerak. Xususan, oliy 
ta’lim bosqichida talabalarning yosh xususiyatidan kelib chiqib, matnosti 
topshirqlarini tizimli tarzda berish, ular ustida maxsus ish olib borish material 
mazmunining 
talabalar 
ongiga 
singishiga, 
ularning 
mustaqil 
fikrlashini 
rivojlantirishga, o‘z fikrini mustaqil ifodalashga intilishiga sabab bo‘ladi.


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
117
Quyida rus guruhlarida o‘zbek tili mashg‘ulotlarida A.Qodiriyning “O‘tgan 
kunlar” romanidan berilgan adabiy o‘qish uchun berilgan parcha asosida videodars 
tashkil etish tajribasini bayon etamiz. Ushbu mashg‘ulotni 4 bosqichga bo‘lib tashkil 
etish maqsadga muvofiq: 
1-bosqich. O‘qituvchining roman va adib haqidagi qisqa kirish suhbati.
2-bosqich. “O‘tgan kunlar” filmidan darslikda berilgan adabiy o‘qish 
materialiga mos lavhalarni namoyish etish [6]. 
3-bosqich. Talabalarga darslikda romandan berilgan parchalarni o‘qitish va 
quyidagi matnosti topshiriqlarini bajartirish: 
1. Har bir matndan ushbu obrazlar xarakteriga mos keladigan ta'riflarni ajratib 
daftaringizga yozing.
2. Ushbu gap orqali Zaynabning fe’l-atvoriga baho bering.
Zaynab egachisining aksicha o‘z yaqinlaridan “pismiq” deb ism olgan, onasi 
bo‘lsa achchig‘i chiqqanda “ming‘aymas o‘lgur” deb uni qarg‘ar edi.
3. Berilgan gap orqali Xushro‘yning fe’l atvoriga baho bering.
Xushro‘y uch oy ichida tomir yoyib qolgan bir oilani ildizi bilan yuliq tashlab 
tinchiydir. 
4. Zaynab – Kumushning qotili. Himoyachi sifatida uni oqlashga harakat 
qiling. 
5. Berilgan iboralarning sinonim va antonimlarini aniqlang. 
Eriga o‘tkir, soyasiga salom bermoq, ost-ust qilmoq, ikki qo`lini burniga tiqib 
qarab qolmoq. 
6. Berilgan gap orqali Oftob oyimning fe’l-atvoriga baho bering. 
Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to‘g‘rilik ma'nolari tomib turg‘on bu xotin 
qutidorning rafiqasi - Oftob oyim. 
8. O‘zbek oyim va Oftob oyimning fe'l-atvorini taqqoslang [6, 192-195]. 
Ushbu topshiriqlar, yuqorida qayd etilganidek, matn mazmuninig yaxshi 
o‘zlashishiga va talabalarning mustaqil fikrlashlari va o‘z fikrini mustaqil 
ifodalashlariga, ular nutqiy kompetensiyasining shakllanishiga yordam beradi. 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
118
4-bosqich. Ushbu bosqichda lavhalar yana bir bor namoyish etiladi va 
tasvirlardagi milliy-madaniy xususiyatlar tahlil qildiriladi. Bu talabalarda 
sotsiolingvistik va pragmatik kompetensiyani shakllantirishga, o‘zbek xalqining 
milliy-ma’naviy qadriyatlari bilan chuqurroq tanishishga yordam beradi.
Adabiy o‘qishni videolavhalardan foydalanib shu tarzda bosqichli ketma-
ketlikda tashkil etish va ushbu materiallar bo‘yicha yuqoridagi kabi tizimli 
topshiriqlar ustida ishlash o‘zbek tili mashg‘ulotlari samaradorligining oshishiga, 
rusiyzabon talabalarning o‘zbek tilidagi nutq boyligini o‘stirishga, ularni o‘zbek 
adabiyoti namunalari va o‘zbek xalqining milliy-ma’naviy qadriyatlari bilan 
chuqurroq tanishtirishga yordam beradi. 

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish