Adabiyotlar ro’yhati
1. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. O‘zbek tili
[ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun] // Ta’lim taraqqiyoti. O‘zR
Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi, 1-maxsus son. –Toshkent: Sharq, 1999. ––
262–302.
2. O‘zbek tili fanidan ishchi o‘quv dasturi [rusiyzabon guruhlar uchun]. –
Toshkent, O‘zDJTU, 2013.
3. Bikova O.P. Uchebnie moduli dlya raboti s videomaterialom. / J. Russkiy
yazik za rubejom. – Moskva, № 2/2009. – s. 34.
4. Kostomarov V.G. Rassujdeniye o formax teksta v obshenii. – Moskva, 2008.
– s. 22.
5.Akishina A.A., Kagan O.E. Uchimsya uchit [Dlya prepodavateley russkogo
yazika kak inostrannogo]. – Moskva, 2004.
6. Muxitdinova X.S., Salishyeva Z. I., Po‘latova X.S. O‘zbek tili. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2012. – 192-195-betlar.
REALIZM VA MAGIYA
–
“GARRI POTTER” ASARINING
ASOSI SIFATIDA
Saidova Nozima Axrorovna
Katta o’qituvchi
Toshkent davlat yuridik universiteti
Har bir muallif badiiy asarni yozishda o‘z oldiga nimadir maqsad qilib qo‘yadi
va ushbu maqsadni u o‘z kitobi orqali kitobxonga yetkazmoqchi bo‘ladi. Ba’zi asarlar
yaxshilikni targ’ib qilsa, ba’zilari yovuz, vayronkor g’oyalarni ilgari suradi. Lekin
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
119
asarlarning aksariyat qismi, xoh u bolalar adabiyoti bo‘lsin, xoh kattalar,
yaxshilikning yovuzlik ustidan doimo g’alaba qozonishi g’oyasini ilgari suradi.
Xuddi shunday, Roulingning “Garri Potter” asarini yozish bilan bizga yetkazmoqchi
bo‘lgan xabari shundaki, hattoki sehrgarlar dunyosida ham yovuzlik qanchalik keng
quloch yoygan bo‘lmasin, baribir yaxshilik, ezgulik g’alaba qozonadi.
Deyarli har bir badiiy asar kichik hajmda bo‘lsa ham haqiqatni aks ettiradi. Bu
kitobxonlar uchun juda muhim, chunki ular o‘zlari yashayotgan dunyo va odamlar
haqida o‘qish va ular bilan tanishishni xohlaydilar. Realizm adabiy oqim sifatida
XIX asr boshida Fransiyada dunyoga kelgan. O‘sha davrda mualliflar o‘ziga xos
xususiyatlarni o‘zida aks ettirgan asarlar yoza boshlaganlar – hodisalar va voqealar
rivoji oddiy hamda qahramonlar uchun ikknchi darajali ahamiyat kasb etgan;
qahramonlar quyi yoki o‘rta qatlam vakillari bo‘lib, adabiy usulda emas, balki oddiy
odamlar tilida so‘zlashgan; asarda muallifning sharhi yoki izohlari deyarli yoki
umuman uchramagan. Bu oqimning dastlabki namoyandasi Onore de Balzak o‘zining
“Inson komediyasi” asarida jamiyatning turli qatlamlariga mansub insonlar hayotini
uzun hamda jonli tasvirlar bilan yoritib bergan. Shunday bo‘lsa-da asar voqealari
romantik xususiyatlarni o‘zida saqlab qolgan. Gustav Flobertning “Madam Bovari”
asari esa realistik oqimning xususiyatlarini to‘liq qamrab olgan dastlabki asar desak
adashmagan bo‘lamiz. Asar o‘zining zerikarli hayotidan qochib ishqiy
sarguzashtlarga quchoq ochgan ayol hayotini yoritib bergan.
Realizm adabiy oqim sifatida “obyektiv reallik” muhitini yaratishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘yadi. Bunday asarlar asosan kundalik hayotni, quyi va o‘rta qatlam
vakillarining hayot tarzi, mashg’ulotlari, oddiy hayotini hech qanday xayoliy tasvirlar
va ideallarsiz tasvirlaydi. Buni boshqacha qilib, voqealarning empirik asoslangan
holda hech qanday bezaklar va izohlarsiz uchinchi shaxsga ko‘rinadigan holatda
tasvirlash desak bo‘ladi [1].
Adabiyotning har bir namunasi realizm xususiyatlarini qisman yoki
butunligicha qamrab oladi. Xoh u sarguzasht yoki fantastik asar bo‘lsin, xoh
melodrama yoki romantika. Chunki biz barcha o‘y-xayollarimizni hayotdan olamiz.
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
120
J.K. Roulingning sehrgarlik maktabiga tushib qolgan 11 yoshli sehrgar bola
haqidagi asari “Garri Potter”ni janr xususiyati jihatidan tahlil qiladigan bo‘lsak, u bir
nechta janrlarni o‘zida qamrab olganiga guvoh bo‘lamiz. Avvalo, asar sehr-jodu,
magiya haqida bo‘lgani sababli uni fentezi janriga oid desak, bosh qahramonning
bolaligidan kattaligigacha bo‘lgan davr voqealarini ochib bergani jihatidan tarbiyaviy
roman, asardagi ko‘p sonli urush va janjallardan kelib chiqib uni triller desak
adashmaymiz. Lekin shunday bo‘lsa-da, asarda realizm xususiyatlari ham mavjud.
Chunki asar nafaqat sehrgarlar hayoti va ularning dunyosini, balki oddiy odamlarning
hayotini ham tasvirlaydi. Garrining xolasi va pochchasi oddiy o‘rtahol oila bo‘lib,
ular sehr-jodudan yiroq. Lekin hatto sehrgarlar hayotiga nazar tashlasak ham real
hayot xususiyalarining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Ularning kechqurun yotib,
ertalab uyg’onishlari, ovqatlanishlari, har kuni darsga yoki ishga borib kelishlari,
bo‘sh vaqtlarida o‘zlarini nima bilandir mashg’ul qilishlari – bularning barchasi
bizning hayotiy vazifalarimiz sanaladi. Faqat sehrgarlar hayotining oddiy odamlar
hayotidan farq qiladigan jihati unda sehr-jodu elementlarining mavjudligidadir.
Ularning hayotida magiya va haqiqat uyg’un holda mavjud bo‘lib kelmoqda.
Masalan, sehrgarlik va jodugarlik maktabi Hogvartsni olaylik. Har bir sehrgar
11 yoshga to‘ldiki, albatta ushbu maktabda 7 yil tahsil olishi shart. Bu Angliyada
mavjud bo‘lgan yagona sehrgarlik maktabi hisoblanadi. Bunday maktablar boshqa
mamlakatlarda ham mavjud bo‘lib, ular Durmstrang hamda Sharmbatonni o‘z ichiga
oladi.
Keling, Hogvarts maktabi bilan yaqindan tanishib chiqaylik. Ushbu sehrgarlik
maktabi ham biz biladigan oddiy maktablar kabi o‘quvchilariga bilim hamda tarbiya
beradi. Maktabda o‘quvchilar yoshiga ko‘ra sinflarga bo‘lingan holda tahsil oladilar.
Har kuni ertalabdan o‘quvchilar darsga shoshadilar va maktabda 3-4 juftlik dars
o‘qiganlaridan so‘ng maktab maydonidagi yotoqxonalariga qaytadilar. O‘quvchilar
darsda qatnashganlariga qarab baholanadilar va har o‘quv yili oxirida keyingi o‘quv
yiliga o‘tish uchun imtihon topshiradilar.
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
121
“The whole point of keeping the school open at this time is for you to receive
your education,” she said sternly. “The exams will therefore take place as usual, and I
trust you are all studying hard” [2].
Har bir o‘quv muassasasi o‘z o‘quv formasiga formasiga ega. Angliya
maktablarining o‘quv formasi bizga ma’lum bo‘lgan o‘zbek o‘quvchilari formasidan
farq qiladi. Ingliz o‘quvchilari rasmiy usulda kiyinadilar – o‘g’il bolalar oq ko‘ylak,
ma’lum bir rangdagi kostyum-shim va galstuk kiysalar, qizlar oq kofta va ma’lum
rangdagi kostyum-yubka kiyadilar. Hogvarts maktabida ham o‘quvchilar maktab
formasi – mantiya va qalpoq kiyib yuradilar. Biz mantiya va qalpoqni ko‘rganimizda
ko‘z oldimizda magistr obrazi gavdalanadi. Roulingning sehrgarlik maktabi
o‘quvchilari uchun aynan ushbu formani tanlaganini sehrgar bolalarni oddiy maktab
o‘quvchilaridan bilim, tarbiya va boshqa barcha xususiyatlari jihatidan yuqori
qo‘yishi bilan izohlasak bo‘ladi. Maktab doirasida o‘z qonun-qoidalari amal qiladi,
tartib-intizomga qattiq rioya qilinadi. Dars vaqtida yoki kechki soatlarda maktab
ichida tentirab yurish ta’qiqlanadi. Maktab 4 fakultetdan iborat bo‘lganligi sababli har
bir fakultetning alohida yotoqxonasi mavjud va bir fakultet o‘quvchisi boshqa
birining yotoqxonasiga kirishi ta’qiqlanadi. Maktab qoidalarini buzgan o‘quvchilar
biz biladigan oddiy o‘quv muassasasidagi kabi qattiq jazolanadi.
UNIFORM First-year students will require:
1. Three sets of plain work robes (black)
2. One plain pointed hat (black) for day wear
3. One pair of protective gloves (dragon hide or similar)
4. One winter cloak (black, silver fastenings)
Please note that all pupils’ clothes should carry name tags [3]
Maktabing bu kabi majburiy tomonlaridan tashqari yana uni oddiy
maktablardan ajratib turadigan sehrli tomonlari ham mavjud. Har bir maktabda dars
jadvali ya’ni o‘qiladigan darslar ro‘yxati bo‘ladi. Hogvartsda ham dars jadvali
mavjud. Bu undagi reallik xususiyatini aks ettiradi. Faqat birgina farqi shundaki,
maktab dars jadvalida mavjud bo‘lgan fanlarning deyarli barchasi sehr-jodu bilan
bog’liq fanlar hisoblanadi. Bular qatoriga, sehrli damlamalar haqidagi fan,
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
122
transfiguratsiya ya’ni bir narsadan ikkinchisiga aylanish haqidagi fan, sehrli
o‘simliklar haqidagi fan, sehrli jonzotlarni parvarishlash kabi fanlar kiradi.
Three times a week they went out to the greenhouses behind the castle to study
Herbology...Transfiguration is some of the most complex and dangerous magic you
will learn at Hogwarts…
Do'stlaringiz bilan baham: |