Innovatsiya 2021: dolzarb muammolar va zamonaviy yechim


JINOYAT TARKIBI ELEMENTI SIFATIDA JINOYAT SUBYEKTINING



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/145
Sana28.05.2022
Hajmi2,76 Mb.
#613982
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   145
Bog'liq
To\'plam Innovatsiya 2021

JINOYAT TARKIBI ELEMENTI SIFATIDA JINOYAT SUBYEKTINING 
QILMISHNI KVALIFIKASIYA QILISHDAGI AHAMIYATI 
 
 
Abdullayev Sardor Suyun oʻgʻli
Huquqshunos
Toshkent davlat yuridik universiteti 
Jinoyat qonunining markaziy tushunchalari sifatida hisoblanar ekan, jinoyat 
sub’yekti deganda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan, qonun bilan belgilangan 
yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxs tushunilishi alohida diqqatga sazovor. 
Qayd etish kerakki, jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat sub’yekti sifatida 
qilmishni sodir etish paytida jinoyat qonunida nazarda tutilgan muayyan yoshga 
toʻlgan, aqli raso, jismoniy shaxs e’tiborga olinadi. Jinoyat qonunining 18-moddasiga 
koʻra aqli rasolik jinoyat sodir etish vaqtida oʻz harakatlarining (harakatsizligining) 
ijtimoiy xavfli xususiyatini anglash va ularni boshqara olishdir. 
Jinoyat kodeksi jinoyat sub’yektini uch asosiy mezonga muvofiq aniqlaydi. 
Bular aqli rasolik, jinoyat sodir etish yoshiga toʻlganlik va jismoniy shaxs ekanligi. 
Affekt holatida shaxsning hissiy-emotsional tomoni ongli anglash qobiliyatiga 
qaraganda ustun boʻladi. Bu kabi aqli rasolikni istisno qilmaydigan emotsional 
vaziyatda sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik nafaqat milliy jinoyat 
qonunchiligida, balki xorijiy mamlakatlar jinoyat qonunchiligida ham uchraydi [1]. 
Qoida tariqasida, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso 
holatda boʻlgan, ya’ni ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi 
yoxud ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli oʻz harakatlarining 
(harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxs 
javobgarlikka tortilmaydi. 
Bunday hollarda agar shaxs aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish 
sodir etsa unga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari 
tayinlanishi mumkin. 
Biroq, qonun chiqaruvchi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-
sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni bilan aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
272 
ruhiy holati buzilgan shaxsning javobgarligini kriminalizatsiya qildi. Bunda aqli 
norasolik hamda aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holat buzilishi 
differensiatsiya qilindi. 
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli 
Qonuni bilan kiritilgan norma (181-modda) bilan aqli rasolikni istisno etmaydigan 
tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsning javobgarligi belgilangan. 
Unga koʻra jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli oʻz 
harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini toʻliq darajada anglay olmagan yoki 
ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi. 
Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga 
nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari 
tayinlanishi mumkin. 
Sud-tergov amaliyotida mast holatda jinoyat sodir etilishi koʻp uchraydi. 
Mastlik holatida shaxs oʻz qilmishi oqibatlarini har doim ham anglay olmaydi, xatti-
harakatlarini boshqara olmaydi. Biroq, qonun chiqaruvchi jinoyat sub’yekti sifatida 
mast holatdagi shaxslarning javobgarligini yengillashtirmagan. Aksincha, mastlik 
holatida jinoyat sodir etish shaxsga nisbatan jazo tayinlashda ham alohida mezon 
sifatida jazoni yengillashtirishga asos boʻlmaydi.
Jumladan, jinoyat qonunining 19-moddasida mastlik holatida sodir etilgan 
jinoyat uchun javobgarlik masalasi belgilangan. Unga muvofiq mastlik holatida yoki 
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga 
ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan 
ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos boʻlmaydi. 
Aqli rasolik masalasidan keyingi muhim masala bu jinoyat sub’yektining 
yoshi masalasidir. Oʻzbekiston Respublikasi JK 17-moddasiga asosan jinoyat sodir 
etgunga qadar oʻn uch yoshga toʻlgan shaxslar javobgarlikni ogʻirlashtiradigan 
holatlarda qasddan odam oʻldirganliklari uchungina javobgarlikka tortiladilar. Lekin, 
jinoyat sodir etganlik uchun minimal yosh RF (JK 20-m.), Qozogʻiston (15-m.), 
Belarus (27-m.), Moldova (21-m.), Ozarbayjon (20-m.), Ukraina (22-m.) 
Respublikalari JKlarida ham 14 yosh qilib belgilanganligini koʻrish mumkin. 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
273 
Jinoyat sodir etgan 13 yoshga toʻlgan shaxsning fiziologik va ruhiy 
rivojlanishi, uning qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglash darajasini inobatga olgan 
holda MDH davlatlari jinoyat qonun hujjatlarida belgilangan minimal jinoyat 
sub’yekti yoshi belgilangan normalarni unifikatsiya qilish maqsadida Oʻzbekiston 
Respublikasi JKda minimal jinoyat sub’yekti yoshini 14 yosh qilib belgilanishi 
maqsadga muvofiq. Shuningdek, mazkur taklif 1989-yil 20-noyabrdagi BMTning 
“Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiyada keltirilgan jinoyat qonunchiligida 
oʻrnatilishi lozim boʻlgan minimal yosh talabiga ham mos keladi. 
Jinoyat huquqida jinoyat sub’yekti xususida soʻz yuritilganida ishtirokchilik 
instituti, xususan ishtirokchilarning turlari (masalan, bajaruvchi) ham nazarda tutiladi. 
Jumladan, Jinoyat kodeksining 27-moddasida jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi 
mustahkamlangan. Unga koʻra ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir 
etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi.
Ishtirokchilik tushunchasi MDH davlatlarida turlicha berilgan hamda bu 
tushunchaga Belarus, RF, Tojikiston va boshqa respublikalar jinoyat qonunchiligida 
alohida bob ajratilgan [2]. 
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning bir qator oʻziga xos xususiyatlari 
mavjud. U yoki bu jinoyatni kvalifikatsiya qilishda nafaqat qilmishning 
ishtirokchilikda sodir etilishi, balki, qonuniylik va adolatlilik prinsiplariga asoslangan 
holda ishtirokchilikning aniq belgilari va shakllariga etibor berish lozim. 
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi JK 28-moddasiga koʻra jinoyatni 
bevosita toʻla yoki qisman sodir etgan yoxud JKga muvofiq javobgarlikka tortilishi 
mumkin boʻlmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir 
etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi. Bundan koʻrinib turibdiki, amaliyotda, yuqorida 
keltirilgan holatda jinoyat sodir etgan shaxs JK Maxsus qismi normasining 
ishtirokchilikda jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan qismi bilan 
javobgarlikka tortiladi. Bizningcha, qilmishni bunday kvalifikatsiya qilish ijtimoiy 
adolat prinsiplari va JKning odillik tamoyiliga zid hisoblanadi. Qolaversa, aksariyat 
MDH davlatlari jinoyat qonunchiligida ishtirokchilik tushunchasiga ikki yoki undan 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
274 
ortiq aqli raso, jinoyat sub’yekti yoshiga yetgan jismoniy shaxsning qasddan jinoyat 
sodir etishda birgalashib qatnashishi, deb ta’rif berilgan. 
Shunga koʻra JK 27-moddasining birinchi qismini quyidagi tahrirda 
oʻzgartirilishi maqsadga muvofiq: 
“Ikki yoki undan ortiq aqli raso, jinoyat sub’yekti yoshiga yetgan jismoniy 
shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb 
topiladi”. 
Ayrim olimlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida bozor islohotlarini 
chuqurlashtirishning bugungi sharoitida jinoiy-huquqiy siyosatning zamonaviy 
rivojlanish tendensiyalari jinoyat sub’yekti masalasiga kengroq yondashishni taqozo 
etishini, transmilliy korporatsiyalar faoliyat doirasi tobora ulkan masshtabni qamrab 
olayotganligini ta’kidlab, ular tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar uchun yuridik 
shaxslarning jinoiy javobgarligi masalasining oʻrnatilishi lozimligi haqida qizgʻin 
munozarali fikr yuritayotganliklarini, milliy qonunchiligimizda ham yuridik shaxs 
sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning maqomida ma’muriy va jinoiy 
javobgarlikni belgilash ilgari surilmoqda [3]. 
Mazkur tadqiqoti davomida ayrim MDH davlatlari jinoyat qonunchiligini 
oʻrganish, shuningdek, jinoyat huquqi nazariyasining zamonaviy rivojlanish 
tendensiyalaridan kelib chiqqan holda, JKga yuridik shaxslar javobgarligini 
belgilashga doir 17
1
-modda kiritilishi taklif etiladi:



Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish