149
Mana shunday noyob ijtimoiy-siyosiy g’oyalarga boy bo’lgan asarlardan biri
Abu Muhammad Abdulloh ibn al-Muqaffaning “Al-adab al-kabir” asaridir. “Al-adab
al-kabir” asari birinchi navbatda davlat boshliqlari va ularning vorislari, saroy
amaldorlari va boshqa yuqori tabaqaga mansub shaxslar mutolaa qilishi uchun
mo’ljallangan, pand-nasihat shaklida yozilgan asardir. Bunda asosiy e’tibor
axloq-
odob masalalariga, davlat hayoti va uning fuqarolar bilan o’zaro munosabatlariga
qaratilgan.
Asarning birinchi qismi jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy masalalarga
bag’ishlangan bo’lib, muallifning adolatli va har tomonlama barkamol jamiyat, odil
va yuksak axloqiy fazilatlarga ega hukmdor borasidagi fikr-mulohazalarini o’z ichiga
qamrab oladi. Ushbu qismda Ibn Muqaffa davlat boshlig’ining siyosat borasidagi
layoqati
bilan bir qatorda, uning shaxsiy axloqiy sifatlariga ham o’z e’tiborini
qaratadi.
Komil ishonch bilan aytish mumkinki, inson ijtimoiy mavjudot bo’lib, ijtimoiy
munosabatlar va siyosiy hokimiyat piramidasidan o’zini chetga ola olmaydi. Uning
jamiyat bilan o’zaro munosabatlari asosida jamiyatda ham, inson tafakkurida ham
rivojlanish jarayoni kuzatiladi. Ibn Muqaffa “Al-adab al-kabir” asarida ta’kidlab
o’tganidek, jamiyat tepasida turgan boshqaruvchi barkamol, ideal jamiyat barpo etish
printsiplarini ishlab chiqishi kerak.
Ibn Muqaffa davlat boshliqlari haqida fikr yuritar ekan, ularni o’z
xalqining
adolatli yo’lboshchisi, tafakkur qilish, siyosat, axloq va muomala odobi kabilarni
chuqur egallagan shaxslar bo’lishlari lozimligini ta’kidlaydi. Adolat tushunchasi Ibn
Muqaffa ta’limotida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Ibn Muqaffa fikricha, adolat
davlat boshlig’i tomonidan hukumatdagi adliya idoralari vositasida o’rnatilishi
lozim. Adolat jamiyatdagi ezilgan xalq vakillarini yuqori toifadagi aslzodalar xatti-
harakatlaridan himoya qiluvchi, ular o’rtasida tengma-teng
munosabatlar olib
borilishini kafolatlovchi, adliya idoralarining o’zidagi kamchiliklarga baho bergan
holda adolatli qarorlar chiqarilishini ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi.
Adolatsizlik esa, jamiyat hayotida murakkab ijtimoiy holatni keltirib chiqargan
holda, huquqiy, ma’rifiy, siyosiy va iqtisodiy tanazzulga olib keladi. Ibn Muqaffa
150
bunday murakkab vaziyatning yuzaga kelishini davlat boshlig’iga
nisbatan
fuqarolarning ishonchi yo’qolishi va ularda o’z hukmdorlariga nisbatan
bo’ysunmaslik kayfiyatining paydo bo’lishi bilan bog’liq deb, ta’riflaydi. Bunday
holat yuzaga kelgan taqdirda, hukmdor o’z hokimiyati ag’darilishining oldini olish
imkoniyatiga ega bo’lmay qoladi. Shuning uchun ham adolat davlat boshqaruvining
eng asosiy xususiyati bo’lishi kerak. Lekin adolat
tamoyili faqatgina davlat
boshlig’igagina xos bo’lib qolmay, barcha mas’ul shaxslarga,umuman jamiyatning
har bir a’zosiga taalluqli bo’lishi lozim.
Jamiyat rivoji iqtisodiy raqobat omili bilan chambarchas bog’liqligini
ta’kidlagan holda, Ibn Muqaffa ushbu omilsiz jamiyatning rivojlanishi mumkin
emasligini aytib o’tadi. Shu yerda Ibn Muqaffa shunday savol qo’yadi: Qanday qilib
hozirgi iqtisodiy sharoitda ideal jamiyat g’oyasini ro’yobga chiqarish mumkin?
Bunga insonning moddiy shart-sharoitlarini yaxshilash va yashash uslublarini
mukammallashtirish orqali erishish mumkin. Ibn Muqaffa o’zining ijtimoiy-siyosiy
qarashlarida abbosiy xalifa Mansurni adolat tamoyiliga asoslangan holda qonunlar
majmuasini ishlab chiqishga da’vat etadi.
Ibn Muqaffa uchun mukammal davlat boshlig’i yetuk axloqiy fazilatlarni
egallagan, o’tkinchi havaslarga berilmay, o’z fuqarolarining farovonligi uchun
qayg’uradigan, xasislik va qahr-g’azabga moyil bo’lmagan shaxsdir. Ibn
Muqaffaning
odil hukmdor, adolatli jamiyat borasidagi ushbu fikrlarini “Ikkinchi
muallim” nomi bilan ulug’lanuvchi Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”
asaridagi fikrlar bilan qiyoslash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: