142
mamlakatlarda bizning o‘zimizdan ko‘ra ko‘proq bilishadi. Bizlar – ya’ni Amir
Temurning Vatani bo‘lmish shu zaminda o‘sgan odamlar uning faoliyatini juda oz
bilamiz” [2].
Darhaqiqat, faqat mustaqillik tufayli biz buyuk sarkardalarimizning shaxsiga
bo‘lgan qarashlarimizni o‘zgartirdik. Istiqlolga erishganimizdan keyin bu masalada
ham adolat qaror topdi.
Muqaddas zaminimizda yashab, buyuk ishlarni amalga
oshirib, ko‘p sohalarni asoschisi bo‘lgan ko‘plab milliy qahramonlarimiz,
sarkardalarimizning nomi, sha’nu-shavkati va boy merosi qayta tiklanib, bu buyuk
zotlar haqidagi asl haqiqat xolis va haqqoniy yoritilib, olimu shoirlarimiz tomonidan
ko‘plab
kitoblar, asarlar, risolalar va maqolalar yozildi va bunday salmoqli ishlar
davom etmoqda.
Xalqimiz dunyo tarixida o‘z salohiyati, san’at, madaniyati va beqiyos
vatanparvarligi bilan munosib o‘ringa ega. Tarixda hech bir xalq yoki millat o‘z
ozodligi va mustaqilligini osonlik bilan qo‘lga kiritmagan. Buni jahon tarixi,
jumladan, yurtimiz tarixi ham isbotlaydi.
Bizning ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz
qadim tariximiz davomida necha bor yovuz bosqinchilar hujumiga duch kelib,
Vatanimiz ozodligi uchun kurash olib borganlar. Masalan, To‘maris, Shiroq,
Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro,
Temur Malik, Mahmud
Torobiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zaxiriddin Muhammad Bobur singari mard
va bahodir sarkardalarimiz boshchiligida yovlarga qarshi qilingan jangu jadallar, 130
yildan ortiqroq davom etgan istibdod davridagi ozodlik kurashlari, jadid
bobolarimizning xalqimizni jaholat va mustamlakachilik domidan xalos etish
yo‘lidagi ma’rifiy harakatlari bu fikrning tasdig‘idir.
Vatan
himoyasi barcha fuqaro, eng avvalo o‘zini shu yurt farzandi deb bilgan
har bir yigit uchun yuksak iftixor hisoblanadi. Ajdodlarimiz azal-azaldan yurtiga,
xalqiga bo‘lgan muhabbatini, sadoqatini amalda isbotlab kelishgan. Bunga
ajdodlarimizdan
Shiroq va Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir
Temur va istiqlolchilik harakatlari yetakchisi Madaminbek Ahmadbek o‘g‘li kabi
mard, vatanparvar ajdodlarimizning faoliyati tarixiy misol bo‘la oladi.
143
Bugungi kunda milliy armiyamiz saflarida harbiy xizmat o‘tayotgan harbiy
xizmatchilarimizning faoliyati bugungi yoshlar nigohida vatan sha’ni uchun o‘z
fidoyiligini ayamasdan faoliyat yuritayotgan insonlar timsoliga aylanmog‘i zarur.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlarimiz tashkil
etilganligining 25 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilarga yo‘lagan
bayram
tabrigidagi ustuvor vazifalar qatorida yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
bo‘yicha uzluksiz olib boriladigan ishlar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab
o‘tdi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “…vatanparvarlik har bir davlat hayotining
ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng
muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham
fuqorolarimizda bizga mutloqo yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi mustahkam
immunitetni shakllantirish va Vatanimiz taqdiri uchun ma’suliyat tuyg‘usini
mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘rishimiz shart” [1].
Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan aniq chora
tadbirlar sirasiga yosh
avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda harbiy xizmatchilarning muhim o‘rni
borligi va barkamol, vatanni sevadigan avlodni yetishtirishda harbiy xizmatchilarga
qo‘yiladigan talablar o‘ta dolzarb ekanligini anglashimiz mumkin.
Bu borada Prezidentimiz “Ana shu murakkab ishda armiya saflarida mardlik va
matonat, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish maktabini o‘tagan navqiron
o‘g‘lonlarimiz ishonchli tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qiladi” [1] deb ta’kidladi.
Buyuk sarkardalarimizning nomlari har doim hurmat bilan tilga olinib,
jahon
tamadduni taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi kunda ham butun dunyo
xalqlari tomonidan e’zoz ila e’tirof etiladi.
Bugungi kunda milliy armiyamiz saflarida harbiy xizmat o‘tayotgan harbiy
xizmatchilarimizning faoliyati bugungi yoshlar nigohida Vatan sha’ni uchun o‘z
fidoyiligini ayamasdan faoliyat yuritayotgan insonlar timsoliga aylanmog‘i zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: