O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Adabiyotlar 
1.
Mirziyoyev Sh. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga 
Murojatnomasi // Vatanparvar. – Toshkent, 2019. – № 1 (2804) – B. 6. 
2.
Ochilov A. Yoshlar, vatanparvarlik va axloqiy-ruhiy tarbiya G’G’ 
Vatanparvar. – Toshkent, 2018. – № 6 (2757) – B. 4. 
3.
Yoshlarni 
vatanparvarlik 
ruhida 
va 
jismoniy 
tarbiyalash 
hamda 
chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutahassisliklar bo’yicha tayyorlash tartibini 
takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qarori. 2018 yil 12 dekabr // Xalq so’zi. – Toshkent, 
2018. – №257-258 (7215-7216) – B.1–3. 
 
KURSANTLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA 
TARBIYALASHDA MILLIY G’OYA TARG`IBOTINING O’RNI
45
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “... Oddiy qilib aytganda, 
farzandlarimizga bolalik paytidan “yaxshi” va “yomon”, “mumkin” va “mumkin 
45
Rasulova M.E., Salimov Sh.M. - 
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti
 


154 
emas” degan tushunchalar o’rtasidagi farqni o’rgatishimiz, o’zimiz esa ularga doim 
shaxsiy namuna bo’lishimiz kerak.” [2] ta’kidlaganlar. 
Milliy g’oya targ’ibotida vatanparvarlik tuyg’ularini singdirishda kursantlarga 
ham, ziyolilarga ham, dehqonlarga ham bir xil munosabatda bo’lish, bir xil 
usullardan foydalanish kutilgan samarani bermaydi. Chunki turli ijtimoiy guruh 
vakillarining dunyoqarashi, manfaatlari va qadriyatlari bir-biridan farq qiladi. 
Mafkura targ’ibotida aynan mana shu qadriyatlarga, manfaatlarga mos g’oyalarni 
ilgari surish ko’proq samara berishi mumkin. 
Targ’ibotchi-tashviqotchilarning o’zlari ham el-yurt orasida obro’-e’tibor 
qozongan, yuksak saviyali, ko’pni ko’rgan, jonkuyar, otashin, eng muhimi, 
odamlarning yuragiga haqqoniy so’zi, yorqin fikri bilan yo’l topadigan halol insonlar 
bo’lmoqlari darkor. Demak, targ’ibotchi uch ming yillik tarixga ega bobokalon kitob 
– “Avesto”dagi “ezgu niyat, ezgu so’z, ezgu amal” tamoyiliga mos shaxs bo’lmog’i 
lozim. 
Targ’ibot-tashviqot ham ta’lim – tarbiyaning bir ko’rinishidir. Tarbiya faqatgina 
ixtiyoriylikka asoslanmaydi. Shu o’rinda O’zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi 
64-moddasida “Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va 
tarbiyalashga majburdirlar” [1] deyilgan. Demak, bu o’rinda tarbiya ota-ona 
zimmasiga majburiyat sifatida yuklangan. Har qanday tarbiyada, hatto yuksak 
rivojlangan demokratik tarbiya tizimida ham ozmi-ko’pmi bajarilishi shart bo’lgan 
belgilar mavjud. Masalan, bola go’dakligidan yuz-qo’lini yuvishga o’rgatilmasa, 
kerak bo’lsa, majbur qilinmasa, yuvuqsiz holda dasturxon atrofiga o’tirish unga odat 
bo’lib qoladi. Xalqimizga azaldan xos bo’lgan sharmu hayo, andisha, ota-onaga 
hurmat, kattalarga izzat-ehtirom, kichiklarga shafqat kabi olijanob fazilatlar ham o’z-
o’zidan shakllanib qolmaydi. Ma’lum bir o’rinlarda bu usuldan targ’ibot-tashviqot 
ishlarida ham foydalanish o’zini oqlaydi. 
Bundan tashqari, mafkura ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy, axloqiy va o’zga 
g’oyalar majmuidan iborat ekanligini yodda tutgan holda, har bir suhbat, uchrashuv, 
eshittirish, ko’rsatuv mazmun-mohiyati bilan odamlar qalbiga yetib borishi uchun 
turli ixtisos va yo’nalishlardagi mutaxassislardan foydalanmoq lozim. Milliy g’oyani 


155 
yoshlar ongi va qalbiga singdirishda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar ham 
alohida ahamiyatga ega. Ular el sevgan adiblar, san’at ustalari, huquq organlarining 
vakillari, Vatan qahramonlari, harbiylar, soliq, mehnat bo’limlarining xodimlari, 
siyosiy partiyalarning vakillari, olimlar, siyosatchilar va sportchilar bo’lishi mumkin. 
Bunday jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar ularning hayot tajribalari xususida 
jonli muloqot yuritishga imkon beradi. Ular bilan muloqot orqali yoshlar o’zlarini 
qiynayotgan, qiziqtiradigan savollarga bevosita javob oladilar. Ularning hayoti va 
faoliyati yurt tinchligi, Vatan ravnaqi g’oyalariga yaqqol misol bo’lib, yoshlarni ana 
shu yo’sinda yashash va harakat qilishga undaydi. 
Mafkura targ’ibotining bizda keng rasm bo’lgan shakli voizlar faoliyati bilan 
bog’liq. Hozirgi davrda ham qadimdagidek voiz-notiqlik san’atini egallash
to’planganlarga maqbul qilib gapirish bugungi dunyoda mavjud 35 mingdan ziyod 
kasb-hunar ichida eng murakkablaridan biri hisoblanadi. Qo’l-oyog’i butun xohlagan 
kishini ketmon chopishga, mashina haydashga o’rgatish mumkin. Targ’ibot esa 
jarrohlik singari noziklikni talab etadi. Notiqning san’ati maqsadga qanday etishish 
yo’llarini ko’rsatib, lo’nda va tushunarli qilib so’zlab, auditoriyani o’ziga ishontirib, 
kishilarni shu maqsad yo’lida faol harakatga targ’ib etishdan iborat. 
Frantsuz olimi P’er Buast fikricha, quruq nazariy nutqlar porlab turadigan, 
ammo harorat bermaydigan billur qandillarga o’xshaydi. Nutqlarida teranlik 
etishmagan ba’zi notiqlar bu nuqsonni ko’pincha ezmalik bilan to’ldiradilar. Bu esa, 
o’z navbatida, voizni maqsaddan uzoqlashtirib yuboradi. Oz so’z bilan ko’p ma’no 
anglata olgan voizning nutqi juda yoqimlidir, chunki aynan shunday nutq kursantlar 
ongi va qalbiga yetib bora oladi. 
Odatda odam o’zining shaxsiy qarashlari, manfaatlariga mos keladigan 
narsalargagina ishonadi. Ya’ni ommaga chiroyli ilmiy iboralardan ko’ra, tabiiy 
odatiy, kundalik hayotda ishlatiladigan so’zlar tizimi tezroq va kuchliroq ta’sir 
ko’rsatadi. Tajriba o’tkir notiq va siyosatchilarning o’z nutqlarida hech qachon 
g’ayritabiiy, anglash mushkulroq ilmiy iboralardan foydalanmasliklarini ko’rsatadi. 
Kursantga ta’sir etuvchi va uning ishonchini uyg’otuvchi nutq shunday bo’lishi 
lozimki, uni tinglaganlar har bir ifoda etilgan so’z ustida kamroq o’ylanishi, aksincha, 


156 
tanish, o’ziga yoqimli narsalar xususida gap borayotganini qalban his etib turishlari 
kerak. Demak, voiz-notiq nutqida ishlatiladigan ramzlar, so’zlar, iboralar, ishoralar, 
narsa va hodisalar kursant talab – ehtiyoji, orzu-umidlari va manfaatlariga bevosita 
aloqador bo’lgandagina ta’sirchan hamda ishonchli bo’ladi. 
Targ’ibotning bu shakli samaradorligini oshirish alohida z’tiborni talab qiladi. 
Chunki, birinchidan, voizlar nutq so’zlaydigan auditoriyalarga odamlarni to’plash 
ba’zida majburiy tus oladi. Auditoriyaga ixtiyoridan tashqari boshlab kelingan 
insonda hali voizni eshitmay turiboq ichki qarshilik paydo bo’ladi. Demak, bu holda 
hali targ’ibot boshlanmasdanoq uning teskari samara berish ehtimoli kuchayadi. 
Ikkinchidan, bunday norozi auditoriyani o’z tomoniga og’dirish, unga ta’sir 
ko’rsatish, uni ilhomlantirish voizdan juda katta mahorat talab etadi.
Kursantlarning qalbiga yo’l topa bilish va ularga kuchliroq ta’sir ko’rsatish 
uchun, bizningcha, quyidagilarni hisobga olmoq darkor: 
–mazkur jamoa, mazkur ijtimoiy guruhning mamlakatimiz oldida bugun va 
istiqbolda turgan vazifalarni hal etishdagi roli; 
–kursantlarning hayot tajribasi; 
–ularning bilim darajasi (umumiy, maxsus hamda siyosiy-huquqiy), shuningdek, 
hozirgi zamon hayotining barcha sohalarida yuz berayotgan voqea-hodisalardan 
qanchalik xabardorligi; 
–kursantlarning kayfiyati, ularning dolzarb masalalarga yondashuvi, sodir 
bo’layotgan voqealarga munosabatlari, istiqbol to’g’risidagi tasavvurlari; 
–kursantlarning turmushda tutgan yo’li hamda hayot mavqei, nuqtai nazarining 
faollik darajasi. 
Nutq so’zlash, ma’ruza o’qish jarayonida quyidagi ma’lumotlarni izchillik bilan 
hisobga olish ham foydadan xoli emas: 

mavzuni asoslash hamda bir maqsadni ko’zlab targ’ib – tashviq va da’vat 
qilish; 

asosiy muammoni o’rtaga qo’yish, uni muhokama qilish va ko’rib chiqish; 

muammoni kursantlar e’tiboriga havola qilish uchun uslub va usullarni tanlab 
olish; 


157 
– misollar va ko’rgazmali qurollar tanlash; 
– amaliy maslahat, tavsiyalar berish, muammoni hal etishga targ’ib-tashviq 
qilish; 
– nutqning bir butun auditoriyaga hamda shu bilan birga har bir kursantga 
alohida qaratilganligi mushtarakligini ta’minlash va hokazolar. 
Auditoriya haqida har tomonlama ma’lumotlarni bilish hamda targ’ibot – 
tashviqot jarayonida ularni hisobga olib borish kursantlarga ta’lim va tarbiyaviy ta’sir 
etish, ularning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy faolligiga ta’sir 
ko’rsatish imkonini beradi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish