88-rasm.
Bodring ko‘chatlarni stelajlardagi kassetalarda
yetishtirish (chapda) oziqli kubiklarda (o‘ngda)
Bu aylanishlarni boshlarida tashqi muhit harorati yuqori bo„ladi
va bu davrda isitishga zaruriyat bo„lmaydi. SHuning uchun bu ayla-
nishda ko„pincha bodring urug„i to„g„ridan-to„g„ri
issiqxona tup-
rog„iga ekib yetishtiriladi. Bodring ko„chati bu aylanishlar uchun ay-
rim xollardagina yetishtiriladi.
Issiqxonalarda kuzgi-qishki va o„tuvchan aylanish mavsumlari
uchun pomidor va bodring ko„chatini
yetishtirishda, qishki-bahorgi
aylanish uchun ko„chatlarni o„stirishdagi kabi ko„p umumagrotexnik
xarakterdagi ishlar bajariladi. Bular jumlasiga: pro-filaktik va karan-
tin chora-tadbirlari, urug„ni ekish oldidan tayyorlash, tuproq aralash-
masini, oziqali kubik
va tuvakchalarni tayyorlash, tuvakchalar o„l-
chami, urug„ni ekish me‟yorini belgilash va boshqa tadbirlar kiradi.
Ammo, yozning issiq kunlarida haroratni sozlab bo„lmaydi.
Quyosh radiatsiyasi kuchli bo„lganligi uchun ko„chatlarni tarqatib
joylashtirishga zaruriyat qolmaydi. Haroratni yuqori va yorug„likni
yetarli bo„lishi ko„chatlar rivojlanishiga sezilar-li darajada ta‟sir etib,
pomidor ko„chatlarni etilish muddati 30-40 kun, bodringniki – 15-28
kungacha davom etishini saqlab qoladi.
Issiqxonada yuqori harorat ta‟sirida tuproqdan suvni parlanishi,
o„simlikning transpiratsiyasi kuchayadi. Bu tez-tez va katta me‟yor-
da sug„orishlarni qo„llashni taqozo etadi. Tuproq tarkibida namlikni
ko„p bo„lishi ko„chatlarni qorason kasalligi
bilan zararlanishini ku-
chaytiradi. Shu sababli pomidor ko„chatini kuzgi-qishki va o„tuv-
chan aylanishlar uchun yetishtirish oldidan tuproq, inventar, idishlar
sinchkovlik bilan zararsizlantirilishi,
shuningdek, o„simliklarni shu
kasallik bilan zararlanishi muntazam ravishda kuzatib turilishi zarur.
Kasallik belgilari paydo bo„lsa kaliy permanganatni 130 g mi 10 l
suvga aralashtirilib ko„chatlar sug„orilishi kerak.
Issiqxonalarda kuzgi-qishki va o„tuvchan aylanish davrlari
uchun pomidor ko„chati tayyorlashning muhim xususiyatlaridan biri,
ko„chatlarni virus tashuvchi hasharotlardan himoya qilishdir. Iyul-
avgust oylarida tomatdosh ekinlarni zararlaydigan
virus tash-uvchi
shira va saraton chirildog„ining (sikadka) uchishlari jadallashishi ku-
zatiladi. Shu munosabat bilan pomidor ko„chati tuvakchalar joylash-
tiriladigan egatlar ustiga katta hajmli tonnel qurilib, qalin to„r yoki
doka bilan qoplanadi.
Shu sababli ko„chat yetishtiriladigan issiqxona yoki ko„chat
yetishtiriladigan bo„limi yaqinida ochiq
maydonda kartoshka yoki
tomatdosh sabzavotlarni yetishtirish maqsadga nomuvofiqdir.