SO„Z BOSHI
O„zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish-
ning beshta ustvor yo„nalishlari bo„yicha Harakatlar strategiyasining
3-yo„nalish 3-punktida qishloq xo„jaligini modernizatsiya qilish va
jadal rivojlantirish ya‟ni mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada
mustahkamlash, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengay-
tirish, eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; paxta va bo-
shoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirib, kartoshka, sabzavot,
oziq-ovqat moyli ekinlarni joylashtirish; qishloq xo„jalik ekinlari-
ning yangi seleksiya navlarini yaratish kabi bir qancha vazifalar
belgilandi.
O„zbekiston dehqonchiligida sabzavot ekinlarini qariyib 60
foizi ko„chatidan ekib o„stiriladi. Serquyosh o„lkamizda sabzavotlar-
dan yiliga 2-3 marta hosil olishda ko„chatidan yetishtirish va hi-
moyalangan yer inshootlaridan unumli foydalanish qulaylik yaratadi.
Bularni barchasi dunyoda yuz berayotgan oziq-ovqat xavfsizligini
oldini olishda hamda Respublikamiz aholisini mavsumdan tashqari
paytda sabzavot mahsulotlariga bo„lgan talabini qondirmoqda.
Prezidentimizning 2018 yil 8 maydagi “Toshkent davlat agrar
universitetida oliy ma‟lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-3704 sonli qaro-
ri, O„zbekiston Respublikasi oliy va o„rta ta‟lim vazirining 2018 yil
14 maydagi №426-sonli buyrug„iga binoan Toshkent davlat agrar
universitetida “Issiqxona xo„jaligini tashkil etish va yuritish” ta‟lim
yo„nalishi ochildi. Bundan tashqari “O„zbekiston respublikasida
bog„dorchilik va issiqxona xo„jaligini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to„g„risida”gi 2019 yil 20 martdagi PQ-4246-sonli qarori
va “Toshken davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillash-
tirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 2019 yil 19 avgustdagi PQ-
4421-sonli qarorlari qabul qilindi.
Ushbu qarorlarda Respublikamizda mavsumdan tashqari mud-
datlarda sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish,
sohada yuqori darajali raqobadbardosh kadrlar tayyorlash, aholini ar-
zon sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlash, ishlab chiqarish-
ni ko„paytirish maqsadida respublikada tashkil etiladigan isiqxonalar
va ularni infratuzilma tashkilotlarining malakali mutaxassislarga
bo„lgan extiyojlarini qondirish ya‟ni issiqxona xo„jaligini tashkil
etish va yuritish ta‟lim yo„nalishi bo„yicha bakalavr va magistr
mutaxassislarini tayyorlash ko„zda tutilgan.
O„zbekistonning qishloq xo„jalik oliy o„quv yurtlari va kollejla-
rida “Issiqxona xo„jaligini tashkil etish va yuritish” ta‟lim yo„nalish
bo„yicha kadrlar tayyorlashda Malaka talablar hamda namunaviy
o„quv rejada “Issiqxona servis xizmati”, “Issiqxona urug„chiligi va
ko„chatchiligi” va “Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi” muta-
xassisligi bo„yicha “Issiqxonalarda ko„chat yetishtirishning zamona-
viy usuli” kabi fanlarni o„rganish rejalashtirilgan. Chunki issiqxona-
larda ko„proq ochiq maydon uchun sabzavot ekinlari ko„chatlari tay-
yorlanadi. Asosiy sabzavot ekinlarining 70-80 foizi ko„chatidan eki-
ladi. Shuning uchun bu soha uchun malakali mutaxasssilarni o„qitish
masalasi dolzarb xisoblanadi.
“Issiqxonalarda sabzavot ko„chatchiligi” darsligi “Issiqxona
xo„jaligini tashkil etish va yuritish” bakalavr ta‟lim yo„nalishi hamda
“Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi” mutaxassisligi bo„yicha
ta‟lim oluvchilarga issiqxona inshootlaridan foydalanish, ochiq va
himoyalangan yerlar uchun sabzavot ko„chatlarini yetishtirish,
ko„chat o„stirishda mikroiqlim sharoitini sozlash, ko„chatlarini
payvandlash, sug„orish, oziqlantirish va parvarishlashda resurs te-
jamkor innovatsion texnologiyalarni qo„llash bo„yicha bilim berish
maqsadida yaratildi.
Darslikda fanning har bir bo„limini nazariy jihatidan tutgan
o„rni hamda ma‟lumot hamda tajribaviy amaliy mashg„ulotlar va
o„zlashtirish darajasini aniqlash bo„yicha nazorat savollari keltiril-
gan. Darslik nafaqat ko„rsatilgan yo„nalish talaba o„quvchilar uchun,
balki dehqon-fermer va tomorqa xo„jaligi egalari uchun ham foyda-
lidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |