joylashtirilishiga ko„ra (yer ustki va erni kavlab), konstruksiyasiga
(ko„chma va statsionar), nur o„tkazadigan qoplamasining turiga
(oynayand, plyonkali), qoplamasini qoplanish usuliga (sidirg„i-yop-
pasiga, romli), isitish usullariga (quyosh
nuri yordamida, biologik,
texnik), foydalanish muddatiga ko„ra (erta muddatda yoki issiq, o„rta
muddatda yoki yarim issiq, kech muddatda yoki sovuq) biri ikkin-
chisidan farqlanadi. Parniklarni ko„p sondagi turli xillaridan
O„zbekistonda, ilgari, faqat bir turi –
bir nishabli, erni kavlab joy-
lashtiriladigan, biologik usulda isitiladigan, oynavand romli rus
parnigi deb nomlangan turi keng tarqalgan edi (8-rasm).
8-rasm.
Biologik usulda isitiladigan yerga xandaq kavlab
o‘rnatilgan rus parnigining ko‘ndalang kesimi
:
a – yog„och suyamali parnik; b – temir betondan yig„ilgan
parnik; 1 – romi; 2 – shimoliy kesakisi; 3 – janubiy kesakisi;
4 – tuprog„i; 5 – bioyonilg„i; 6 – qo„shni parnik kesakilarini
birlashtiruvchi moslama (lejen); 7 – rom tirgagi; 8 – parnik
romlariga tirab turadigan temir moslama (skoba) (o„lcham mm da)
Rus parnigining asosiy qismlari – oynavand rom, ko„rinishidagi
tiniq shaffof qoplama, kesakilar, o„ra
va isitadigan qurilmalar
hisoblanadi.
Parniklarning standart romi o„lchami 160×106 sm, bir romning
foydali maydoni 1,5 m
2
. Rom bo„yiga ikki va eniga ikki suyama
(ko„ndalang kesimi 55×47 mm), oyna mahkamlanadigan suyama
(shpros) (ko„ndalang kesimi 47×38 mm) va oynadan iborat bo„ladi.
Romlar parnik quti kesakisi bo„ylab uzunasi ko„ndalang
joylashtiriladi. Parniklar romlarini bir tomonini tirgovich bilan
ko„tarib qo„yib shamollatiladi. Kesaki to„g„ri to„rtburchak shaklida
bo„lib taxtadan, yoki yig„ma temir-betondan yasaladi.
Parnik romlari biroz (5-8°) qiyaroq (nishabli) bo„lishi
uchun
uni qutisini shimoliy kesakisi balandroq o„rnatiladi. Romlarni surilib
ketmasligi uchun kesakining janubiy tomonida chuqurligi 3 sm
bo„lgan o„yig„i bo„lib, rom unga tiralib turadi. Parnik kengligi rom
uzunligiga teng, uzunligi esa 20 romning eniga teng (21,2 m).
Parnik chuquri yerda kavlagan o„radek ko„rinadi. U isitish
moslamalarini joylashtirish uchun xizmat qiladi. O„raning yuqori
qismi bo„yi va enini uzunligi ichki kesakining o„lchamiga nisbatan
10-15 sm ortiq. O„ra devorlari erning zichligiga ko„ra tik yoki
qiyaroq bo„lishi mumkin. Erta muddatda
foydalanadigan parniklar
o„rasini chuqurligi – 60-70, o„rta muddatdagisiniki – 45-55 va
kechki muddatdagisiniki – 25-30 sm bo„ladi.
Erta yetiladigan issiq parniklar, qishda foydalaniladigan
bioyonilg„isi qalinligi – 50-60 sm, bahorda foydalanadigan yarim
issiqxonalarniki esa – 30-40 sm bo„ladi.
Oynavand parniklar qo„pol va qimmat. Shuning uchun so„nggi
yillarda romi plyonka bilan qoplangan engil va arzon parniklardan
foydalanilmoqda.
Plyonkali
parniklarning
yon
tomonlarida
oynavand parniklar kabi to„siqlari bo„ladi.
Ular bir va ikki nishabli
bo„ladilar. Bularni har ikkisi ko„chma va statsionar bo„lishi mumkin.
Bir nishabli plyonkali parnik
o„lchaml 1,5×3 m bo„lib, uning
uchun 0,5-0,6 m chuqurlikda o„ra tayyorlanadi. O„raning
burchaklariga va bo„yini uzun tomonlari o„rtasiga ustunlar o„rnatilib,
ularga kesaki (bort) qoqiladi (9-rasm).
Parnik romlari yog„och reykalardan yasalib maxsus xalqalar
yordamida shimoliy baland kesakiga (bortga) qotiriladi. Issiqni
yaxshi
saqlanishi uchun, romning ikki tomoni ham plyonka bilan
qoplanadi. Qoplangan plyonkalar oralig„idagi bo„shliq 3-4 sm
bo„lishi kerak. Parnik romlari ochilgan vaqtda yog„och tirgovuch
tirab qo„yiladi.
9-rasm.
Bir nishabli plyonkali parnik
.
Ikki nishabli plyonkali parnik
1,6×6 m o„lchamda yasaladi (10-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: