ko„chatlarni yetishtirish muddati barcha sepish muddatlarida oq
boshli karamniki bilan bir xil.
Pomidor
.
Erta yetiladigan navlar O„zbekistonning markaziy
mintaqalarida aprel boshlarida, o„rtagilari – aprel oxirida ekiladi.
Erta yetiladigan pomidor ko„chatlari
erta yetiladigan karam
maysalaridan bo„shagan, isitiladigan issiqxona yoki issiq parniklarda
yetishtiriladi. Erta yetiladigan karam ko„chatlaridan bo„shagan
isitilmaydigan issiqxona va yarim issiq parniklarga ko„chatlar
pikirovka qilinadi.
Respublikamizning markaziy mintaqalarida urug„lar isitiladigan
issiqxonalarda fevralni o„rtalarida, ekishdan 50-55 kun oldin, parnik-
larga esa oy boshida (ekishdan 50-65 kun oldin) sepiladi. Pomidor ko„-
chatlarini yetishtirish uchun karam ko„chati
bilan bir xil tuproq ara-
lashmasidan foydalaniladi. 1 m
3
tuproq aralashmasiga 40 g ammiakli
selitra, 100 g superfosfat va 65 g kaliy sulfat qo„shiladi.
Pomidorni 1 ga ochiq yerga ko„chatini tayyorlash uchun 300-
400 g urug„ ekiladi. Ko„chat pikirovka qilib o„stirilganda urug„ ya-
shiklarga yoki issiqxona va parnik eriga ekiladi. Ekish me‟yori 8-10
g/m
2
. Urug„ sochma yoki qatorlab 1 sm chuqurlikka ekiladi. Urug„-
lar ekishdan oldin saralanadi va himoyalangan yerlar uchun ko„chat-
larni yetishtirish bo„limida izohlangan ekish oldi tayyorgarlik usul-
larida o„tkaziladi. Urug„ ekilgach, nihollarning
tez unishi uchun u
iliq suv bilan engil sug„oriladi. O„sishdan orqada qolgan maysalar
ammiakli selitra (10 l suvga 5-10 g) bilan qo„shimcha oziqlantiriladi.
Nisbiy namlikning ortiqcha oshishga yo„l qo„ymaslik uchun parnik
va issiqxonalar shamollatiladi, havo
bulutli kunlarda ham rom va
darchalar ochiladi. Havoning o„rtacha namligi 50-60% ni tashkil
qilishi kerak.
Pomidor nihollar paydo bo„lgandan keyin 15-18 kun o„tgach,
maysalar pikirovka qilinadi. Pikirovkani kechiktirmaslik kerak, chunki
bu ko„chatlarning dalada tutishi va hosildorligini pasaytiradi.
Pikirovka 6
6, 7
7 sm oziqlanish maydoniga qilinadi. Pikirovkadan
10 kun o„tgach va ekishga 10 kun qolganda qo„shimcha oziqlantiriladi.
O„g„itlar me‟yori birinchi oziqlantirishda (g/l): ammiakli selitra – 0,5;
superfosfat – 4,0; xlorli kaliy – 12; ikkinchisida – 1, 8, 4. Bir m
2
erga
6-7 l eritma sarflanadi. Keyingi parvarishlash sug„orish, yumshatish,
o„toq qilish, shamollatish va qo„shimcha oziqlantirish o„tkazishdan
iborat bo„ladi. Ekishga 10-15 kun qolganda chiniqtirish boshlanadi.
Pomidor o„simligi ko„chatlarini cho„zilib o„sib
ketishining
oldini olish uchun 3-4 chinbarg chiqargan bosqichidan boshlab
ingibtor eritmasi bilan 8-10 kun oraliqda 2-3 marta purkaladi. Eritma
konsentratsiyasi preparat bo„yicha 0,05-0,10%. Har bir o„simlikka 5
ml beriladi. Saralab olishdan oldin ko„chat 0,5-1% bordo suyuqligi
bilan purkaladi, bu uning barg va mevalarning dalada o„sish vaqtida
kasalliklarga chidamligini oshiradi. Erta hosil olish uchun
ko„chatning bo„yi 20-25 sm, poyasi yo„gon, 7-9 barg va 1-2 to„pgul-
ga ega bo„lishi kerak (83-rasm).
83-rasm
. Ekishga tayyor, pomidor ko‘chati
Ommaviy muddatlarda ekish uchun pomidor ko„chatini yeta-
kazib berish uchun uni vaqticha plyonkali pana joylarda yetishtirish
mumkin. Maysalar martning ikkinchi o„n
kunligida, quyosh radiat-
siyasi yetarlicha, tonnellardagi sutkalik o„rtacha harorat parniklar-
dagidan 0,5°S, ochiq yerdagidan 1,6°S yuqori bo„lgan
vaqtda piki-
rovka qilinadi. Bu yerdagi yoritilish parnikdagidan ham yaxshi.
Ommaviy muddatlarga etiladigan pomidor ko„chatlari pikirov-
ka qilinmay o„stiriladi. Buning uchun har m
2
ga urug„ ekiladi. Ekish
mashinalari bilan ekilganda 5 mm teshigi bo„lgan disklardan foyda-
laniladi.