193
Organga murojaat qilishi mumkin, uning qarorlari VTO ning har bir a‘zosi uchun
milliy darajada ijro qilish uchun majburiy bo‗lib hisoblanadi.
O‗rnatilgan protseduraga muvofiq bozorlarga kirishni liberallashtirish
bo‗yicha o‗tkazilgan barcha muzokaralarning natijalari va VTO ga qo‗shilish
shartlari quyidagi rasmiy hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:
-
Ishchi Guruhning bildiruvnomasi, bu erda da‘vogar mamlakat muzokaralar
yakuni bo‗yicha zimmasiga oladigan barcha huquq va majburiyatlarining
butun paketi ifodalanadi;
-
tovarlar sohasida va qishloq xo‗jaligini qo‗llab-quvvatlash darajasi bo‗yicha
yon berish majburiyatlarining ro‗yxati;
-
xizmatlar bo‗yicha spetsifik majburiyatlarning ro‗yxati va ko‗proq
qulay
rejimdan olishlar ro‗yxati;
-
qo‗shilish to‗g‗risidagi Protokol, erishilgan kelishuvlarni ikki yoki ko‗p
tomonli darajada yuridik jihatdan rasmiylashtiradi.
Yangi mamlakatlarning VTO ga qo‗shilishining asosiy shartlaridan biri
ularning milliy qonunchiligi va tashqi iqtisodiy tartibga solish amaliyotini Urugvay
raundi kelishuvlari paketining qoidalariga muvofiq holga keltirish bo‗lib
hisoblanadi.
Qo‗shilishning yakuniy bosqichida da‘vogar mamlakatning milliy
qonunchilik organi tomonidan Ishchi Guruh doirasida kelishilgan va Bosh
Kengash tomonidan tasdiqlangan butun hujjatlar paketini ratifikatsiyalash sodir
bo‗ladi. Shundan keyin ko‗rsatilgan majburiyatlar
VTO va milliy qonunchilik
hujjatlarining bir qismiga aylanadi, nomzod mamlakat esa VTO a‘zosi maqomini
oladi.
Rossiyga keladigan bo‗lsak, VTO ga a‘zo bo‗lish ko‗p yillar davomida
asosiy vazifalardan biri bo‗lgan.
Rossiy uchun qo‗shilishning konkret maqsadlari deb quyidagilarni hisoblash
mumkin:
-
Rossiyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xorijiy bozorlarga kirishi uchun
eng yaxshi va nodiskriminatsion shart-sharoitlarni qo‗lga kiritish;
194
-
qonunchilik tizimini VTO me‘yorlariga muvofiq holga keltirish natijasida
xalqaro savdo kelishmovchiliklarini hal qilish mexanizmiga erishish, xorijiy
investitsiyalar uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish;
-
Rossiy investorlar uchun VTO ga a‘zo mamlakatlarda imkoniyatlarni,
xususan bank sferasidagi imkoniyatlarni kengaytirish;
-
Rossiy bozoriga kirib keladigan xorijiy tovarlar
va xizmatlar oqimini
ko‗paytirish natijasida Rossiyda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
sifati va raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
-
o‗zining milliy manfaatlarini hisobga olish bilan xalqaro savdo qoidalarini
ishlab chiqishda ishtirok etish;
-
Rossiyning dunyodagi mavqe‘ini xalqaro savdoning teng huquqli a‘zosi
sifatida yaxshilash.
VTO ning oldingi avlodi – tariflar va savdo bo‗yicha Bosh Kelishuv
(GATT) bilan aloqalarni o‗rnatishga bo‗lgan dastlabki urinishlar sobiq ittifoq
davrida – 1986 yilda bo‗lgan. Sobiq ittifoq parchalanib ketgunga qadar bor-yo‗g‗i
GATT ga qo‗shilishga ariza berishga ulgurgan, biroq qo‗shilish
protsedurasini
boshlamagan. 1993 yilda Rossiy Federatsiyasi Sobiq Ittifoq ning GATT ga
qo‗shilish to‗g‗risidagi arizasini tasdiqlagan va 1994 yilda qo‗shilish protsedurasini
amalga oshirishni rasmiy ravishda boshlagan. Biroq 1994 yilda GATT a‘zolari
tomonidan 1995 yil 1 yanvardan boshlab Kelishuvni VTO ga aylantirish to‗g‗risida
qaror qabul qilingan. Tashkilotni tarqatish paytida yangi arizalarni ko‗rib chiqish
to‗xtatilgan. Jarayon 1997 yilga kelib yangilangan, biroq real ishlar juda kam
amalga oshirilgan, chunki 1998 yil avgust oyida Rossiyda defolt sodir bo‗lgan va
shundan keyin VTO Rossiyning arizasini ko‗rib chiqishni qarz bilan bog‗liq
bo‗lgan vaziyat hal bo‗lguncha kechiktirishini ma‘lum qilgan. Faqat 2000 yilga
kelibgina O‗zbekistonning arizasini ko‗rib chiqish
protsedurasi yangilangan va
VTO ga a‘zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar boshlangan. Ular
ayniqsa AQSH, Evropa Ittifoqi va Xitoy bilan murakkab kechgan. 2005 yilda,
Rossiy
Kiot
Protokoliga
qo‗shilgandan keyin Evropa Ittifoqi bilan
kelishmovchiliklarni bartaraf qilishga muvaffaq bo‗lingan. Shuningdek 2005 yilda
195
Xitoy ham Rossiyning VTO ga a‘zo bo‗lishiga to‗sqinlik qilishni to‗xtatgan.
AQSH bilan muzokaralar eng uzoq – olti yil davom etgan. Asosiy
kelishmovchiliklar moliya bozorlari, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari yetkazib berish
va intellektual mulk huquqini himoya qilishga tegishli bo‗lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: