139
a — 1520 mm kenglikdagi izda yuradigan 13-9009 modeldagi to‗rt o‗qli
platforma (kontreylerni joylashtirish); b —shuning o‗zi, avtopoezdni joylashtirish;
v — 1520 mm kenglikdagi izda yuradigan M13-9004 va 13-4095 modeldagi to‗rt
o‗qli platformalar (avtopoezdlarni joylashtirish); g — Talbot kompaniyasining
1435 mm izda yuradigan sakkiz o‗qli platformasi (avtopoezdni joylashtirish).
Ko‗taruvchanlik va yukni juda yuqoriga ko‗tarish imkoniyatiga ega bo‗lgan
avtoyuklagichlar, shuningdek ko‗prikli kranlar va
konteynerlarni almashtirib
yuklagichlar qo‗llaniladi.
Hozirgi kunda va o‗rta muddatli istiqbolda yuklarni
xalqaro intermodal tashishlarda harakatlanuvchi tarkiibga ishonchlilik bo‗yicha
ham, turli yuklarni tashishga moslashganlik va yuklash-tushirish operatsiyalarini
avtomatlashtirish bo‗yicha ham oshirilgan talablarni qo‗yish bilan temir yo‗l
transportinining roli ortadi. Temir yo‗l harakatlanuvchi tarkibi bo‗yicha texnik
ma‘lumotlarni tahlil qilish shuni ko‗rsatadiki, kontreylerlar va avtopoezdlarni
tashish uchun yuklash maydonchasining pasaytirilgan sathiga ega bo‗lgan
platformalar qo‗llaniladi (5.12-rasm).
5.12-rasm. Yiriklashtirilgan yuk birligini uch darajali tashishda transport
birligining sxemasi.
1 — platforma; 2 —
buriladigan yon devor; 3 — ―chavandoz‖ platforma; 4 —
avtopoezd; 5 — qayishqoq to‗siq.
Bunday tizimning birinchi darajasi pasaytirilgan yuklash maydonchasiga
ega bo‗lgan maxsus platforma bo‗lib hisoblanadi, 1 1520 mm kenglikdagi izda
yurish uchun mo‗ljallangan.
140
Biroq bu vagon-platformalar gabarit o‗lchamlar,
izning kengligi, o‗qqa
tushadigan yuklama, shuningdek yurish qismi, tishlashish va tormoz tizimidagi
katta farqlar tufayli turli mamlakatlarning temir yo‗llari bo‗ylab harakatlanishga
mo‗ljallanmagan, bu temir yo‗llar orqali qayta yuklamasdan tashishlarni tashkil
qilishni anchagina qiyinlashtiradi. Shu bilan
birgalikda qayta yuklash
operatsiyalarining sonini minimallashtirish tannarxni keskin pasaytirish, yetkazib
berish vaqtini qisqartirish, tashiladigan yuklarning saqlanishini oshirish imkonini
beradi.
Shu munosabat bilan O‗zbekistonda yiriklashtirilgan
yuk birliklarini
(treylerlar yoki yarim tirkamalar) tashishning yangi uch qavatli varianti taklif
qilingan (5.12-rasmga qaralsin).
Ikkinchi darajada 1435 mm kenglikdagi izda yurish uchun mo‗ljallangan
minimallashtirilgan g‗ildirakli boshqa maxsus platforma joylashadi.
Ushbu tizimning uchinchi darajasiga yiriklashtirilgan yuk birligini
tashiydigan avtopoezd joylashtiriladi.
Bunday transport tizimidan foydalanishning g‗oyasi turli mamlakatlarning
temir yo‗llarining gabarit o‗lchamlaridan maksimal foydalanish bilan vagonlarni
qayta jihozlamasdan va yuklarni qayta yuklamasdan tashishlarni
tashkil qilishdan
iborat.
Ushbu tizimdan foydalanishning quyidagi sxemasi ko‗zda tutiladi.
Yiriklashtirilgan
yuk
birligi
yuklangan
avtopoezd,
aytaylik,
Evropa
mamlakatlaridan birida o‗z yurishi bilan 1435 mm kenglikdagi izda yuradigan
platformaga joylashtiriladi va odatdagi poezdlar bilan MDH mamlakatlarining
chegaralarigacha boradi. Chegara stansiyasida avtopoezd yuklangan bu platforma
1520 mm kenglikdagi izda yuradigan maxsus platformaga yuklanadi va odatdagi
poezdlar
bilan uch qavatli tizimda, aytaylik, bu erda izlarning kengligi 1435 mm
bo‗lgan Xitoy chegarasidagi chegara punktigacha tashiladi. Bu erda ikkinchi
qavatdagi platforma 1435 mm kenglikdagi izga tushiriladi va yo‗lda davom etishi
uchun odatdagi poezdlarga tirkaladi.
141
Belgilangan stansiyada avtopoezd o‗z yurishi bilan platformadan tushadi va
yiriklashtirilgan yuk birligini avtomobil yo‗li bo‗yicha iste‘molchiga yetkazib
beradi.
Tasvirlangan texnologiyani taklif qilishda ―chavandoz‖ deb nom olgan
transport birliklarini maxsus temir yo‗l platformalarida ko‗p
qavatli tashishning
gabarit
imkoniyatlari
baholangan,
shuningdek
ko‗p o‗qli telejkaning
minimallashtirilgan g‗ildirakli yangi konstruktiv sxemasini hisobga olish bilan
ekipajning statik va dinamik yuklanganligi tadqiq qilingan, shuningdek
vagonlarning konstruksiyasiga ekspluatatsiya qilishga ta‘sir ko‗rsatuvchi
aerodinamik
ta‘sirlarni
kamaytiruvchi
qo‗shimcha
elementlarni kiritish
baholangan, shuningdek ko‗rib chiqilayotgan minimallashtirilgan platformaning
mustahkamligi baholangan.
Tadqiqot natijasida yiriklashtirilgan yuk birliklarini 1-T gabaritida MDH
mamlakatlarining temir yo‗llari bo‗ylab uch qavatli tashishlarni tashkil qilish
imkoniyatlari bo‗yicha xulosalar olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: