Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik


 Xalqaro logistika tadqiqot kooperatsiyasini kuchaytirish omili sifatida



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   117
Bog'liq
Irisbekova

5.2. Xalqaro logistika tadqiqot kooperatsiyasini kuchaytirish omili sifatida 
Xalqaro logistika hamjamiyati tarmoq tuzilmalari va zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan faol tarzda foydalanadi, ular yordamida turli mamlakatlarning 
olimlari o‗rtasida tadqiqot kooperatsiyasi rivojlanadi. Logistikaga o‗qitishning 
yagona uslubiy yondashuvlarini ishlab chiquvchi ko‗proq nomdor tashkilot 
yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish bo‗yicha professionallar Kengashi 
(Council of Supply Chain Management Professionals – CSCMP) – logistika 
sohasi bo‗yicha tadqiqotchilar va professionallar forumi bo‗lib hisoblanadi. 
Tashkilot har yili logistika bo‗yicha konferensiyalar o‗tkazadi, bu erda xalqaro 
logistikani rivojlantirishga tegishli bo‗lgan ko‗plab masalalar muhokama qilinadi.
Boshqa bir tashkilot Evropaning etakchi universitetlari bazasida tashkil 
qilingan Evropa logistika asssotsiatsiyasi (European Logistics Association – ELA) 
bo‗lib hisoblanadi.
Evropa biznes-maktablari hamjamiyati (Community of European Business 
Schools – CEMS) o‗zida ishtirokchi mamlakatni taqdim qiladigan bitta etakchi 
biznes-maktabdan tashkil topgan tashkilotni taqdim qiladi. CEMS xalqaro logistika 
va yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish bo‗yicha o‗quv rejalarini ishlab 
chiqadi. Xalqaro logistika markazi va OAO «RJD» va DB AG yetkazib berishlar 
zanjirlarini boshqarish doirasida Peterburg davlat bog‗lanish yo‗llari universitetida
bir qator logistik fanlar bo‗yicha o‗quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqadi.
Shimoliy Evropada Shimoliy logistika tadqiqot tarmog‗i (The Northern 
Logistics Research Network – NOFOMA) faoliyat ko‗rsatadi, u Daniyalik, 
Norvegiyalik, Finlyandiyalik, Shvetsiyalik tadqiqotchilarni birlashtiradi. 
5.3. Dunyo mamlakatlarida logistikaning rivojlanish darajasi 
Dunyoda logistikaning rivojlanish darajasini bir nechta xalqaro tashkilotlar 
baholaydi. Jahon Banki tomonidan nashr qilinadigan Logistics Performance Index 


123 
reytingi (logistikaning unumdorlik indeksi, boshqacha nomi – Logistics Perception 
Index – logistikaning «qabul qilinish» indeksi) va BMT ning savdo va rivojlanish 
Konferensiyasi (UNCTAD) tomonidan ishlab chiqilgan Liner Shipping 
Connectivity Index reytingi ko‗proq keng tarqalgan.
LPI dunyoning 155 ta mamlakatida logistikaning unumdorligi to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlarning keng qamrovli manbasi bo‗lib hisoblanadi va ikkinchi marta 
hisoblanmoqda. Uning asosida logistikaga ta‘sir ko‗rsatadigan asosiy omillarni 
hisobga olish yotadi (bojxona, infratuzilma, xalqaro tashishlarning tashkil qilinishi, 
logistika sohasidagi layoqatlilik, yuk oqimlarini kuzatib borish va yetkazib 
berishlarning o‗z vaqtidaligini kuzatib borish). LPI butun yetkazib berishlar 
zanjirini qamrab oladi va dunyo bo‗yicha 1000 dan oshiq mutaxassislar bilan oltita 
omillar guruhi bo‗yicha o‗tkaziladigan so‗rovnomaga asoslanadi, bu baholar 
asosida o‗rtacha reyting qiymati hisoblanadi. 2010 yilda Germaniya eng yuqori 
ballni qo‗lga kiritgan. Uning izidan Singapur, Shvetsiya, Niderlandiya va 
Lyuksemburg keladi. O‗zbekiston bu reytingda 94-o‗rinni egallagan [9]. 
LSCI, o‗z navbatida, sohilbo‗yi mamlakatlarining xalqaro liniyali tashish 
tarmoqlari bilan bog‗lanishlari masalasini yoritishga yordam beradi. Indeks 
dunyoning sohil liniyasiga ega bo‗lgan 162 ta mamlakati uchun hisoblanadi. 
Sanoat tovarlari bilan tashqi savdo qilishning katta qismi konteynerli tashishlar 
bilan ta‘minlanadi va indeks mamlakatning aynan shu xizmat turidan 
foydalanishini hisobga oladi. Reyting beshta tarkibiy qismning o‗rtacha bahosi 
sifatida hisoblanadi: kemalarning soni, ularning jamlanma yuk ko‗taruvchanligi, 
eng katta kemaning o‗lchami, xizmatlarning soni va mamlakat portlarida liniyali 
qatnovlarni taqdim qiladigan kompaniyalarning soni. 2017 yilda Xitoy reytingda 
birinchi o‗rinni egallagan, uning izidan Gonkong (Xitoy), Singapur, Germaniya va 
Niderlandiya keladi. [10]. 

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish