Global
logistik
vazifalarni
hal
qilishda
―xalqaro kanallardagi
vositachilar‖ katta rol o‗ynaydi, ularga quyidagilar kiradi:
xalqaro tarnsport-ekspeditorlik firmalari;
transport kompaniyalari;
eksport operatsiyalarini boshqarish bo‗yicha kompaniyalar;
tashqi savdo kompaniyalari va vakolatxonalari;
brokerlik va agentlik firmalari;
eksport-import operatsiyalarida tovarlarni o‗rash bo‗yicha kompaniyalar;
58
dengiz portlari.
Logistika xizmatlarining eng katta paketlarini odatda yirik xalqaro transport-
ekspeditorlik firmalari taklif qiladi. Bu firmalarning aksariyatining faoliyati
ko‗rsatiladigan xizmatlarning yuqori darajasidan guvohlik beruvchi ISO-9002
standarti bilan sertifikatlangan.
Global logistik tizimlardagi eksport-import operatsiyalari, qoidaga ko‗ra,
odatdagi logistik menejmentga qaraganda ko‗proq axborot hajmi, ko‗proq
murakkab hujjat aylanmasi bilan bog‗lanadi va davlat tomonidan tartibga
solinishni talab qiladi. Bu sferada davlatning roli eksport-import yuk oqimlarini
tartibga solish, iste‘molchilarning huquqlarini himoyalash, olib kirish va olib
chiqish ta‘qiqlangan tovarlar kontrabandasi va global logistik tizimlarda ishtirok
etadigan o‗zining ishlab chiqaruvchilari, transport, ekspeditorlik kompaniyalari va
boshqa kompaniyalarga nisbatan proteksionistik siyosatning oldini olishga
keltiriladi. Global logistik tizimlarning tarkibida erkin savdo zonalari muhim
o‗rinni egallaydi.
2.5.XALQARO SAVDO VA UNI RAG‗BATLANTIRUVCHI OMILLAR
Iqtisodiyotning qisqa muddatli tebranishlariga qaramasdan, xalqaro logistika
sezilarli sur‘atlar bilan rivojlanishda davom etmoqda. Leontiades quyidagini qayd
qiladi: «XX asrning eng muhim fenomenlaridan biri sanoatning xalqaro
ekspansiyasi bo‗lgan. Hozirgi kunda barcha yirik kompaniyalar o‗zining
mamlakati chegaralaridan tashqaridagi biznesda faol ishtirok etmoqda».
Bu savdoning asosida shuni tushunish yotadiki, tashkilot tovarlarni bir
mamlakatdagi yetkazib beruvchidan sotib olishi, ularni ko‗chirish uchun
logistikadan foydalanishi, so‗ngra uni boshqa mamlakatdagi buyurtmachiga foyda
ko‗rish bilan sotishi mumkin. Ko‗proq takomillashgan kommunikatsiyalar,
transport, moliyaviy sxemalar savdo bitimlari va hokazolar bugungi kunda
tashkilotlarga o‗zlarining operatsiyalarini bajarish uchun butun er yuzi bo‗ylab eng
yaxshi variantlarni qidirish imkonini beradi. Shu munosabat bilan xalqaro logistika
ishlov beriladigan materiallarni tobora uzun va tobora murakkab yetkazib berishlar
zanjirlari bo‗ylab ko‗chiradi.
59
Logistika yetkazib berishlar zanjiri milliy chegaralardan tashqariga
chiqqanda xalqaro logistikaga aylanadi.
Umuman olganda, xalqaro savdo har doim ham xalqaro kompaniyalarning
yaratilishiga olib kelmaydi. Biroq amaliyotda bu ikkita voqe‘likni bir-biridan
ajratib bo‗lmaydi. Agar tashkilot yangi mamlakatda ishlay boshlasa, u o‗zining
oldingi shtab-kvartirasidan turib harakat qilish va mahalliy tuzilmalarga unchalik
katta bo‗lmagan avtonomiyani taqdim qilish bilan yangi operatsiyalarni nazorat
qilishni amalga oshirishi mumkin. Biroq bu qayishqoq bo‗lmagan variantdir,
buning ustiga u mahalliy tuzilmalarga konkret shart-sharoitlarga eng yaxshi
moslashish yoki zaruriy kasb malakasini hosil qilish imkonini bermaydi. Boshqa
bir variant – qarorlar qabul qilish huquqini berishdir. Bu holda kompaniya haqiqiy
xalqaro (o‗zining mamlakatida shtab-kvartirani saqlab qolish va faoliyatning
asosiy turlarini shu joydan turib boshqarish bilan), multimilliy (har bir mintaqa
asosan mustaqil harakat qilishi uchun butun dunyo bo‗ylab qizlik shtab-
kvartiralarini ochish bilan) yoki global (bunda butun dunyoga yaxlit,
integratsiyalangan bozor sifatida qaraladi) kompaniyaga aylanishi mumkin. Bu
variantlar o‗rtasidagi farqlar har doim ham aniq bo‗lavermasligi mumkin, buning
ustiga tashkilot boshqa shakllarni tanlashi ham mumkin, masalan, bir mintaqada
xalqaro tashkilot sifatida, boshqasida esa – multimilliy tashkilot sifatida ishlash.
Ehtimolki, sanoati rivojlangan mamlakatlarda savdoning yarmi xuddi o‗sha
kompaniyalarning qizlik tuzilmalari o‗rtasidagi bitimlarga to‗g‗ri keladi. Bu
ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda ko‗proq ko‗zga tashlanadi; masalan, AQSH
eksportining uchdan biri – bu xorijdagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan ―uyga‖,
o‗zining milliy bozoriga jo‗natiladigan tovarlardir.
Ba‘zi bir mutaxassislar bu erda xalqaro ko‗lamlarda bajariladigan
integratsiyalangan operatsiyalar g‗oyasini uzatish imkonini beruvchi global
logistika (globallogistics) atamasidan foydalanishni afzal ko‗radilar. Bunday
yondashuv bir qancha yangi muammolarni chaqirishi mumkin. Ulardan ba‘zilari
amaliy mazmunga ega bo‗ladi, aytaylik, materiallarni chegaralar orqali jismoniy
ko‗chirish va uzoq masofalarga tashishni tashkil qilish; ba‘zilari madaniyat bilan
60
bog‗lanadi (turli tillarda muloqot qilish va iste‘molchilarning bir-biridan farq
qiladigan talablarini qanoatlantirish); ba‘zi bir iqtisodiy muammolar ham vujudga
keladi (mahalliy soliqlarni to‗lash va mahalliy tariflar bo‗yicha ishlash).
Har qanday holatda ham, bu olam rang-barang ekanligi kunday ravshan. Er
qobig‗ining tuzilishi, boshqa fizikaviy tavsiflar, iqlim, infratuzilma, aholining
zichligi, iqtisodiy qudrat, siyosiy tizimlar, madaniyatlar, umuman olganda,biznes
uchun ahamiyatli bo‗lgan qolgan barcha parametrlarda ham farqlar mavjud.
Logistika nuqtai-nazaridan, bu omillarning har qandayi muammolarni chaqirishi
mumkin.
Logistika uchun doimiy muhim bo‗lgan omillardan biri – mintaqaning
iqtisodiy qudrati bo‗lib hisoblanadi. Umuman olganda, ko‗proq kuchli iqtisodiyot:
ko‗proq materiallarni ko‗chiradi, chunki ko‗proq mahsulotlarni iste‘mol
qiladi;
ko‗proq takomillashgan infratuzilma, qo‗llaniladigan tizimlar va yordamchi
tuzilmalar tufayli ko‗proq samarali logistikaga ega bo‗ladi.
Mintaqaning gullab-yashnashi logistikaning samaradorligiga ko‗maklashadi,
biroq bu jarayon o‗zaro bo‗ladi, va samarali logistika mintaqaning rivojlanishiga
sezilarli darajada ko‗maklashishi mumkin. Bundan tashqari, u aholining yuqoriroq
bandlik darajasini ta‘minlaydi, yaxshi logistika iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirishi
mumkin. Bu erda asoslar quyidagicha bo‗ladi: logistikaga ketadigan kamroq
xarajatlar mahsulotni yetkazib berishga ketadigan xarajatlarni qisqartiradi va shu
tariqa sotishlarni tezlashtiradi, savdoni rag‗batlantiradi, yangi bozorlarning
ochilishiga ko‗maklashadi, mahalliy monopoliyalarni yo‗q qilishga yordam beradi,
raqobatni kuchaytiradi va umuman biznes yuritishni osonlashtiradi. Bu hodisani
Adam Smit ko‗ra bilgan, u 1776 yilda shunday deb yozgan: «yo‗llar, kemalar
suzadigan kanallar va daryolar – bu yaxshilanishga ko‗maklashuvchi eng kuchli
omillardir».
Porter millatlarning gullab-yashnashining sabablarini tahlil qilgan va shunday
deb yozadi: «millatning o‗zida bor afzalliklarni kuchaytira olish va texnologiya
hamda unumdorlikning keyingi darajasiga o‗ta olish qobiliyati – uning xalqaro
61
arenadagi yutuqlarining kalitidir». U bunga ko‗maklashadigan to‗rtta muhim
shartni ko‗rsatgan:
omil shartlari, bu deganda millatning asosiy omillarni (resurslar,
savodxonlik va infratuzilma) raqobat ustivorligiga transformatsiyalash
qobiliyati tushuniladi;
talab shartlari (bozorning o‗lchami, savdoning rivojlanganligi va marketing);
logistikani ham o‗z ichiga oladigan yondosh va yordamchi tarmoqlar,
sheriklar va vositachilarning borligi;
kompaniyalarning strategiyasi va tuzilishi raqobat, bu jamlanmada
bozorning tuzilishini va milliy raqobatning asosiy tavsiflarini shakllantiradi.
Agar bu fikrni qisqa qilib ifodalaydigan bo‗lsak, savdo gullab-yashnashni
kuchaytiradi, savdoning o‗zi esa ko‗p jihatdan logistikaga bog‗liq bo‗ladi.
Hukumat savdoning rivojlanishini har tomonlama qo‗llab-quvvatlaydi.
Hokimiyat organlarining vakillari uzoq yillar davomida savdo to‗g‗risida ko‗plab
xalqaro bitimlarni tuzganlar va ko‗plab tashkilotlarni yaratganlar (tariflar va savdo
bo‗yicha Bosh Kelishuv (GATT), ivtisodiy hamkorlik va rivqojlanish tashkiloti
(OESR) va jahon savdo tashkiloti (VTO)). Bundan tashqari, erkin savdo zonalarini
yaratish sohasida ham katta o‗zgarishlar sodir bo‗lgan (Evropa Ittifoqi (ES), erkin
savdo to‗g‗risida Shimoliy Amerika kelishuvi (NAFTA), Janubiy-Sharqiy Osiyo
davdatlarining erkin savdo zonalari assotsiatsiyasi ASEAN (ASEAN) va Janubiy
Amerika mamlakatlarining umumiy bozori (Mercosur)).
Asosan shunday yondashuv tufayli jahon savdosi o‗sishda davom etmoqda.
Quyida xalqaro savdoga ko‗maklashuvchi bir qator omillar ko‗rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |