44
tuzilishining borligini va bu tuzilishni dekompozitsiyalash mumkin bo‗lishini
ko‗zda tutadi.
Logistik tizim sifatida sanoat korxonasi, hududiy
ishlab chiqarish majmuasi,
savdo korxonasi va hokazolarni ko‗rib chiqish mumkin.
Logistik tizimning maqsadi
– tovarlar va mahsulotlarni berilgan joyga,
kerakli miqdor va assortimentda, ishlab chiqarish iste‘moli yoki shaxsiy iste‘molga
maksimal
darajada tayyorlangan holda, berilgan xarajatlar darajasi bilan yetkazib
berishdan iborat (logistik miksni amalga oshirish).
Xorijdagi logistika sohasi bo‗yicha olimlar va mutaxassislar ko‗pincha
―logistik zanjir/yetkazib berishlar zanjiri‖ tushunchasidan foydalanadilar,
logistik
tizimni esa ―umumiy xarajatlarni minimallashtirish va talab etilgan servis
darajasini ta‘minlash uchun materiallar, takibiy qismlar
va tayyor mahsulotning
jismoniy harakatining barcha jihatlarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish‖
jarayoni sifatida talqin qiladilar.
Logistik tizimning chegaralari ishlab chiqarish vositalarining aylanish sikli
bilan belgilanadi. Dastlab ishlab chiqarish vositalari xarid qilinadi. Ular moddiy
oqim ko‗rinishida
logistik tizimga kirib keladi, omborlarga joylashtiriladi, ishlov
beriladi, yana saqlanadi va so‗ngra logistik tizimga
kirib keladigan moliyaviy
resurslarga almashinish bilan logistik tizimdan iste‘molga chiqib ketadi.
Logistik tizimlar makrologistik va mikrologistik tizimlarga bo‗linadi.
Makrologistik tizim
- bu moddiy oqimlarni boshqarishning mamlakatning
turli mintaqalarida yoki turli mamlakatlarda joylashgan sanoat korxonalari va
tashkilotlari, turli
idoralarning vositachilik, savdo va transport tashkilotlarini
qamrab oluvchi yirik tizimidir. Makrologistik tizim o‗zida mintaqa, mamlakat yoki
mamlakatlar guruhi iqtisodiyotining ma‘lum bir tuzilmasini taqdim qiladi.
Turli mamlakatlarni qamrab oladigan makrologistik tizimni shakllantirishda
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning huquqiy va iqtisodiy o‗ziga
xos xususiyatlari,
tovarlarning
yetkazib
berishning
bir
xil
bo‗lmagan shart-sharoitlari,
mamlakatlarning
transport
qonunchiligidagi
farqlar
bilan
bog‗lanadigan
qiyinchiliklarni, shuningdek boshqa bir qator to‗siqlarni engib o‗tish zarur bo‗ladi.
46
ham yetkazib beriladigan tizimdir. Bunday tizimga ehtiyot qismlar bilan ta‘minlash
misol bo‗lib xizmat qila oladi. Bunday holda talab kam bo‗lgan detallarni bevosita
qabul qilib oluvchiga jo‗natish markaziy ombordan, standart va talab yuqori
bo‗lgan detallarni jo‗natish – vositachining omboridan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: