Oliy va o‘rta maxsus taʹlim vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti


  TEXNOLOGIYA FANINI UMUMIY O‘RTA TA`LIM



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/158
Sana27.05.2022
Hajmi4,38 Mb.
#611480
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   158
Bog'liq
Anjuman toplam Qoqon DPI

 


260 
TEXNOLOGIYA FANINI UMUMIY O‘RTA TA`LIM 
MAKTABLARIDAGI O‘RNI 
Sultonmurodova Gulnora Abduraqibovna - 
Jizzax viloyati Yangiobod tumani
1-umumiy o‘rta ta`lim maktabi
 
Annotatsiya 
Ushbu maqola umumiy o‘rta ta`lim maktablarida o‘quvchilarga texnologiya 
fanining o‘qitilishning zarurligi, bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirishdagi o‘rni 
xususida fikrlar bildirilgan. Shuningdek, bugungi kunda ushbu fanni o‘qitishda 
yuzaga kelayotgan muammolar haqida ham fikr-mulohazalar yuritilgan.
 
Tayanch so‘zlar: 
Texnologiya, ishlab chiqarish, erkin tarbiya texnologiyasi, 
kasbga yo‘naltirish. 
Respublikamizda umumiy o‘rta ta`lim muassasalari oldiga o‘quvchilarni 
xalq xo‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli 
ravishda tanlashga tayyorlash bo‘yicha qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasini bajarishda 
texnologiya faninining samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. 
Texnologiya faniga e`tiborni kuchaytirish davr talabi ekanligi yaqqol 
namoyon bo‘lmoqda. 
Texnologiya fanida o‘quvchilarning ham intellektual ham jismoniy bilim, 
ko‘nikma va malakalari uyg‘unlashgan holda shakllanishi hamda texnikaga oid 
mehnat qilishning sensor ko‘nikmalarining rivojlanishi, shuningdek kasblar olami, 
kasb tanlashdagi qiyinchiliklar va nomutanosibliklar, kasb tanlashda e`tiborga 
olinadigan omillar haqidagi ma`lumotlar fanning asosiy maqsadi sifatida beriladi. 
Texnologiya fani boshlang‘ich ta`lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 
5–9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitilishi 
belgilandi. 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlariga 
yangidan “Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi”, “Elektronika 
asoslari” va “Ro‘zg‘orshunoslik asoslari” bo‘limlari kiritilib, mavjud bo‘limlardagi 
mavzular qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtirildi. 
Hozirgi kunda Germaniya, Rossiya, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya, 
Hindiston va boshqa qator rivojlangan davlatlarning ta`lim tizimi tahlil qilinganda 
texnologiya ta`limi jarayoniga jiddiy e`tibor berilayotganligini ko‘rishimiz 
mumkin. Mamlakatning rivoji ishlab chiqarish sohasiga bog‘liq ekanligi, ishlab 
chiqarish sohasining rivoji mutaxassislar malakasiga bog‘liqligi isbotlanmoqda. 
Texnologiya fanini rivojlantirishdagi muammolarni bartaraf etish maqsadga 
erishishning muhim omillaridan hisoblanadi. Texnologiya fani jarayonini samarali 
tashkil etishda quydagi muammolar mavjud: 
1.
“Texnologiya fani"ning nufuzining pastligi, ushbu fan dasturida ko‘rsatilgan 
mavzularning zamon talabi darajasida emasligi; 
2.
Umumiy o‘rta ta`lim muassalarida darsliklarning va o‘quv metodik 
qo‘llanmalarning yetarli emasligi; 
3.
Moddiy-texnik bazaning talablarga javob bermasligi ya`ni “Texnologiya 
fani” o‘quv xonasining yetarli darajada jihozlanmaganligi; 


261 
4.
“Texnologiya fani" o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligining yetarli 
darajada shakllanmaganligi; 
5.
Hozirgi vaqtda ham ayrim chekka hududdagi umumiy o‘rta ta`lim 
maktablarida o‘g‘il va qiz bolalarning alohida guruhlarga bo‘lmasdan dars 
mashg‘ulotlarining tashkil etilayotganligi kabilar. 
Jumladan, ba`zi texnologiya fani o‘qituvchilarini qiynayotgan muammo bu 
chekka qishloq, maktablaridagi texnologiya fanlarini o`tishda o`g`il va qiz bolalarni 
birga o`qitilishi. DTS ga muvofiq informatika,xorijiy tillar va texnologiya fanlari 
sinfda o`quvchi soni 25 nafarga yetsa bo`lib o`qitiladi. Informatika fani va xorijiy 
tillarda mavzularni o`tishda deyarli muammo bo‘lmaydi, chunki barcha 
o`quvchilarga bir mavzu o`tiladi. Ulardan farqli ravishda texnologiya fanida esa 
o`g`il bolalar uchun alohida mavzu, qizlar uchun alohida mavzu o`tish zarur bo`ladi. 
Aytaylik,7- sinfda 21 nafar o`quvchi bor 10 ta qiz, 11ta o`g`il bolalar.7-sinf I chorak 
uchun o`g`il bolalar mavzusi: I bob, 2-mavzu “Asbob uskunalar, moslamalar va 
ulardan foydalanish. Yog`ochga ishlov berishda qo`l asboblaridan foydalanish 
texnologiyasi”. Bu mavzuni o`tishda qo`l arralari, duradgorlik uskunalari bilan 
ishlash, ularni to`g`ri ishlatishni mashq qilishi lozim. Bu esa o`quv ustaxonasida 
bajarilishi kerak. Qizlar uchun mavzu: I bob, 2-mavzu; “Asbob uskunalar, 
moslamalar va ulardan foydalanish. Go`shtdan tayyorlanadigan yarimfabrikatlar, 
ulardan foydalanish va saqlanishiga qo`yildigan talablar. Amaliy mashg`ulot: 
“Dimlangan tovuq tayyorlash”. Bu mavzularni o`gil bolalar va qiz bolalar uchun bir 
sinfda bir vaqtda o`tish kerak.O`g`il bolalar ustaxonada, qizlar esa pazandachilik 
xonasida o`tish kerak. Mana shu vaziyatda qanday usullardan foydalansak ham biz 
ko`zlagan natijaga erisha olmaymiz, chunki o`g‘il bolalarni ham qiz bolalarni ham 
bir vaqtning o`zida nazorat qila olmaymiz. Chunki ustaxonaning va pazandachilik 
xonasining xavfsizlik texnikasi qoidalari, sanitariya-gigena qoidalari bir biriga 
nomutonosib. Jurnalga yozishda ham bir qancha xatoliklar kelib chiqadi. O`g`il 
bolalar mavzusi ham qiz bolalar mavzusi ham 2 soatdan berilgan. Jurnalga 1soat 
o`g`il bolalar mavzusi, 1soat qizlar mavzusi yozilsa rejadagi o`g`il bolalarning 
1soati, qizlarning ham 1 soati qayerda qoladi? Chunki texnologiya fani mavzulari 2 
soatdan berilgan. Buning eng muammoli tarafi shuki, o`qituvchi bir vaqtning o`zida 
qanday qilib ham ustaxonada, ham pazandachilik xonasida bo`la olishi mumkin. Bu 
masalani chuqurroq o`rganib ko`p yillik tajribalarimga asoslanib shuni 
aytmoqchimanki, o`quvchi sonidan qat`iy nazar texnologiya darslari o`g`il va qiz 
bolalarga alohida-alohida o`tilsagina ko`zlangan natijaga erishish mumkin! 
Ta`lim sifatini oshirish, ta`lim standartlari, o`quv dasturlari, darslik va 
qo`llanmalarni takomillashtirish, ilg`or pedagogik va axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish masalalariga alohida e`tibor qaratilayotgan bir 
paytda maktab ustaxonalari va pazandachilik, tikuvchilik xonalarini jihozlanishiga 
ko‘pchilik rahbarlar panja orasidan qarashadi. Qishloq-tuman maktablarining 
ayrimlarida ustaxona va tikuvchilik, pazandachilik xonalarining jihozlanishi 
achinarli holatda. Amaliy mashg‘ulotlarni o`tishda bu kabi mashg`ulotlar 
o`qituvchilarga ko`plab qiyinchiliklar tug‘diradi. Bunday holatlarni oldini olish va 
bartaraf etishning ayni payti. Texnologiya fani o`qituvchilarini eng quvontirgan hol


262 
bu 2019-2020-yil o`quv yilidan barcha sinflar darslik bilan ta’minlangani bo`ldi. 
Xalq ta`limi vazirligi tomonidan yaqin kelajakda o`quvchilarni kasbiy ta`limga 
yo`naltirish maqsadida esa super ustaxonalar, bolalar texnoparklari va boshqa 
zamonaviy parklar ochish ko`zda tutilmoqda. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa o‘rnida ta`kidlash mumkinki, 
texnologiya faniga berilayotgan e`tibor kelajakda o‘quvchilarning ham aqliy, ham 
jismoniy jihatdan kamol topishlariga, ularning kasb va ish malakalari 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli demokratik islohotlarga va 
mamlakatni modernizatsiyalashga muvofiq holda shakllanishi asosida zamonaviy 
mutaxassislar sifatida tayyorlanishiga zamin yaratadi, deb o‘ylaymiz. 

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish