508
a'zosi bo„la olmasligi hamda boshqa xaq to„lanadigan lavozimlarni egallay
olmasligi.
5.
Sudyalarning daxlsizligi.
6.
Sud ishlarini oshkora ko„rilishi.
7.
Sud hujjatlarini hamma uchun majburiyligi.
8.
Sud ishlari yuritishni aholi tiliga mos olib borish.
9.
Ayblanuvchini himoya bilan ta'minlanish huquqi.
1. Sudni mustaqilligi,
faqat qonunga asosan ish ko„rishi, to„laligicha
sudyalarga ham taalluqlidir. Sudni mustaqilligi deganda sudyani mustaqilligi yoki
aksincha tushuniladi.
Sudni mustaqilligini ta'minlovchi eng asosiy va boshlang„ich qoida, –
Konstitutsiyaning 106-moddasida belgilangan, unga asosan, “O„zbekiston
Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi hokimiyatlardan,
siyosiy partiyalardan boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi”.
Bu mustaqillikni belgilovchi asos qoida va prinsipidir. Olib berilgan sud islohotlari
natijasida sudni ijro hokimiyatiga bog„liqligiga butunlay barham berildi. Buni
Prezident o„z ma'ruzalarida qayd qilinganligini sud hokimiyati islohotiga tegishli
bandda alohida aytib o„tgan edik. Prezidentni ijro hokimiyatiga boshchilik qilish
maqomi bekor bo„lgach, sud hokimiyatini ijro hokimiyatiga bog„liqligi butunlay
barham topdi.
Sud hokimiyatining ta'sirchan bo„lishi
eng avvalo sudning, sudyaning
mustaqilligiga bog„liq.
Sudyalar mustaqildir. Sudlar har qanday siyosiy partiyalardan holi
hisoblanadi. Ular hyech bir organga yoki mansabdor shaxsga bo„ysunmaydi.
Sudyalar faqat qonunga bo„ysunadi. Odil sudlovni amalga oshirish jarayonida
sudlarning ishiga biron bir tarzda aralashishga yo„l qo„yilmaydi.
Agar shunday
holatlar bo„ladigan bo„lsa, u holda aybdorlar javobgarlikka tortiladi.
O„zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 236-moddasida sud
ishlarini hal etishiga aralashish, yani ishni har tomonlama, to„la va xolisona
o„rganishga to„sqinlik qilish maqsadida sudyaga
turli shaklda qonunga xilof
509
ravishda ta'sir o„tkazish uchun uch yilgacha axloq, tuzatish ishlari yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, shunday
harakat mansabdor shaxs
tomonidan sodir etilsa, olti oygacha qamoq, yoki muayyan huquqdan mahrum etib
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishini belgilab
qo„yilgan.
Sudyalarni mustaqilligini ta'minlashga sud faoliyatining boshqa prinsiplari,
jumladan dahlsizlik prinsipi ham ta'sir qiladi.
Sudyalarning mustaqilligi, Konstitutsiyaning 108-moddasida, hamda 112-
moddalarida belgilangan qoidalar orqali ta'minlanadi. 112-moddaga ko„ra,
sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo„ysunadilar,
sudyalarni odil sudlovni
amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo„l
qo„yilmaydi, bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo„ladi.
Shunday hol ro„y bersa qanday javobgarlik bo„lishini avvalroq ko„rdik.
Sudni mustaqilligi shundayki, quyi sudlar yuqori sudlarga bo„ysunmaydi.
Faqat yuqori sudlar quyi sudlarni qonun doirasida qaror, hukm chiqarishini nazorat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: