Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish
konsepsiyasi. – T.: SHarq, 2002 y. – 176 b.
2.
Olimov Q.T. “O‘quv adabiyotlarini yaratish nazariyasi va metodikasi”.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. “Fan” nashriyoti. – T.: 2010 y. –
158 b.
80
3.
Mirzahmedov B.M.Zamonaviy darslikka qo‘yiladigan didaktik talablar. “O‘rta
maxsus kasb-hunar ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini ishlab
chiqish va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish muammolari”
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – B .: 2006 y. –
148 b.
KASB TA’LIMI O’QITUVCHISINING KASBIY FAOLIYATINI
SHAKLLANISH ELEMENTLARI
J.A.Mannonov
NamMQI “Yerusti transport tizimlari” kafedrasi katta o’qituvchisi
Har qanday pedagogik tizim tarkibiy qismlari o’zaro yaqin aloqadorlikda
bo’lib, ta’lim-tarbiya maqsadlariga qaratilgandir. SHuning uchun mazkur
tadqiqotda tizimli yondashuvni metodologik asos qilib, biz ob’ektni o’rganishda
katta imkoniyatlar ochib berishga asoslandik o’z navbatida pedagogik kadrlar
malaka oshirish tizimida ta’limning o’ziga xos xususiyatlarini, uning muhim
imkoniyatlarini, ular o’rtasidagi muhim bog’lanishlarni ochish va shu asosda
ob’ektni tadqiq qilishga, uning butun murakkabligi va rivojlanishini aniqlashga
imkon beradi.
Pedagogik jarayonni tahlil qiladigan bo’lsak o’qituvchi har qanday pedagogik
jarayonlarda o’z faoliyatini amalga oshiradi, ta’lim olishda o’zining bilimini,
ko’nikma va malakasini oshiradi. Pedagogik tizimning bir bo’lagi sifatidagi
modelli tuzilishida namoyon bo’ladi. Ikkinchi bir tomondan qarasak, o’qitish
jarayoni doimiy ravishda sub’ekt va ob’ektga bog’liq ravishda shakllandi natijada
o’quv pedagogik tizimning modelini ifodalaydi.
Insonning faoliyati har qanday xarakter va shaklda bo’lmasin, ma’lum ichki
intilish, istak, mayl, ya’ni motiv asosida, u yoki bu maqsadni amalga oshirish
oqibatida ro’yobga chiqadi. Demak, o’qituvchining muntazam o’z faoliyati va
shaxsni takomillashtirishning ijtimoiy zarurligini ongli anglashi va unga intilishi
uzluksiz malaka oshirishda belgilovchi hisoblanadi. Shuning uchun o’qituvchining
yetuk shaxs sifatida muntazam bilim, malaka va ko’nikmasini hamda shaxsni
takomillashuviga shaxsiy ishonchi va uni amalga oshirishiga ehtiyoj sezilish,
nihoyatda murakkab ish, shu bilan o’z shaxsi va faoliyatidagi kamchiliklarni
tuzatish jarayoniga kirishish uchun asos bo’ladi.
O’qituvchining kasbiy mahoratining oshirish tizimining bosh maqsadi - deb
yozadi K.Z.Zaripov - faqat o’qituvchilar faoliyatini takomillashtirish emas, balki
ularning har qaysisining shaxsi hamda shu asosda ularda ta’lim – tarbiya
vazifalarini yechishda shaxsiy tayyorgarligi bilan o’qituvchi shaxsi bilimi va
saviyasiga doimiy ravishda o’sib boruvchi ijtimoiy talab o’rtasidagi mutanosiblikni
ta’minlash ko’nikmasini shakllantirish muhimdir. Bu maqsad o’qituvchi faoliyati
orqali voqelikka aylanadi. Shuning uchun o’qituvchilar kasbiy mahoratni oshirish
tizimi faolyatida, ya’ni tinglovchilar va malaka oshirish tashkilotchilari faoliyatida
o’qituvchini bilimga tashnalik, yangilikka intilish, “men hamma narsani bilaman”,
81
kabi o’ziga ortiqcha baho berish odatini singdirish, doimiy o’qish, o’rganish,
malaka oshirishning foydaliligiga ishonchini mustahkamlash zarur.
Shunday qilib, pedagog kadrlar kasbiy mahoratini oshirish tizimining bosh
maqsadi faqat o’qituvchi faoliyati va shaxsini takomillashtirish emas, balki unda
jamiyatning ta’lim - tarbiyaga oshib borayotgan talablarini amalga oshirish bilan
shaxsiy tayyorgarligi o’rtasidagi o’zaro mutanosiblikni shakllantirishdir.
Faoliyat – insonning voqelikka bo’lgan faol munosabatining shunday shakliki,
u orqali o’zi yashab turgan olam bilan real aloqa o’rnatiladi.
Faoliyat – shaxs xisoblangan har bir kishining ichki psixik va tashqi jismoniy
ongli maqsadga qaratilgan faolligidir.
Inson faoliyat vositasida tabiatga, narsa va hodisalarga kishilarga ta’sir
ko’rsatadi, faolyat davomidagi harakatlarida inson o’z ichki psixik xususiyatlarini
oshkor qilib amalga oshiradi. SHu jarayonda tashqi olam, narsa va hodisalarga
nisbatan odamlar shaxs sifatida, sub’ekt tarzida namoyonlanadi. Faoliyat bilish va
iroda bilan bog’liq bo’lib, ularga asoslanadi. Faoliyat insonning ichki (psixik) va
boshqa (jismoniy) ongli maqsadga qaratilgan faolligi tarzida anglangan maqsad
orqali boshqariladi.
Faoliyatni tashkil qilishda insonning maqsadli harakati asosan sub’ekt va
ob’ektning o’zaro ta’siri tariqasida namoyon bo’lishidir. Faoliyat ehtiyoj asosida
harakatlanadi. Inson o’z ehtiyojini qondirish uchun maqsadli harakat qiladi.
Pedagogik faolyat deb, insoniyat to’plagan bilim, ijtimoiy tajriba, madaniy va
ma’naviy boyliklarni yosh avlodlga singdirish, ular shaxsini rivojlantirish va
jamiyatda ma’lum ijtimoiy vazifalarni bajarishga tayyorlashga qaratilgan ijtimoiy
faoliyatning alohida turiga aytiladi, desak xato bo’lmaydi. Uning mazmuni
maqsadida namoyon bo’ladi. Maqsad oldindan ko’zlangan natijaning anglangan
obrazi bo’lib, inson faoliyati unga erishishga qaratilgan. Maqsad – o’z
faoliyatining zamon talablariga javob beradigan tashkil qilish va yosh avlod
tarbiyasini islohat talablari asosida anglab yetish darajasidir.
O’qituvchi o’z faoliyatini ma’lum vositalar amalga oshiradi. Uning
faoliyatining vositalari – ilmiy bilim, darslik, o’quv qo’llanmalaridagi bilimlarni
o’qitish vositalari orqali o’qituvchilarni tabiat va jamiyat taraqqiyot qonunlarini
anglab olishlarini ta’minlashdir.
Pedagogik faoliyat – maqsad nafosatli, ahloqiy va iqtisodiy jihatdan mos
bo’lib, hayotga o’sib kelayotgan yoshlarni tushingan holda tayyorlashga
boshlovchi insoniy faoliyatning ijtimoiy – foydali maqbul ko’rinishidir.
Faoliyatning pedagogik sub’ektida – faoliyatni qamrab oluvchi guruh, inson
va insonlar. Unga quyidagilar kiradi:
-
jamoa – ijtimoiy muhit (davlat, millat, ishchilar, diniy salohiyot) qaysiki
pedagogik jihatdan insonlarga ta’sirini o’tkazadi;
-
guruh – juda katta bo’lmagan jamoa – insonlarga pedagogik faoliyati tahsirini
o’tkazadigan.
-
pedagog – inson, qaysiki pedagogik faoliyatni uyushtiruvchi va boshqaruvchi.
-
Pedagogik faoliyatning funktsiyasiga quyidagilar kiritamiz:
82
-
Boshqaruv – pedagogik faoliyatni uyushtiradigan va qo’llaydigan;
-
Tarbiya – jamiyat va hayotga haqqoniy dunyoqarash orqali insonlarni
ishonchli shakllantirish;
-
Rivojlantirish – o’qituvchi o’zining kasbiy bilimlarini uzluksiz oshirib
borishi;
-
O’qitish – faoliyat va hayotni hozirgi zamon talablari asosida bilimlarning,
ko’nikma va malakalarini rivojlantirishidir;
-
Psixologik tayyorgarlik – har qanday qiyinchilikni yechishga inson ichki
kechinmalari orqali tayyor holda shakllanishidir;
-
Pedagogik faoliyatning tashkiliy asosiy qismi, pedagogik faoliyatni
loyihalashtirishdir, ular quyidagilar:
-
loyihalashtiruvchi, insonlarning bahzi shaxsiy sifatlari, erishilgan natijasi
bilan belgilanib, pedagogik faoliyatning vazifasini va maqsadini aniq
yo’niltirilgan mantiqni ifodalaydi;
-
tashkilotchilik, pedagogik faoliyatning tashkiliy yo’nalishlari asosini o’zida
mujassamlashtiradi;
-
ilmiylik, pedagogik faoliyatining sub’ektiv va ob’ektiv aktivligi, ilmiy
intellektuarl, muhum yuqori ta’minotini belgilaydi;
-
ilmiy tadqiqotligi, pedagogik jarayon takomillashgan va o’rganuvchi
xarakterlidir;
-
pedagogik faoliyatning ob’ektivligi – jamiyat – psixologik xususiyatlari va
yakka qatnashuvchi, guruh, hamda insonlar ishtiroqini belgilaydi.
Pedagog faoliyatini tahlil qiladigan bo’lsak, u uchta elementdan iborat bo’lib,
bu esa o’quv-pedagogik tizimni ifodalaydi. Sub’ekt – ob’ekt – sub’ekt faoliyatidir.
S.L.Rubinshteyn “Fikricha, faoliyat bu – inson – atrofini o’rab turgan
borliqning u yoki bu intiqosi bo’lib, hayotda, oldimizga bir qancha vazifalarni
qo’yadi” degan edi.
Bundan tashqari faoliyatning umumpsixologik pedagogik modelining tuzilishi
B.F.Lomovning fikri bo’yicha quyidagicha:
Qiziqtirish, maqsad, rejalashtirish, kelayotgan axborotlarni qayta ishlash,
obrazli harakat, ta’sirli qayta aloqalardan iborat deb tushunadi [2].
Buning hammasi inson shaxsiy faoliyatining rivojlanish parametrlari bo’lib
xizmat qiladi.
Aslida faoliyatning uyg’atuvchi kuchi ba’zi bir odamlarda tug’iladi, qiziqish
va talab orqali vujudga keladi, ana shundagina ishonch, qarashlar, intilishlar,
fikrlar, kelajak g’oyalari paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |