274
qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar
nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va
barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan
metodlardan
hisoblanadi. Ulardan oqilona foydalanish esa ta’lim .Shu bilan birga, interfaol
ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik
hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud.
Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha
qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum
maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib
chiqargan.
Shu kungacha interfaol ta’lim metodlaring dars jarayoni quyidagi turlari
oqilona tashkil qilingan tarzda foydalanib kelingan. Bunda ta’lim
beruvchi
tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida
faollig imuttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik
bo’laklarga bo’lib , ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik
guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammolivaziyat, yo’naltiruvchimatn, loyiha,
rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni
mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim
oluvchilarning
soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy
sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogic mahorati va
boshqalar e’tiborga olinadi.
Interfaol metodlar deganda – , ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi
bo’lgan metodlar tushuniladi .Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim
oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida
ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari
quyidagilarda namoyon bo’ladi. Interfaol darslarni tashkil etishda o`quv
jarayonida yakka tartibda, juft bo`lib ishlash, guruhlarda ishlash,
izlanishga
asoslangan loyihalar, roll io`yinlar, hujjatlar bilan ishlash, axborot manbalari
bilan ishlash, ijodiy ishlashdan foydalanish mumkin.
Interfaollik – o`zaro faollik, harakat, ta`sirchanlik, u o`quvchi va o`qituvchi
muloqotlarida sodir bo`ladi. Interfaol usulning bosh maqsadi o`quv jarayoni
uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o`quvining faol, erkin fikr yuritishiga
muhit yaratishdir. U o`zini intellectual salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etadi
va o`quv sifati va samaradorligini oshiradi, ta`min etadi.
Post-Individual metodi ushbu metodning
ishchi shakli hozirgi kunda
nodavlat ta’lim muassasalarida keng miqyosda foydalanib kelinmoqda mazkur
interfaol metod sifat va samaradorligini nodavlat ta’lim muassasalaridagi o’quv
jarayonlarida uning foydalanuvchilarning soni qanchalik ko’pligi dars sifatining
yuqoriligi bilan izohlash mumkin.
Post –individual metod dars jarayonida qo’llanilishi uchun quyidagilar
kerek.
1 O’quvchilar soni maksimum 14-15.
275
2 Dars xonasining partalar (mebel)lar joylashuvi rus alifbosidagi П
shaklida bo’lishi
3 Dars kirish, takrorlash,
yangi mavzu, mustahkamlash kabi uzviy bir-
biriga bo’g’liq qismlardan tashkil topgan bo’lishi lozim.
4 Innovatsion yondashuv bilan o’tiladi.
Dars jarayonida o’quvchi va talabalarning soni 25-30 tadan yuqori bo’lgan
vaqtda o’qituvchining har bir o’quvchi va talabalaga ajratidigan vaqti kam bo’ladi
bu esa o’z navbatida dars sifati va samaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Post-
individual metod qo’llanganda ya’ni o’quvchi va talabalar soni keskin qisqarishi
tufayli o’qituvchi har bir talabaga ajratadigan vaqt 50% 60% ga ko’payadi. O’z-
o’zidan dars sifati va samaradorligi o’sadi.
O’quv xonalarining mebellari yangicha joylashuvi dars jarayonida
o’qituvchiga talabalrni qo’shimcha ravishda nazorat qilishiga va talabalarni yon
atrofdagilarni ortiqcha xattiharakatlarni bilishga va oldini olishga yordam beradi.
Shuningdek darsdagi bahs munozara, debatlar davomida talabalarni o’zaro fikr
almashinuvi bir –biriga g’oyalar tushuntirishi va ay kontaktning (eye contact)ning
mavjud bo’lishi kabi ijobiy tomonlarni beradi.
O’quv jarayoning bu qismini hozirda ko’plab tajribali o’qituvchi va
muallimlar tomonidan qo’llaniladi. Ayniqsa predmetlarning har bir mavzusi o’zaro
bog’liqligi ayniqsa darsning takrorlash va mustahkamlash qismlari ta’lim sifati va
samaradorligini o’sishiga yordam beradi.
Bu jarayon Post-indivdual metodning o’zagini tashkil; qiladi. Misol uchun
siz talabalarga yangi mavzuni tushuntirib berdingiz 14-15 talabadan 6-7 nafari uni
yahshi o’zlashtirdi qolgan talabalarni mavzuni o’zlashtir
qismlarni birlashtirib
individual tarzda har biriga alohida yondashgan holda qayta tushuntirish jarayoni
o’tkaziladi.
Guruhlarda ishlaganda, o`quv tarbiyaviy ishlarni tashkil etganda har bir
o`quvchi bilan yakkama-yakka ishlaganda ularning shaxsiy xususiyatlari doimo
o`qituvchi diqqat markazida turmog`i, hisobga olinmog`I kerak.
Shuningdek o’quvchi va talabalarga dars jarayonida ta’lim tarbiya berish va
mavjud qobilyatlarini rivojlantirish va mavhumlarini ochishda individual tarzda
yondashish lozim. Buning uchun esa quydagilar o’qituvchi tomonidan nazarga
olinishi lozim.
O`quvchi bilan
muloqot olib borganda ham, uning o`ziga xosliklari diqqat
e`tiborda tutilishi kerak.
Ta`lim jarayonida ham, darsdan tashqarida hamuning qobiliyati,
imkoniyatlari nazarda tutilishi kerak.
Pedagogik psixologik jarayonlarni olib borishda o`quvchining shaxsiy
rivojlanish darajasini ko`zda tutish va atrof muhit e’tiborga olish zarur.
Demak, ta`lim-tarbiya sifati va samaradorligi o0`quvchining o`quv
mazmunini o`zlashtirishga yo`naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali
shug`ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog`liq.
276
Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o`quvchilarda
xususiyatlarning rivojlanishini ko`rsatish mumkin. Bunda dars jarayonida
o’quvchilarning o’zaro yoki guruh shaklida mavzu bo’yicha
bahs munozaralari
debatlar ularda shahsiy fikrni yuritishga va uni himoya qilishga o’rgatadi.
Xulosa o’rnida shuni aytish muhimki hozirgi globallashuv jarayoni barcha
sohalarga ta’sir etayotgan bir vaqtda va yoshavlodni yangicha interaktiv
innovatsion ta’lim metodlari va strategyalarni qo’llagan holda darslarni qiziq va
amaliyotga bo’liq holda qayta tashkil etish hozirgi ta’lim tiziminig eng muhim
vazifalridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: