160
O‘z ish qisminigina bajarish istagi;
Rasmiy rahbar tomonidan qabul qilingan topshiriq va qarorlarni
bajarish amaliyoti.
Jamoa
ning xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Mustahkam kommunikativ aloqa, umumiy til, o‘zaro aloqa
kanallarining tashkil
etilganligi;
Hamkorlik formal bo‘lmagan aloqalar, ko‘pincha do‘stlik bilan
qo‘llab-quvvatlanadi;
Ishning yakuniy natijasi bo‘yicha umumiy xulosaga kelish,
funksional topshiriqlarni birgalikda bajarish;
Umumiy natija uchun birdek mas’uliyat, javobgarlik;
Kollektivlik hissi (biror-bir ishda umumiy qatnashish);
Umumiy qaror qabul qilish amaliyoti.
Jamoa ishi
– qo‘yilgan vazifalarni birgalikda
samarali bajarish
uchun jamoadoshlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish hisoblanadi. Jamoa
ishi ish faoliyatidagi muvaffaqiyatlarning muhim bo‘lagidir.
Ma’lumki,
basketbol
jamoaviy
o‘yinida
nafaqat
to‘pni
muvaffaqiyatli otish, balki jamoa har bir a’zosining o‘z vazifalarini
bajarishi muhim hisoblanadi. Masalan, mazkur sport turida bir o‘yinchi
basketbol to‘pini savatga tushirib hisobni ochgani bilan, aslida bu
o‘yinchining ochkosi jamoa a’zolarining shunga qadar amalga oshirgan
harakatlari – tez rejalashtirish, muvofiqlashtirish
va hamkorlik kabi
ko‘nikmalari orqali olingan bo‘ladi.
Ish beruvchilar, odatda, nafaqat boshqalar bilan yaxshi ishlay
oladigan odamlarni, balki, jamoada hamma ham to‘pni qo‘lga kiritish
qobiliyatiga ega emasligini tushunadigan odamlarni izlaydi. Ish joyidagi
161
har bir kishi maqsadlarni amalga oshirish
uchun birgalikda harakat
qilganda, maqsadga ko‘proq erishiladi.
Quyidagi bir necha muhim ko‘nikmalar va odatlarni qo‘llash orqali
odamlar bilan ishlashni va munosabatlarni o‘rnatish mumkin:
Hamkorlikda ishlash;
G‘oyalar, takliflar va harakatlar bilan guruhga yordam berish;
Muloqot ko‘nikmasi (fikr berish va olish);
Mas’uliyat hissi;
Turli fikrlar, urf-odatlar va shaxsiy imtiyozlarga nisbatan hurmat
hissi;
Guruh qaror qabul qilishda ishtirok etish ko‘nikmasi.
Xodimlar bilan bir maqsadga erishish uchun birgalikdagi mehnat
barchaga foyda keltiradi. Ish beruvchilar buni turli yo‘llar bilan
“ko‘rishlari” mumkin.
Masalan, ish joyidagi jamoa a’zolari
oldindan rejalashtirib,
birgalikda ishlagan holda vazifalarni belgilash, o‘sishni baholash va o‘z
vaqtida topshirish uchun birgalikda ishlashadi. Ular turli xil
yondashuvlar va fikrlarni hurmat bilan qarab chiqish va baholash
mumkin bo‘lgan professional munozaralarga kirisha oladilar.
Hatto ba’zi
xodimlar boshida o‘zlariga yuklanmagan vazifalar ijrosi bilan ishni
yakunlashsa ham, ishlar jamoaviy ruhda bavjarilgani va umumiy maqsad
bilan bog‘liqligi tufayli, bu borada hech qanday shikoyat tug‘ilmaydi.
Jamoa liderining o‘zi ham ko‘pincha jamoa ishini bajaruvchi
sifatida xizmat qilishi mumkin. Bunday holda, jamoa a’zolari muammo
muhokamasiga o‘zaro hurmat bilan kirishishadi, tayinlangan vazifalarni
hamkorlikda bajarishadi va maqsadga
erishish uchungina liderga
162
bo‘ysunadi. Jamoa lideri, o‘z navbatida, ahil va effektiv jamoani saqlab
qolish, uni yanada kuchaytirishga xizmat qiladigan taklif va qarorlarni
qo‘llab-quvvatlaydi, ularning tezroq ro‘yobga chiqishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: