Kalit so’zlar
: evfemizm, tabu, tushuncha, nutq madaniyati, disfemizm
Аннотация.
В данной статье рассматриваются эвфемизмы,
используемые в английской и узбекской текстовой и речевой деятельности.
Обобщаются понятия эвфемизмов, табу, их место в англоязычной и узбекской
литературе и их функции в речи, дисфемизмы, выражение эвфемистическими
средствами явных (открытых) и имплицитных (закрытых). Этот ресурс
можно использовать как программу для использования в языкознании и
литературе.
Ключевые слова
: эвфемизм, табу, концепт, культура речи, дисфемизм
Annotation
. This article deals with euphemisms used in English and Uzbek text
and speech activities. It summarizes the concept of euphemism, taboo, their place in
English and Uzbek literature and their functions in speech, dysphemism, the
expression of euphemistic means, explicit (open) and implicit (closed). This resource
can be used as a material for use in linguistics and literature.
Key words:
Euphemism, tabu, concept, culture of speech, dysphemism
Har bir millat o’z fikrini til va nutq birliklari vositasida ifodalaydi. Bunda
asosan, har bir tushuncha va fikrlarni, inson faoliyati, muhiti va insonlarning
munosabati reallik, aniq obyektlar va voqealarni to’la qonli asoslab berish muhim.
Ushbu jaroyonda tilning adabiy va me’yoriy qoidalariga bo’ysunish, qo’pol
984
so’zlamaslik, nutq madaniyatiga rioya qilish, so’z tanlash mahorati va uni to’gri
tasvirlay olish eng ustun jihatlari hissoblanadi. Shuning uchun ham har bir millat
adabiyoti va nutqida evfimizm deb ataladigan tushuncha borki, uzoq o’tmishdan beri
foydalanilib, tilshunoslik fanining muhim sohalariga aylanib kelmoqda. Ular
insoniyat tildan foydalanish jarayonidagi keng tarqalgan fenomen sifatida odamlar
orasida muloqotni yaxshilashga xizmat qiladi. Muloqotni bir tekisda ketishini
ta’minlaydi, suhbatning yanada yumshoqlik bilan ta’sirli olib borilishini ta’minlaydi.
Asosan, 19-asrning 2-yarmidan alohida vazifa sifatida qaralib tadqiq qilina boshladi.
J.Vandries: “Evfemizm – bu man etilgan lug‘atning muloyimroq va madaniyroq
formasi xolos”
212
,-deydi. L.A.Bulaxovskiy: “Evfemizm – yomon fikr uyg‘otdigan
narsa yoki hodisaning asl nomini almashtirish va ular haqida so‘z orqali yovuz
kuchlarni chaqirish “Xavfi”ni tug‘durmay gapirish,…hammadan oldin “xavfning
oldini olish” formulasidir”
213
, - deb yozadi. Shuningdek, X.Fauler: “Evfemizm –
qoʻpol va noxush boʻlgan haqiqat oʻrnida qoʻllaniluvchi muloyimroq, noaniq
iboralardir”
214
, Ch.Keyni: “Evfemizm – noxush, haqoratli yoki qoʻrquv uygʻotuvchi
soʻzni boshqa yumshoqroq termin bilan almashtirib qoʻllash usulidir”
215
,
I.P.Galperin: “Evfemizm – noxush soʻz va iborani nisbatan oʻrinli boʻlgan soʻz yoki
ibora bilan almashtirish”
216
deya o’z fikrlarini bildirishgan. Va yana bir qancha
olimlarimiz, jumladan, N.A.Baskakov, A.N. Turbachev, inliz olimlaridan I.V.
Arnold evfemizmlarning lug’aviy ma’nosi, ularning qo’llanilishi haqida o’z
izlanishlarini olib borganlar. N. A. Baskakov o’z asarida oltoylik ayol suv (daryo), tut
(daraxt), bo’ri, quy, sizlarini tilga ololmay (eri va uning qarindoshlarining nomi
bo’lganligi uchun) oquvchi (daryo)ning narigi yog’ida turuvchi (tut)ning ostida
uluvchi (bo’ri) ma’rovchi (quy)ni yeb yotibdi degan ibora bilan xabar berganligini
yozgan.
Shuningdek, tilshunos professor Shoira Usmanovaning “Tarjimaning
lingvomadaniy aspektlari” asarida tabu, evfemizm va disfemizm haqida o‘zbek, rus,
turk, koreys tillarida bir qator misollar bilan aniq tushunchalar berib o‘tilgan. Tabu
madaniy, diniy, irim yoki noxushlik uyg‘otishi nuqtai nazaridan muayyan xatti-
harakatlar yoki ayrim so‘zlar qo‘llanishini taqiqlashdir. Masalan, musulmonlarda
“Qur’on” kitobini tahoratsiz qo‘lga olish, o‘zbeklarda qiblaga oyoq uzatib o‘tirish
yotish, mo‘g‘ullarda pichoqni olovga tiqish man qilinadi. Bular diniy nuqtai nazardan
belgilangan tabulardir. Tabular ikkiga: etnografik (o‘zbeklarda supurgini, o‘qlovni tik
qo‘ymaslik, birovning orqasidan supurmaslik, axlatdan hatlamaslik, qaychini ochib
212
Vandries J. “Язык” Moskva – 1953, 206 bet
213
Булаховский Л. А. “Введение в языкизнание” Moscow, 1953, 51 bet
214
Holder R.W. A dictionary of euphesemisms – Oxford University Press, 1995, 470 bet
215
Kary S. E. American-Spanish euphesims – University of California, 1960, 5 bet
216
Гальперин И. Р. “Проблемы лингвостилистики//Новое в лингвистике” – 1980, 5-68 bet
985
qo‘ymaslik, qalampirni qo‘lga bermaslik, turkiy va eroniy xalqlarda suvni
ifloslantirmaslik, suvga tupurmaslik, mo‘g‘ullarda qozondan pichoq bilan go‘sht
olmaslik, koreyslar va xitoyliklarda kosadagi ovqatga qoshiqni tiqib qo‘ymaslik) va
lingvistik (lug‘aviy birlikning yo xalq irimi nuqtayi nazaridan, yo atash noxushlik
uyg‘otishi nuqtayi nazaridan muomalada qo‘llanishining taqiqlanishi) tabularga
ajraladi.
Darhaqiqat, bir qancha asarlarni ko’zdan kechirar ekanmiz, ozbek adabiyotida
tabu va evfemizmlar juda keng miqyosda qo’llanilganiga amin bo’lamiz. Misol
uchun, Abdulla Qodiriyning “ Mehrobdan chayon” asarida “Ra’noni egasiga
topshirmagunimizcha quyilmaydiganga o’xshaydi”
217
jumlasida nutq odobi nuqtai
nazaridan erga bermoq iborasi o’rniga egasiga topshirmoq shaklidagi evfemizm
qo’llangan. Shuningdek, Cho’lponning “Kecha va Kunduz” asarida “ Emperiya ulkan
bir kema, lekin u noma’lum va havfli tomonga suzib bormoqda”
218
jumlasida
noma’lum tomonga suzmoq rus emperiyasining yashay olmasligi, halokatining
ramziy-evfemik ifodasidir.
Asardagi boshqa jumlalarda ham evfemizmlarning yorqin na’munalarini
ko’rishimiz mumkin. Masalan, “Ayollardan, masalan o’z xotinidan bir taklif
eshitmoq uchun Razzoq sufining qayta boshdan bunyodga kelishi kerak bo’ladi”
219
.
Ushbu gapda bunyodga kelishi iborasi tug’ilmoq so’zining evfemik shaklidir.
“Yorug’ dunyoga keldingiz”
220
– bu ham tug’ilmoq fe’lining sinonimyasi.
“Eshon So’fidan o’qib berib, kasb korning farzligini aytdiku!” bunda Eshon
So’fi “Diniy Axloq kitobining mualllifi So’fi Olloyorning xalq orasidagi ismi. Bu
ham shaxsni hurmatlash shaklidagi evfimizmlardan biridir.
“Ahliyamiz ham uchiga chiqqa chevar, xudoga shukr. Ojizamiz ham do’ppi
tikishga “farang” bo’lib chiqdi. Ro’zg’orning ko’p-ko’lamlarini o’zlari bitirishadi”.
221
Ushbu gaplardagi ahliyamiz, ojizamiz, o’zlari so’zlari xotin so’zining evfemallashgan
shaklidir. Ushbu o’rinda aytib o’tish joizki, evfimizmlar ba’zan olmoshlar bilan ham
berilishi mumkin. Nutqimizda “er” so’zi o’rniga u kishi, o’zlari, o’zi, ular kabi
olmoshlar qo’llaniladi.
Muhammad Boqirning “Bahovuddin Balogardon” asarida “Quyosh yuzidan
parda ko’tarilib, hammayoq nurafshon bo’lgach, manbalar eshigi ochildi. Anbiyo va
avliyolar…… haqida hech qanday ma’lumotga ega emasdik”
222
. Ushbu parchada
217
O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Toshkent – 2015, № 10, 146-bet.
218
Cho’lpon “Kecha va Kunduz” Toshkent – 2015, 279-bet
219
Cho’lpon “Kecha va Kunduz” Toshkent – 2015, 8-bet
220
Cho’lpon “Kecha va va Kunduz” Toshkent – 2015, 279-bet
220
Cho’lpon “Kecha va Kunduz Kunduz” Toshkent – 2015, 11-bet
221
Cho’lpon “Kecha va Kunduz” Toshkent – 2015, 18-bet
222
Muhammad Boqir, “Bahovuddin Balogardon” Toshkent- 2002, 6-bet
986
quyosh yuzidan parda ko’tarilib hammayoq nurafshon bo’lgach jumlalari mustaqillik
va g’alaba, manbalar eshigi ochilmoq diniy kitoblar o’qish, ibodat bilan
shug’ullanish, diniy erkinlik tushunchalarini evfemik vositasidir.
Said Ahmadning “Jimjitlik” romanida ham “Boshliq qurug’idan talab
qilayotganligi sezilib turardi”
223
jumlasida “qurug’i” so’zi pul tushunchasining
evfemik shaklidir.
Shuningdek, ingliz adabiyotida ham bir qancha misollarni ko’rishimiz mumkin.
Thomas Hardyning “Afterwards” she’rida
If I pass during some nocturnal blackness, mothy and warm,
When the hedgehog travels furtively over the lawn,
One may say, “He strove that such innocent creatures should come to no harm,
But he could do little for them; and now he is gone.”
224
Hardy 2 ta evfemizmdan foydalanadi: “If I pass” va “‘now he is gone” iboralari
“to die” ya’ni “o’lmoq” fe’liga ishora qilyapti.
William Shakespearening “Macbeth” asarida ham evfemizmdan foydalanadi.
“To beguile the time,
Look like the time. Bear welcome in your eye,
Your hand, your tongue. Look like th’ innocent flower,
But be the serpent under ’t. He that’s coming
Must be provided for; and you shall put
This night’s great business into my dispatch,
Which shall to all our nights and days to come
Give solely sovereign sway and masterdom. “
225
Ushbu parchada Ledi Makbet gapiradi. U eri Makbetga qirol Dunkanni
o'ldirishni aytadi. Qotillik, albatta, yashirin mavzu, shuning uchun Shekspir bu erda
evfemizmdan foydalanadi. Gamlet uning ma'nosini tushunadi va Dunkanni o'sha
oqshom uchun ta'minlash (o'ldirish) kerakligini biladi.
J.R.
Ward “Lover Eternal” asarida quyidagicha keltiradi:
“You are a
manipulator.”
“I like to think of myself more as an outcome engineer.”
226
“Lover Eternal” - vampirlar va ularning qotillari haqidagi fantastik roman.
223
Said Ahmad “Jimjitlik” Toshkent 2007, 278-bet
224
https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&url=https://poets.org/poem/afterwards&ved
225
Your dictionary.com. Article - Euphemism in Literatury
226
Your dictionary.com. Article - Euphemism in Literatury
987
Nyu-Yorkda vampir jangchilarining yashirin guruhi yoki aka-uka o'z turlarini saqlab
qolish uchun "yaxshi kurashadi". Bu parchada, birodarlardan biri ikkinchisini
manipulyatsiya qilishda ayblaydi, bu so'z shubhasiz salbiy ma'noga ega. Boshqa
vampir xafa bo'lish o'rniga, kulib yuboradi va u shunchaki "natija muhandisi"
ekanligini aytadi.
Jasper Fforde “The Eyre Affair” asarida “Don't ever call me mad, Mycroft.
I'm not mad. I'm just ... well, , that's all.”
227
Jumlalarini keltirgan. Ya’ni "Meni hech
qachon aqldan ozgan deb atama, Maykroft. Men jinni emasman. Men shunchaki...
axloqiy jihatdan boshqachaman, hammasi shu” Bunda Mycroft ismli yana bir
qahramon Hadesning aqldan ozganligini aytadi. U “aqldan ozgan” degan unchalik
ma’qul bo‘lmagan yorliqdan chalg‘itib, tezda yelkasini qisib, “differently morale”
ya’ni “boshqacha axloqli” ekanini aytadi.
Ingliz va o’zbek nutqida evfemizmlardan foydalanishni solishtirib ko’radigan
bo’lsak ham har ikala tilda ular keng miqyosga ega. Masalan “To die” – “o’lmoq’
fe’lining evfemizmlari ham ikala tilda bir qancha. O’zbek tilida ushbu ma’noni
ifodalash uchun
ayrilib qolmoq, bandachilik qilmoq, bevaqt ko’z yummoq,
dunyodan ketmoq, berib quymoq, dargohiga chorlamaq, egasiga topshirmoq,
hayotdan o’tmoq, judo bo’lmoq, musulmonchilik qilmoq, omonatini topshirmoq,
qazo qilmoq, paymonasi to’lmoq, vaqti soati bitmoq, vafot etmoq, chin joyiga
ketmoq kabi bir nechta iboralardan foydalanamiz. Ingliz tilida ham asleep, buried,
bite the dust, cold, defunct, done for, give up the ghost, in a better place, in the
ground, lifeless, rest in peace, taken from us, turn into a ghost kabi so’zlardan
foydalaniladi.
Shuningdek, 22-asr oxirlaridan tilshunoslar tomonidan evfemizmga nisbatan
disfemizm iborasi ham ishlatila boshladi. Bu ibora kishilar izzat nafsiga tegadigan
so’zlarni ochiqdan ochiq aytish, muloqot jarayonida nutq nafisligidan
foydalanmaslikdir. Eng ko’p ishlatiladiga disfemizmlarga qotillik yoki o’lmoq fe’li
bog’liqliklarini uchratishimiz mumkin. Masalan, “o’lmoq fe’li “ketib qolmoq”, “yo’q
bo’lmoq” tarzida, “o’ldirmoq” esa “tanasidan boshini judo qilmoq” kabi desfimizmlar
orqali ifodalanadi. Ingliz tilida ham bunday desfimizmlarga quydagilarni keltirish
mumkin: “to die” – “left for the rats”, “toasted”, “roasted”, burned’, “pounded”, “bent
over the barrel”, “screwed over”, “mental health center” – “mental illness center”.
Biz evfemizmlarga
nutqiy tarafdan yondashadigan bo’lsak, ularni eksplisit (yopiq) va implisit (ochiq)
ko’rishimiz mumkin. Eksplisit evfemizmlar zamirida qarg’ish va olqish tushunchalari
yotadi. Masalan, “Oq yo’l bo’lsin!” “ovozing o’chsin”, “qirilib ketgur” va hokozo.
227
Your dictionary.com. Article - Euphemism in Literatury
988
Badiy adabiyotda, Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarida “ Omin, O’z
otaangni uyingdan haydagan bo’lsang, kosaginang tagi oqarmasin! Otamlab
yig’lovching bo’lmasin!”
228
jumlalarida evfemizmning eksplisit ifodalanishini
ko’rishimiz mumkin. Ingliz tilida ham quyidagi iboralarda eksplisit evfemalarni
ko’rishimiz mumkin: “That’s the shit” – bu nafratlanarli, “Piss off” , “Go to hell” –
yo’qol, “Shit” – g’azablanganda ishlatiladi.
Implisit ifodalanishda tabulashtirilgan voqelikning evfemik vositasi ko’pincha
qo’llanilmaydi, biroq ular zamiridagi tushunchalar konteks va intonatsiya (ohangning
birdan kesilishi, to’xtab qolishi, cho’zilishi, tugallanmaganligi, sukut) orqali
anglashilib turadi. Masalan, “Do’xtir bemorning uchinchi tahlil natijalarini ko’rib bir
necha daqiqalardan so’ng boshini chayqab eshikka chiqdi……”. Bunda duxtirning
umidsizligi, bemorning ahvoli yaxshi emasligi implisit ifodalanib turibdi. Ingliz tilida
esa “All right, then I’ll go to hell…..” gapida ham tushkunlik anglashilib turibdi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, evfemizm kishilar uchun ishlatilishi yoqimsiz
va beadab bo’lib, to’g’ridan to’g’ri ishlatilganda qo’pol ma’no beradigan so’zlar
o’rniga fikrlarni muloyimroq va chiroyli ifodalaydigan so’zlarni qo’llashdir. Undan
foydalanilganda inson psixikasiga salbiy ta’sir etishini oldini olishdan tashqari, u
nutqimizni jozibali bo’lishini ta’minlaydi va so’z boyligimizni mukammalashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Vandries J. “Язык” Moskva – 1953
2.
Булаховский Л. А. “Введение в языкизнание” Moscow, 1953
3.
Holder R.W. A dictionary of euphesemisms – Oxford University Press, 1995
4.
Kary S. E. American-Spanish euphesims – University of California, 1960
5.
Гальперин И. Р. “Проблемы лингвостилистики//Новое в лингвистике” –
1980
6.
O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Toshkent – 2015
7.
Cho’lpon “Kecha va Kunduz” Toshkent – 2015
8.
Muhammad Boqir, “Bahovuddin Balogardon” Toshkent- 2002
9.
Said Ahmad “Jimjitlik” Toshkent 2007
10.
https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&url=https://poets.org/p
oem/afterwards&ved
11.
Your dictionary.com. Article - Euphemism in Literaturyя
228
Omonturdiyev A.J. “Professional Nutq Evfemikasi” Toshkent: Fan nashriyoti, 2006, 231-bet
989
Do'stlaringiz bilan baham: |